“Talmeh arabcha so‘z bo‘lib, “bir nazar tashlash”, “chaqmoq chaqishi”,” yengil ishora” degan ma’noni anglatadi. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasidasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. O‘quvchi u yoki bu nomga ishorani ko‘rar ekan, uning ko‘z oldida o‘sha qissa, doston, afsona mazmuni, uning qahramonlari hayoti, sevgisi, kurashi fojeali taqdiri jonlanib, shoir demoqchi bo‘lgan g‘oyani, fikrni, tuyg‘uni yorqinroq tasavvur qiladi”.Talmeh she’riy san’atini mavzu jihatidan bir necha turlarga ajratishimiz mumkin: