Hofiz Xorazmiy devonidagi g‘azallarda ishq-muhabbat mavzusi yetakchi o‘rin tutib, lirik qahramon oshiq qiyofasida namoyon bo‘ladi.Lekin ishq mavzusi chuqur falsafiy va ijtimoiy mohiyati bilan xarakterlanadi. Ularda oshiq va ma’shuqa obrazlari orqali ishqiy lirikaning xususiyatlari yoritib beriladi. Quyidagi keltirilgan baytda shoir suyukli yorisiz dunyo ko‘ziga ko‘rinmasligini va yori uning ko‘zidagi nur ekanligini ta’kidlab o‘tgan: