Maxrajdagi har bitta birlik suratda bayon qilingan hodisa ro‘y berish riskini his qiladimi?
ha
yo‘q
Ushbu hodisa ta’siri ostida maxraj miqdori kamayadimi?
ha
Ehtimolliklar (1 turdagi koeffitsientlar, yoki asos koeffitsientlari)
-
yo‘q
II turdagi koeffitsientlar (hodisalar koeffitsientlari, aholiga asoslangan ko‘rsatkichlar)
A sinf koeffitsientlari.A sinf koeffitsientlari uslubiy jihatdan aholining takror barpo bo‘lishi va alohida demografik jarayonlar belgilangan kuch va intensivlikka ega bo‘lgan uzluksiz jarayonlar ekanligi haqidagi tasavvurlarga asoslanadi. Bunda intensivlikdeganda vaqt birligidagi (yil, oy, kun) voqea-hodisalar soni tushuniladi. Agar koeffitsientlar uning uchun hisoblab chiqiladigan vaqt oralig‘i 0 ga intiladigan bo‘lsa (boshqacha qilib aytganda, cheksiz kichik ko‘rsatkich hisoblansa), bunda biz ushbu intensivlikning demografik jarayon kuchi deb ataladigan nazariy (matematik) o‘lchami bilan aloqada bo‘ladi. Demografik jarayon kuchi cheksiz kichik vaqt oralig‘ida kogorta yoki aholi soni o‘zgarishi ehtimolini ko‘rsatadi.
A sinfdagi demografik koeffitsientlar ikkita muqobil maqsadga ega. Birinchidan, ular butun aholi sonining ham, uning tarkibidagi guruhlarning ham dinamikasini o‘lchash va tavsiflash uchun mo‘ljallanadi. Ikkinchidan, ularning maqsadi o‘rtacha insoniy xulq-atvorni tavsiflash yoki o‘rtacha inson xulq-atvorini tavsiflash hisoblanadi. Bu maqsadlar xilma-xil bo‘lib, mos ravishda A sinfda quyidagi koeffitsientlar guruhlarini ajratish qabul qilingan:
1. Umuman aholi soni dinamikasini o‘lchaydigan koeffitsientlar.
2. Aholi yoki kogortalardagi demografik jarayonlar qizg‘inligini o‘lchaydigan koeffitsientlar. Boshqacha qilib aytganda, bu koeffitsientlar ijtimoiy xulq-atvorning u yoki bu o‘ziga xos turi (nikoh, reproduktiv, o‘zini asrash, migratsiya) intensivlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
3. Bitta avlodning boshqa avlod o‘rnini egallash darajasini o‘lchaydigan ko‘rsatkichlar.
Shundan keyin faqat sanab o‘tilgan guruhlarning ikkinisi koeffitsientlari ko‘rib chiqiladi. Aholi yoki kogortalardagi demografik jarayonlar intensivligini o‘lchaydigan koeffitsientlar, o‘z navbatida, ikkita kichik guruhga bo‘linadi: davr uchun koeffitsientlar (davriy koeffitsientlar) va kogortalar uchun koeffitsientlar (kogorta koeffitsientlari).
Ularning birinchisi so‘zning jiddiy ma’nosida koeffitsient hisoblanadi, ikkinchisi esa so‘zning jiddiy ma’nosida ehtimoliy (asos koeffitsientlari) hisoblanadi. Davr uchun demografik koeffitsientlar, o‘z navbatida, umumiy, maxsusva xususiyturlarga bo‘linadi.
1. Umumiy koeffitsientlar. Bu koeffitsientlar uchun shu narsa xoski, suratdagi demografik voqea-hodisalar soni jami aholibilan aloqada bo‘ladi, uning ushbu hodisani yuzaga keltiradigan qismigagina emas. Bunda ushbu hodisaning ro‘y berishi maxraj miqdorini kamaytirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, umumiy koeffitsientlar 1.1-jadvalning quyi katagida bayon qilingan koeffitsientlarga taalluqli.
Miqdoran umumiy koeffitsientlar demografik voqea-hodisalar sonining yashalgan kishi-yillar umumiy soniga yoki unga yaqinlashish sifatida o‘rtacha aholiga nisbatiga tengdir. Bu nisbat odatda promille, ya’ni har 1000 kishiga hisoblaganda ifodalanadi:
bu yerda: N- T davr mobaynidagi voqea-hodisalar soni;
- aholi T davr mobaynida yashagan kishi-yillar umumiy soni;
- o‘rtacha yillik aholi.
Agar gap bir yil haqida boradigan, ya’ni T=1 bo‘lsa, voqea-hodisalar soni o‘rtacha yillik aholiga bo‘linadi.
Umumiy koeffitsientlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: tug‘ilishning umumiy koeffitsienti (OKR yoki CBR*), o‘limning umumiy koeffitsienti (OKS yoki CMR), nikohning umumiy koeffitsienti (OKB yoki CNR) va boshqalar.
2. Maxsus koeffitsientlar umumiy koeffitsientlardan farqli ravishda, aholining ushbu demografik hodisani yuzaga keltiradiganqismi bilan aloqada bo‘ladi. Bunda ushbu hodisaning ro‘y berishi maxraj miqdorini kamaytirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, maxsus koeffitsientlar, xuddi umumiy koeffitsientlar kabi 1.1-jadvalning quyi katagida bayon qilinadigan koeffitsientlar bilan aloqada bo‘ladi. Miqdoran maxsus koeffitsientlar quyidagi tarzda ifodalanadi:
bu yerda: – o‘rtacha subaholi, ya’ni ushbu demografik hodisani yuzaga keltiradigan guruh o‘rtacha soni.
Masalan, tug‘ilishning maxsus koeffitsienti (GFR) maxrajda reproduktiv yoshdagi, ya’ni 15-49 yoshdagi ayollar soniga ega; nikohning maxsus koeffitsienti – nikohda bo‘lmagan 16 va undan katta yoshdagi aholi va h.k. O‘lim ko‘rsatkichlariga keladigan bo‘lsak, barcha odamlar bir kun kelib vafot etishi sababli o‘limning umumiy koeffitsienti bir vaqtning o‘zida uning maxsus koeffitsienti ham hisoblanadi.
Umumiy va maxsus koeffitsientlar o‘zaro quyidagi nisbat bilan bog‘liq (umumiy koeffitsient ushbu demografik hodisani yuzaga keltiradigan subaholi ulushiga ko‘paytirilgan maxsus koeffitsientga teng):
bu yerda:
Δ – ga teng bo‘lgan, butun aholi tarkibida mos keluvchi subaholining. 3. Xususiy koeffitsientlar aholining qismi bilan munosabatda bo‘ladi. Miqdoran ular u yoki bu subaholida o‘ringa ega bo‘lgan demografik voqea-hodisalar sonining ushbu subaholi soniga nisbatiga teng:
bu yerda: Niva - mos arvishda subaholidagi demografik voqea-hodisalar raqami va uning soni.
Xususiy koeffitsientlar ham umumiy, ham maxsus koeffitsientlar bo‘lishi mumkin.
Masalan, shahar aholisining tug‘ilish koeffitsienti, erkaklar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari koeffitsienti, nikohda va nikohsiz farzand tug‘ilishi koeffitsientlari va boshqalar – umumiy xususiy koeffitsientlarga misol bo‘la oladi.
Aksincha, yoshga oid tug‘ilish koeffitsientlari – maxsus xususiy koeffitsientlarga misollardan biri hisoblanadi.
Maxsus va xususiy koeffitsientlar o‘zaro quyidagi nisbat bilan bog‘lanadi: maxsus koeffitsient xususiy koeffitsientlarning mos keluvchi subaholi ulushiga ko‘paytmalari yig‘indisiga teng. Bu quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
bu yerda: mos ravishda xususiy koeffitsientlar, i subaholidagi voqea-hodisalar osni, uning o‘rtacha soni va butun aholi tarkibidagi ulushini anglatadi.
Bunda umumiy koeffitsient quyidagiga teng bo‘ladi:
Formulalar mos keluvchi koeffitsientlarning subaholidagi demografik voqea-hodisalar soni va uning butun aholidagi ulushini tavsiflaydigan ko‘paytiruvchilarga ajralishini ko‘rsatadi. Bu ajralishlar demografik koeffitsientlarni standartlashtirishdeb ataladigan jarayonda foydalanilib, bizningcha, sotsiologlar uni yaxshi o‘zlashtirib olishlari lozim.
B sinfdagi koeffitsientlar (tarkibiy koeffitsientlar). Tarkibiy koeffitsientlar turli aholi qismlarining o‘zaro nisbatlarini tavsiflaydi. Ular muayyan tadqiqot maqsadlariga qarab hisoblab chiqiladi. Masalan, tarkibiy koeffitsientlar qatorigaaholida jinslar nisbati kiradi. Tarkibiy koeffitsientga boshqa bir misol urbanizastiya darajasi, ya’ni buun mintaqa, mamlakat, dunyo aholisi tarkibida shahar aholisining ulushi hisoblanadi. Demografiyada 0-4 (yoki 0-9) yoshdagi bolalar sonining 20-29 yoshdagi ayollar soniga nisbatini o‘lchaydigan farzandlilik indeksikeng qo‘llanadi. Demografiya iqtisodiy dasturlarda mehnatga layoqatsizlar(0-15 yoshdagi bolalar hamda 60 yosh va undan kattalar) va mehnatga layoqatlilar(16-59 yoshdagilar) soni nisbatini ko‘rsatadigan demografik bosim koeffitsientifoydalaniladi.