I bob. Hofiz xorazmiy g‘azallarida mavzu va g‘oya


Tilmudur yo qand yoxud to‘tiy-i shakkarshikan



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə31/31
tarix31.12.2021
ölçüsü1,14 Mb.
#112977
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
IBRAGIMOVA UMIDA RUSTAMOVNA

 

Tilmudur yo qand yoxud to‘tiy-i shakkarshikan,

Tishmudur yo gavhar-i serob yo durr-i Adan.

Baytida shoir mashuqning tilini qandga, shirin so‘z aytuvchi to‘tiga, tishini gavharga, Adan marvaridiga o‘xshatadi-yu aniq qaysi biri ekanini ta’kidlamay, o‘zini bilmaslikka soladi. Aslida esa u mahbubani shularning barchasiga qiyoslab, uning benihoya go‘zalligiga diqqatimizni qaratayapti.

Shoirning ko‘pgina g‘azallarida podshoh va gado timsollari vositasida tazod hosil qilinadi:

Shoirning ko‘pgina g‘azallarida podshoh va gado timsollari vositasida tazod hosil qilinadi:

Saqlasun oshiq-i bechora ko‘ngulni dilbar

Chun havoda qulin shoh ila sulton saqlar.

G‘arib ko‘rma agar rahm qilsa holima jonon

Gadoy holina chun shohi tojdor bag‘ishlar.

Qoshinda topmasam yo‘l,ne ajabdur,

Gado sultong‘a chun bo‘lmadi loyiq.

Baytda shoir go‘zal yor oldida turishni go‘yo gado sultonning oldida turishiga qiyoslayapti. Gado bilan sulton bir-biriga loyiq bo‘lmaganidek, o‘zini ham yorga loyiq ko‘rmayapti. Shoir o‘zini gadoga, yorni sultonga o‘xshatgan. Bu orqali tazod juda nafis chizgilar bilan tasvirlangan.

Xulosa:

  • Hofiz Xorazmiy g‘azallarining g‘oyaviy-badiiy o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishimiz davomida shunga guvoh bo‘ldikki, shoir birgina tilda emas, balki zullisonayn shoir sifatida ikki tilda ijod qilgan. U mohir g‘azalnavis sifatida zamondoshlariga nisbatan son jihatidan salmoqli va jozibali she’rlar yaratdi. G‘azal mavzu doirasini kengaytirdi, turkiy she’riyatda asosiy janr bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Ijodkor g‘azallarida insonning insonga bo‘lgan muhabbatini kuylaydi. Haqni sevish u yaratgan ma’shuqani ham sevish deb tushunadi. Tasavvuf vakili sifatida haqiqiy, ilohiy ishqni xudo visoliga yetishni kuylaydi. Majoziy va haqiqiy ishqni birligini e’tirof etadi. Kishilarni sevgidan, shodlikdan,quvnoqlikdan kechishga targ‘ib etuvchi riyokor zohidlarni tanqid qildi. Birinchilardan bo‘lib, may mavzusida g‘azallar yaratdi, bu mavzudagi she’rlar mavzu doirasini boyitdi. Sevgi lirikasini visol oni tasviri, visol orzusi haqidagi g‘azallar bilan boyitdi.Uning nozik ma’nolarni ifodalay oladigan so‘zlardan unumli va o‘rinli foydalana bilishi o‘zbek tilining lug‘at boyligi qatorida fors-tojik tilining ham ahamiyatli o‘ringa egaligi, ikki tilning bir-biridan qolishmaydigan mavqeda ekani, go‘zallik va betakrorlik kasb eta olishini g‘azallari orqali ifodalay olgan. Hofiz Xorazmiy g‘azallarida turli ijtimoiy mavzularni go‘zal badiiy tasvir vositalar orqali yarata olgan ijodkordir.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin