I bob. Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti


 JINOYAT HUQUQI FANINING METODLARI



Yüklə 78,05 Kb.
səhifə4/9
tarix28.02.2023
ölçüsü78,05 Kb.
#123671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JINOYAT HUQUQI, PRINSIPLARI VA VAZIFALARI

1.1. JINOYAT HUQUQI FANINING METODLARI.
Bu metod orqali ma’lum bir mezonlar bo‘yicha umumiy mikdor o‘lchovlari amalga oshiriladi, bunday o‘lchovlar normalar, ularning dispozitsiya va sanksiyalari, aybdorlik darajasi, sudlanganlik kabi mezonlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Masalan, bir yil ichida sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha statisik ma’lumotlar yoki bunday jinoyatlar uchun qo‘l-lanilgan sanksiyalarning mikdor ko‘rsatkichlari jinoyat-statistikasi metod orqali aniqlanadi.
- Qiyosiy-huquqiy (komparativistik) metod turli xil huquqiy tizim va davlatlardagi jinoyat qonunlarini kiyoslab, ularning farqlarini o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi. Bu metod nafaqat qonunchilikda, balki huquqni qo‘llash borasida va fanda ham qo‘llanilishi mumkin.
- Tarixiy-qiyosiy metod qonunchilik va huquqni qo‘llash borasida sinalgan tajribani amalga oshirish uchun ahamiyatli hisoblanadi. Masalan, halqaro jinoyat huquqidagi Nyurnberg va Tokio (harbiy jinoyatchilarga qarshi) sud protsesslari okibatida "Kriminologiya" fani mustaqil yuridik fan va o‘quv intizomi sifatida vujudga keldi.
Yuqoridagi metodlardan tashqari qonuniylik, amaliy va ilmiy faoliyatning keng qo‘llanilishi natijasida modellashtirish, kibernetika kabi matematik metodlar ham mavjud bo‘lib, bilish metodlari sifatida qo‘llaniladi. Masalan, kibernetik metodlar har xil turdagi ma’lumotlarni, xususan, jinoyat-statistikasi, ijtimoiy-huquqiy, umumiy-sud, tergov va prokuratura organlarining amaliyoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. Xozirgi kunda bunday metodlardan yuridik o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda keng qo‘llanilmoqda.
Jinoyat huquqi predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarning taalluqliligi - umummajburiy munosabatlardan aynan qaysi munosabatlarning jinoyat huquqi normalari tomonidan tartibga solinishini bildiradi.
Jinoyat huquqiy munosabatlarning yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning absolutligi bo‘lib, bunday ijtimoiy munosabatlarda davlat ikkinchi tomonga nisbatan ustunlik mavqeiga ega bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, huquq nazariyasida ikki turdagi:
1) salbiy (retrospektiv), ya’ni sodir etilgan huquqbuzarlikning oqibati sifatida vujudga keluvchi;
2) ijobiy (prospektiv), ya’ni ijtimoiy foydali va qonunda ruxsat berilgan xatti-harakat (faoliyat) natijasida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlar nazarda tutiladi.
Bunday turdagi ikkala ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat huquqining tartibga solish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Salbiy ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan ma’lumki, jinoiy qilmish sodir etilishi bilan yuzaga kelib, jinoyatchini jinoiy javobgarlikka tortish va uning qilmishiga yarasha jazo tayinlash bilan bog‘liq.
Ikkinchi guruh, ya’ni ijobiy munosabatlar esa davlat tomonidan belgilangan jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi, jamiyat uchun foydali xatti-harakatlar natijasida yuzaga kelib, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish hamda cheklangan tarzda jazo qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, ular jinoyat huquqining "qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar", "shartli hukm qilish", "jinoiy javobgarlikdan ozod qilish", "jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish", "amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish" kabi institutlari bilan tartibga solinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqining predmeti sifatida ko‘proq jazolash sanksiyalari bilan bog‘liq salbiy munosabatlarni ko‘rish mumkin.
B.T.Razgildyayevning fikriga ko‘ra esa, "jinoyat huquqining vazifasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish emas, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga sola olmaydi, bu huquq sohasi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiladi, holos". Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki barcha huquq sohalari kabi jinoyat huquqi ham o‘zining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Jinoyat huquqi tartibga soluvchi predmet hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish bilan birga ularni muhofaza qilish funksiyasini ham bajaradi.

Yüklə 78,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin