Shoir ushbu g‘azalida chaman ichidagi go‘zal yorni tasvirlaydi. G‘azalda Mahliqoning yerga oyog‘ini tekkizmasdan yurishi, xuddiki farishtalar qanotlarini bir-biriga tekkizib uchishlariga qiyoslanadi. Mumtoz adabiyotda ayollarning qomati sarv daraxtiga o‘xshatilgan. Bu yerda ham shoir sarv daraxtidan umidvor bo‘lma, bu daraxt qachon meva beradi deya sarv daraxti timsoli orqali suyukli yorini nazarda tutib turibdi.