Hofiz Xorazmiy g‘azaliyotida deyarli barcha masalalar tilga olingan:
Hofiz Xorazmiy g‘azaliyotida deyarli barcha masalalar tilga olingan:
1.Ishqiy mavzudagi g‘azallar.
2.Falsafiy-tasavvufiy mavzudagi g‘azallar.
3.Ijtimoiy g‘azallar.
4.Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar.
G‘azalda ma’lum voqea (keng ma’noda) yarata bilish, baytlarni ma’nan, fikran va shaklan izchillikda joylashtirish Hofiz Xorazmiy lirikasiga xos bo‘lgan birinchi badiiy usuldir. Hofizning devonga kirgan g‘azallari lirikasiga xos yana bir shunday xususiyat ko‘zga tashlanadiki, u ham bo‘lsa obrazlilikning yuqoriligi va ayni shu obrazlilikning tadrijiy takomili. Har bir g‘azalda lirik qahramon Hofizning o‘zidir. O‘z zamonida yashagan, tushunuvchi, o‘ylovchi, hassos va oliyjanob bir shaxsning boy, serohang, rang-barang, sermazmun, sof ma’naviy, botiniy dunyosini o‘zida gavdalantirgan bir qahramondir. Bu tuyg‘ulari ulkan shoir, dunyo, jamiyat va xalqni o‘ylovchi bir insondir. Bularning bari Hofiz g‘azaliyotining markazida turgan lirik qahramon qiyofasi uchun xos eng muhim jihatlarni qamrab olgan.