2.1.Memorial - order shakli va Jurnal-order shakli
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so‘zining ma'nosi «xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial - order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma ketligi keltirilgan.
Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo‘jalik jarayonlarning yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma aylanma vedomostlardan foydalanadi.
Buxgalteriyaga topshirilgan dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilgach, sintetik va analitik hisob maxsus aylanma vedomostlari to‘ldiriladi: bunday jamg‘arma aylanma vedomostlari asosiy vositalar , asosiy vositalarning; pul mablag‘lari va qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot; ishlab chiqarish xarajatlari, mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish, mehnat haqi yuzasidan hisob kitoblar, byudjet bilan, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari bilan hisob kitoblar, mahsulot(ish, xizmat) sotish va boshqa schyotlar uchun tashkil etiladi.
Yuqorida keltirilgan vedomostlar va sintetik hisob registrlari asosida memorial orderlar tuziladi.
Memorial - orderda yozilgan ma'lumotlar xar oyda « bosh kitob jurnaliga» tarqatiladi. o‘z navbatida «bosh kitob» jurnali asosida oborot va qoldiq summalar aniqlanadi, shundan so‘ng, schyotlardagi qoldiq summalari tegishli tartibda hisobot boshqa shakllarida yoziladi. « bosh kitob» dagi schyotlar debet oborotlari yig‘indisi, ular kredit oborotlari yig‘indisi bilan shuningdek , «order bo‘yicha summalar» qatori jami bilan teng bo‘lmogi zarur.
Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini quyidagi afzalliklari mavjud:
hisob jarayonlarini qat'iy ketma-ketligi
Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi.
4. Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi.
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba'zi bir kamchiliklarga egadir:
1. hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;
2. Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya'ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;
3. Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.
Quyida memorial-order shaklida ishlatiladigan hisob registrlarini keltirib o‘tamiz:
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli.
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki hujjat ma'lumotlari Bosh daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
XO‘JALIK OPERATSIYALARI REESTRI
20 yil oyi uchun