JINOYAT HUQUQI, PRINSIPLARI VA VAZIFALARI MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………………2 ASOSIY QISM………………………………………………………………………….3 I BOB. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA PREDMETI 1.1. Jinoyat huquqi fanining metodlari………………………………………………..5-9
1.2. Jinoyat huquqi va boshqa yuridik fanlarning o‘zaro aloqadorligi…………………11
II BOB. JINOYAT HUQUQI TIZIMI VA PRINSIPLARI 2.1. Jinoyat huquqi institutlari………………………………………………………….15
2.2. Jinoyat huquqi fanining tizimi……………………………………………………..19
2.3. Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti…………………………24
XULOSA……………………………………………………………………………….32 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR .……………………………………………….33
KIRISH Qonunlar so‘zsiz bajarilgandagina biz huquqiy davlat qurishimiz mumkin. O`zRes. Birinchi prezidenti Islom KARIMOV. Mavzuning dolzarbligi. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti — bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi bo‘lajak huquqshunoslarimizning o‘z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir, Ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bo‘lajak xodimlari, huquqshunoslarga jinoyat tarkibiy elementlari, jinoyatlar tasnifi, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, turlari, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlanganlik, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari kabi mavzular barchaga tushunarli, sodda va ravon tilda bayon qilib berilgan.
Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish va ularni takomillashtirish asoslarining tub zaminiga to‘xtalib, Prezidentimiz jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilanish konsepsiyasini, shuningdek,, mamlakatimizni 2005-yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha oldimizga qo‘yiladigan asosiy vazifalarga to‘xtalib, bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iat bilan borish lozimligini ta’kidladilar. Prezidentimizning 2005-yil 1-avgustidagi «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmonlari esa sud-huquq tizimini liberallashtirish yo‘lidagi yana bir pillapoya desa bo‘ladi. Farmonlarda 2008 yil 1 yanvardan boshlab o‘lim jazosini bekor qilish va jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlar vakolatiga o‘tkazilishi qayd etilgan.