I bob. Demografik tahlilga kirish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə52/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
1. Demografik Tahlil

2. Avlod uzunligi
Aholini takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti shartli avlod uchun hisoblab chiqiladi. Onalar avlodini qizlar avlodi bilan almashtirish o‘lchami sifatida u takror ishlab chiqarish rejimi, ya’ni tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydigan barqaror aholi uchun adolatli. Bunday aholi soni o‘rtacha avlod uzunligi deb ataladigan T vaqt uchun Rq marta o‘zgaradi (ya’ni o‘sadi yoki kamayadi).
Avlod uzunligi bu – avlodni ajratib turadigan o‘rtacha vaqt oralig‘i. U onaning ular tug‘ilgan paytda onasi necha yoshda bo‘lgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa shu yoshgacha yashaydigan qiz bolalar tug‘ilishida onaning o‘rtacha yoshiga teng.
Avlod uzunligini hisob-kitob qilish uchun demografiya bo‘yicha ko‘plab darsliklarda keltiriladigan quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bu yerda hamma belgilar – oldingi formula bilan bir xil.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, izlanayotgan avlod uzunligi ular tug‘ilgan paytda onasi necha yoshda bo‘lgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa shu yoshgacha yashagan qizlar soni (ulushi) bo‘yicha o‘lchangan qizlar tug‘ilishida onalar yoshlari o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi sifatida olinadi. E’tibor qaratingki, avlod uzunligini hisob-kitob qilish farzand tug‘ilishida o‘rtacha yoshni hisob-kitob qilish bilan tamomila bir xil. Farq faqat foydalaniladigan vazn (farzand tug‘ilishida o‘rtacha yoshni hisob-kitob qilishda, agar esingizda bo‘lsa, tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari vazn sifatida foydalanilgan) va shundaki, ushbu holatda gap umuman tug‘ilgan bolalar haqida emas, balki faqat qiz bolalar, chunonchi, ularning hech bo‘lmasa ular tug‘ilgan paytda onasining yoshigacha yashaydigan qismi haqida boradi.
6-qadam. Avlod uzunligini, yoki ular tug‘ilgan paytda onasi necha yoshda bo‘lgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa shu yoshgacha yashagan qizlar tug‘ilishida onalarning o‘rtacha yoshini hisoblab chiqamiz. Buning uchun 7-ustun satrlaridan o‘rin olgan sonlarni har bir yosh oralig‘i o‘rtasiga (8-ustun) ko‘paytiramiz va ularni 9-ustunga kiritamiz. Olingan ko‘paytmalar ushbu yosh oralig‘idagi shartli avlodga mansub bo‘lgan bitta ayol tomonidan tug‘ilgan va ular tug‘ilgan paytda onasi necha yoshda bo‘lgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa shu yoshgacha yashagan barcha qizlar yashagan kishi-yillar sonini ifodalaydi. Bu ko‘paytmalar yig‘indisini chiqarib, taxminan 14,8709 ga teng bo‘lgan avlod uzunligini hisob-kitob qilish uchun yuqorida keltirilgan formula suratini olamiz. Bu son shartli avlodga mansub bitta ayol tomonidan uning butun hayoti davomida tug‘ilgan va ular tug‘ilgan paytda onasi necha yoshda bo‘lgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa shu yoshgacha yashagan barcha qizlar yashagan kishi-yillar miqdoridir. So‘nggi ko‘rsatkichni barcha bunday qizlar soniga, ya’ni aholini takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsientiga (0,5859) bo‘lib, izlanayotgan ayollar avlod uzunligini qo‘lga kiritamiz. Biz tanlagan ma’lumotlar uchun u 25,38232512 yil yoki taxminan 25,38 yilga teng.

Mustaqil ish mavzulari (Э.Пардаев):


 Ajralish jadvali va uni hisoblash.
Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin