Hazrat Hofiz Xorazmiy ham quyidagi misralarida mehr va shafqat, saxovat ulug‘langan, xasta dilga muruvvat ko‘rsatish haqiqiy insoniylik belgisi deb ko‘rsatadi. Hofiz Xorazmiyning ushbu misrasida xalqimizning insonsevarlik mehr va saxovat kabi fazilatlari o‘z aksini topgan. Chunki xayr-saxovatli va karamli bo‘lish xislati azaldan o‘zbek xalqi xarakterining ajralmas qismiga aylanib kelgan va zarvaraqlarida iz qoldirgan.
Yo‘lg‘a tortar bo‘lsa Hofizni taajjub qilmangiz,
Chun karam birla qulin o‘ziga sulton tortadur(181).