I bob. Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti


Jinoyat huquqi va boshqa yuridik fanlarning o‘zaro aloqadorligi



Yüklə 78,05 Kb.
səhifə5/9
tarix28.02.2023
ölçüsü78,05 Kb.
#123671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JINOYAT HUQUQI, PRINSIPLARI VA VAZIFALARI

1.2. Jinoyat huquqi va boshqa yuridik fanlarning o‘zaro aloqadorligi.
 Jinoyat huquqi huquq tizimidagi huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ulardan ayrimlari bilan o‘xshashligi ham mavjud. Lekin jinoyat huquqini boshqa huquq sohalaridan farqlay olish kerak.
Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan o‘zining predmeti, vazifalari va tartibga solish uslublari bilan farq qiladi.
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalari - kriminologiya, huquqiy-statistika, jinoyat ijroiya huquqi, kriminalistika, jinoyat protsessi, ma’muriy, fuqarolik, halqaro huquq va shu kabi huquq sohalaridan farqli va o‘xshash tomonlari mavjud.
Kriminologiya jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchi shaxsi va jinoyatlarni oldindani olishni o‘rganadi. Jinoyat huquqining predmeti jinoyat qonunchiligi hisoblansa, kriminologiyada jinoyatchilik, uning sabablari, vujudga kelish shart-sharoitlari, o‘sish darajasi, jinoyatchining shaxsi va jinoyatlarning oldindani olish choralari o‘rganiladi. Kriminologiyada ham jinoyat huquqi singari jinoyat qonunchiligi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi, lekin bunday vaziyatda kriminologiyaning metodi sotsiologik xususiyatga ega bo‘ladi.
Kriminologiyaning jinoyat huquqi bilan bog‘liqligi shundaki, latent jinoyatchilik, jinoyatchilikning tarkibiy ko‘rsatkichlari hisoblangan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, retsidiv, guruh tomonidan sodir etilgan, zo‘ravonlik bilan sodir etilgan, shuningdek, g‘ayriqonuniy muomala vositaralarining qurol yaroq va giyoxvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar darajasi haqidagi kriminologik ma’lumotlar jinoyat qonunchiligi, uning tartibga solish mexanizmi ishlash darajasini taqqoslash uchun qo‘llaniladi.
Shuningdek,, jinoyatchining shaxsi haqidagi mavjud kriminologik ma’lumotlar, ya’ni ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-psihologik belgilar - jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash uchun asos sifatida jinoyat huquqining "jinoyatchining shaxsi" deb nomlangan toifasini to‘ldiruvchi ishonchli statistik ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy-statistikaning predmeti - umumiy va alohida institut sifatida jinoiy guruhlar, jinoyatlarning turlari bo‘yicha jinoyatchilikning tuzilishi, holati va dinamikasining mikdor ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Jinoyat huquqi ma’lum bir huquqiy holat bo‘yicha ilmiy xulosalar, va tadqiqotlar olib borishda huquqiy-statistika va uning tarkibiy qismi hisoblangan "jinoyat statistikasi"ga tayanadi.
Ijtimoiy xavfli qilmishlarni kriminalizatsiya yoki dekriminalizatsiya qilish uchun ijtimoiy shart-sharoitlarni belgilab olish maqsadida statistik ma’lumotlar jinoyat huquqi fani uchun zarurdir.
Huquqiy-statistika jinoyat huquqi uchun jinoyatchilik va jinoyatchining shaxsining protsessual xususiyatlari haqida ma’lumotlarni yetkazib beradi. Bunday ma’lumotlar jinoyat qonunchiligining qo‘llanilish holatini faktik baholash uchun zarur bo‘lgan "bekor qilingan hukmlar", "ochilmagan jinoyatlar mikdori", "javobgarlikning mukarrarligi prinsiplariga rioya etilmaganligi sabablari" haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Jinoyat-ijroiya huquqi - sud hukmlari bo‘yicha jazoni ijro etish tartibini belgilaydi va bu borada vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Jinoyat-ijroiya huquqi fani jinoiy jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini ijro etish jarayonida jazoning maqsadi, uni amalga oshirish va jazoni qo‘llash natijalarini o‘rganadi.
Jinoyat-ijroiya huquqi jazo, kriminal retsidivi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar kabi masalalar bo‘yicha jinoyat huquqi bilan bevosita bog‘liqdir.
Kriminalistika - sodir etilgan jinoyatga oid dalillarini topish, mustahkamlash va tadqiq qilish, shuningdek, jinoyatchi shaxsini aniqlash va qidiruv ishlarini amalga oshirish usul, uslub va vositalari tizimini o‘rganuvchi fandir.
Jinoyat huquqi fani kriminalistika bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqi boshqa fanlar, sud psixiatriyasi, sud meditsinasi, sud psihologiyasi kabilardan foydalanib qilmish va jinoyatchining ijtimoiy xavflilik darajasini belgilash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchi shaxsiga baho berish hamda jinoyat tarkibining barcha elementlarini aniqlashda kriminalistika faniga tayanadi.
Jinoyat protsessi va jinoyat huquqi o‘zaro bog‘liq fanlar bo‘lib, ular birgalikda yurisprudensiyada "moddiy va protsessual jinoyat huquqi" deb ataladi. Jinoyat huquqi jinoyat huquqiy munosabatlarning moddiy asosini belgilab bersa, jinoyat protsessi jinoyat-huquqiy munosabatlarning protsessual tartibini asoslab beradi.
Jinoyat huquqi jinoiy qilmishlar doirasi, javobgarlik asoslari va prinsiplari, jazo tayinlash, jazo turlari va chegaralarini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar haqidagi moddiy normalarni belgilab bersa, jinoyat protsessi jinoyat ishlarini yuritish, jinoyatlarni ochish, jinoyat ishlarini ko‘rib chiqib hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini belgilovchi protsessual normalar majmuini ifodalaydi.
Jinoyat protsessi va jinoyat huquqi bir-biriga "shakl va mazmun" jihatdan bog‘liqdir. Jinoyat huquqi jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi davlat siyosatining "mazmuni"ni tashkil etsa, jinoyat protsessi bunday siyosatning "shakli"ni ifodalaydi.
Ma’muriy huquq ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javobgarlikka tortish asoslari va tartibi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilab beruvchi hamda o‘rganuvchi fandir.
Ma’muriy huquq ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatlar o‘rtasidagi chegarani belgilash, ma’muriy va jinoiy jazo sanksiyalari, jinoiy qilmishning ma’muriy huquqbuzarlikka aylanishi va aksincha, ma’muriy huquqbuzarlikning kriminalizatsiya qilish bo‘yicha jinoyat huquqi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda fuqarolik va jinoyat qonunchiligining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, bunday alokadorlik mulkiy xususiyatdagi jinoyatlar, ya’ni iktisodiyotga qarshi jinoyatlar, fuqarolik huquqidagi deliktlarga baho berishda bilinadi. Jarima, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni koplash kabi sanksiyalar borasidagi ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar jinoiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi.
Jinoyat huquqi va tadbirkorlik huquqi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik iktisodiyot asoslariga qarshi va xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - g‘ayriqonuniy bank va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, g‘ayriqonuniy savdo qilish, savdo qilish qoidalarini buzish, soxta tadbirkorlik, soxta bankrotlik va shu kabi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilashda namoyon bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida "Ekologiya sohasidagi jinoyatlar" deb nomlanuvchi maxsus IV bo‘lim ajratilgan bo‘lib, aynan ana shu bo‘lim jinoyat huquqining ekologiya huquqi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Jinoyat huquqidagi ushbu bo‘limi normalari blanket xususiyatga ega, ya’ni atrof muxitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning aniq shakllarini bilib olish uchun ekologiya huquqi normalariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Mehnat huquqi bilan jinoyat huquqining o‘zaro aloqadorligini fuqarolarning mehnat qilish, xususan adolatli mehnat sharoitlarida mehnat qilish huquqi va ularning shaxsiy xavfsizligini muhofaza qilish hamda ishlab chiqarish texnikasidan foydalanish sohasida ko‘rish mumkin.
Transport sohasidagi jinoyatlarning anchagina ahvolda ekanligi haqidagi ma’lumotlarga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida "Transport harakati va ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar" deb nomlangan maxsus 17-bob ajratilgan bo‘lib, aynan ana shu bob jinoyat qonunchiligining xavo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportlarini boshqarish va undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini tartibga soluvchi transport qonunchiligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Jinoyat huquqning halqaro huquq bilan o‘zaro alokadorligini jinoyat qonunchiligi muammolari, xususan, jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi, chet el fuqarolarining jinoiy javobgarligi, jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab berish, jinoyat huquqi normalarining halqaro huquq normalariga mos kelishi, jinoyat huquqining konvension normalari deb ataluvchi halqaro jinoyatlar va halqaro xususiyatdagi jinoyatlarni kodifikatsiyalash masalalari borasida ko‘rish mumkin.


Yüklə 78,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin