Ushbu misralarda shoir hukmdor uni to‘g‘ri yo‘lga tortar bo‘lsa taajjub qilmangiz, chunki saxovat muruvvat bilan ,qulni o‘ziga tortadi deya izohlangan. Hukmdorning odilona yuritgan siyosati orqali xal
Ushbu misralarda shoir hukmdor uni to‘g‘ri yo‘lga tortar bo‘lsa taajjub qilmangiz, chunki saxovat muruvvat bilan ,qulni o‘ziga tortadi deya izohlangan. Hukmdorning odilona yuritgan siyosati orqali xalq gullab-yashnaydi.
Bu xasta dilga karam birla bor bergil eshikda,
Yo‘q ersa yo‘qdur, ey dast, manda aql-u kifoyat(104).
Teshayi sabr-u qanoat birla bo‘lib kunjkov,
Teshayi sabr-u qanoat birla bo‘lib kunjkov,
Ganji topsang taqi qayda bo‘lur ul morsiz.
Gulistoning ichra bulbul yuz tuman zoriy qilib,
Izladi-yu topmadi umrinda gulni xorsiz.
Shoirning tasavvuricha sabr – qanoatli bo‘lish kishining har qanday tubanlik , nokaslik, razillik va boshqa yaramas illatlardan xalos qiladi.
Hofiz Xorazmiy sadoqatni haqiqiy do‘stlik, insoniylik, o‘zaro hurmat belgisi sifatida ko‘rsatadi. Ba’zi kimsalarning sadoqatli do‘st niqobi ostida yaramas ishlar qilishini, o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab, do‘stiga pand berish payida bo‘ladigan insonlarni qoralaydi.