Kurs ishining maqsadi: Ekskursiyaning maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari: yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi
1. Ekskursiyaning ilmiy pedagogik jihatlarini o’rganish;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekskursiyani shakllantirishning mazmunini yoritib berish;
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekskursiyani shakllantirish yo’llarini o’rganish;
4. Turli yosh guruhlarda ekskursiyaga o’rgatish usullari bilan tanishish.
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari.
Kurs ishinng predmeti: Ekskursiyaning maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashi bilan tanishish jarayoni
Kurs ishining metodlari: tanlangan muammoga oid ilmiy-metodik manbalarni tahlil qilish, o`rganish va umumlashtirish
Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston raespublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, «O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining 155-sonli buyrug’i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizmini boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198
“Ilk qadam” o’quv dasturi, Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash, Maktabgacha yoshdagi bolalarni muxit ta’sirida tarbiyalash usullariniga oid adabiyotlarni o’rganish. Mavzuga oid manbalardan samaralli yo’llarni o’rganish, tahlil qilish, mashg’ulotlarda qo’llashni o’rganish.
Kurs ishining ahamiyati: Ekskursiyaning maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashi bilan tanishish uchun zarur bo’lgan adabiyotlarni o’rganish jarayonini tashkil etishga bag’ishlangan.
Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. EKSKURSIYA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN TARBIYALASHNING ILMIY ASOSLARI