Ul parivash zulfidin devona bo’ldum oqibat, Ko’rgil emdi xalq aro afsona bo’ldum oqibat. Ishq asrorin bilib,ko’rgil,vafo yo’linda man Jon berib jononag’a,jonona bo’ldum oqibat. Eshigining itlarig’a oshno bo’lub,ko’rung Barcha yoru do’stdin begona bo’ldim oqibat. Furqat o’tig’a yonib-yonmay ravon jondin kechib, Sham’I ruxsori uchun parvona bo’ldum oqibat. Benishon bo’lib jahonni sarbasar kezdim,vale Ganji husnin topmayin vayrona bo’ldum oqibat. Ko’z yoshim daryo qilib g’avvostak,ko’rgil mani, Ishq bahringa cho’mub,durdona bo’ldum oqibat. Qochib ul dilbar jafosindin xayole etadur, Hofizi miskin bila hamxona bo’ldum oqibat