Bu baytda oshiq – shoirning go‘zal axloqi ko‘zga tashlanadi. Raqib it kabi oshiqni yor eshigiga yaqinlashtirmaydi. Quyidagi baytda shoir tamsil san’atidan foydalanib “It luqma topmasa suyak g‘ajiydi” degan xalq maqolidan unumli qo’llamoqda. O‘zini yor ishqida ozib-to‘zib, ustixonidan ajralgan bechoraga qiyoslamoqda.
Quyida Hofiz Xorazmiy ijodida tashbeh san’atiga doir misollar ko‘rib chiqamiz:
misralarida H.Xorazmiy “go‘zallikda gulga o‘xshash yuzing”jumlasi o‘rniga “gul jamoling” tarzidagi qisqa, aniq tashbehni qo‘llar ekan, u mufassal holdagi o‘xshatishga qaraganda mashuqa latofatini yorqinroq gavdalantiradi. Bu o‘rinda jamol-mushabbih, gul-mushabbihun bih, vajhi shabih bilan vositai tashbeh tushirib qoldirilgan va bu baytda shoir o‘xshatishning tashbihi muyaqqad turidan foydalangan. She’riyatda ko‘pincha vajhi tashbeh va vositai tashbehning har ikkisi tushurib qoldiriladi. Bu holda faqat mushabbih va mushabbihin bihdan tashkil topgan o‘xshatish tashbehi muyaqqad deb ataladi.