Hofiz Xorazmiy devoni diniy muqaddima bilan boshlanib, bu Allohga hamd va munojot, Rasullohga(s.a.v.) na’tni qamrab oladi.Bunga musulmon Sharq adabiyotidagi an’ana deb qaralsa-da, aslida mazkur kirish so‘zlari shoirning e’tiqodi, Allohga bo‘lgan muhabbati, hayot haqidagi qarashlarini aks ettirishi bilan alohida ahamiyatga molik. Hofiz Xorazmiy Allohga, Payg‘ambarimizga (s.a.v.) bag‘ishlangan hamd va na’t ruhidagi asarlarni tahlil qilganimizda ularda shoirning ulug‘vor olami bukilmas irodasi, mustahkam iymoni namoyon bo‘lishini ko‘ramiz.