9
II BOB KAVKAZ ORTI XALQLARI SAN’ATI
2.1. Ozarbayjon san’ati
Ozarbayjon ashuglari sanʼati
— sheʼriyat, hikoyalar soʻzlash sanʼati, raqs va
ozarbayjon ashuglarining vokal instrumental musiqa majmuasidir. Ashuglar
Ozarbayjonda doimo xalq orzusini ifodalashgan, sevgi ozodligini himoya qilishgan,
vatanga sadoqat haqida kuylashgani sababli azaldan „El anasi“ (ozarb. Elanası —
„Xalq onasi“),
deb atalgan
Ozarbayjon ashugi sanʼati milliy birdamlik ramzi va
ozarbayjon tili, adabiyoti va musiqasining asrovchisi hisoblanadi.
209 yilda YUNESKOning nomoddiy merosini himoya qilish Qoʻmitasining Abu-
Dabidagi (BAA) toʻrtinchi sessiyasida ozarbayjon ashuglari sanʼati YUNESKOning
Nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.
Asosan erkin boʻlgan ashug sanʼati tarkibi boʻyicha kengligi va xilma-xilligi
bilan ajralib turgan. Ashug sanʼati epik doston, xalqning erkinligi va qahramonligini
madh etuvchi qoʻshiqlar, shuningdek, doʻstlik va sevgi
madh etiladigan satirik va
yumoristik qoʻshiqlarni oʻz ichiga oladi. Ashug sanʼati sintetik sanʼat hisoblanadi,
ashug oʻzi sheʼr yozadi, musiqa bastalaydi, sozda chaladi va oʻzi raqsga tushadi.
Koʻpincha ashug ijrochisiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan asboblar
ansambli joʻrlik qiladi, lekin ashugning asosiy musiqa asbobi soz hisoblanadi.
Ashug sanʼatining eng keng tarqalgan janri dostondir, xususan mardonavor —
epik dostonlardir. Dostonlardagi vokal — instrumental qismlari sheʼrdagi
dialog
fragmentlari bilan navbatma-navbat keladi. Feodal va bosqinchilarga qarshi
kurashgan, XVI asrning ozarbayjon xalq qahramoni Goʻrogʻli haqidagi doston
ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda Goʻroʻgʻlining jasoratlarini madh etuvchi bir nechta
qoʻshiqlar mavjud. Ularga „Goʻroʻgʻli djengisi“, „Atli Goʻroʻgʻli“, „Piyada
Goʻroʻgʻli“, „Goʻroʻgʻli“ va boshqa qoʻshiqlar kiradi.
Qahramonlik mavzusidagi
„Misri“ qoʻshigʻi ashuglar dialogida koʻp ijro etiladi. Bunday dialogda muayyan
mavzuda improvizatsiya qilayotgan ikkita, uchta va xatto toʻrtta
ashuglar ishtirok
etishi mumkin.
10
Zamonaviy ensiklopedik lugʻatda „ashug“ soʻzi arab va turkiy „ashug“ —
„oshiq“ soʻzidan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan. Katta ensiklopedik lugʻatida ham
„ashug“ turkiy tilda „oshiq“ maʼnosini bildirishi koʻrsatilgan
[4]
. „Ashug“ soʻzi arab
tilidan kelib chiqib avval „ehtiros bilan sevgan, ilohiy sevgi bilan yonayotgan“
maʼnosini bildirgan, soʻng esa u turkiy tilga oʻtib va asta sekin arman va gruzin tiliga
„qoʻshiqchi-shoir“ maʼnosi bilan oʻtgan deb hisoblanadi. XII asrning turkiy shoir-
tasavvufchisi Ahmad Yassaviy oʻzining „Haqiqat oshiqlari“ sheʼrida soʻfiy
darvishlarini
[
„ashuglar“ deb atagan.
Ashug sanʼati tarixi
Ozarbayjon madaniyatida ashug anʼanasi ashug
Gurbani yashab ijod qilgan
vaqtda- XV-XVI asrlardan boshlab rivojlana boshlaydi, lekin sanʼatning oʻzi bundan
ham qadimroq tarixga ega, masalan ozanlar X—XI asrlardanoq ijod qilishgan.
Ozanlar oʻz hikoyalarini gopuz ijrosi bilan kuzatgan va oguzlar orasida alohida diniy
taʼsirga ega boʻlgan oguz baxshi va qoʻshiqchilari boʻlishgan. Ozanning mashhur
yodgorliklariga oguz qahramonlik eposi „Buvam Korkut kitobi“ kiradi. Tarixda Dede
Korkut,
Dede Abbas, Dede Yadigyar, Dede Gasim, Dede Kerem („Dede“ soʻzi
oguzlarda „diniy ota“ maʼnosini bildirgan) kabi ozanlar mashhur. XVII asrda ozanlar
tarixiy sahnadan butkul ketgan. Islom taʼsirini kuchayishi
va uning turkiy-oguzlar
jamiyatidagi mafkurasi bunga sabab boʻlgan. Arab tili va adabiyotining tarqalishi va
umuman islom gʻoyalariga yoʻnaltirilgan madaniyatining tarqalishi ozan sanʼati
gʻoyalarini buzgan.
Gurbani davrida oʻz chiqishlarini gopuz bilan bezatgan ozanlar oʻrniga
qoʻshiqlarini sozda chalgan ashuglar kelishgan.
Ashug musiqasining janrlari
Milliy sheʼriyatning asosiy janrlari — goshma, doston, ustadname, shuningdek,
ularning sheʼriy shakllari — gerayli, divani, goshma, tedjnis — ashuglar ijodining
eng sevimli shakllaridir.
Goshma
11
Xalq sheʼriyatining eng keng tarqalgan shaklidir. „Goshmada“ boʻgʻinlar soni
oʻn birga yetadi. „Goshma“ bir nechta kichik turlarga boʻlinadi: „gyuzelleme“ —
gyuzel — chiroy soʻzidan tabiiy goʻzallik yoki ajoyib insoniy hususiyatlarini madh
etiladigan shakldir; „kochaklama“ — qahramonlik amallari yoki qahramonlarning
oʻzi madh etiladigan shakldir; „tashlama“ — jamiyat yoki insonlarning kamchiliklari
tanqid qilinadigan turi, „agit“ xotirlashga atalgan qoʻshiq.
Doston
Nafaqat sharqiy balki gʻarbiy sheʼriyatda mashhur boʻlgan janr (shu jumladan
xalq oʻrtasida). „Dostonlarda“
ashuglar mardlik, sevgi qissalari, muhim tarixiy
voqealar haqida hikoya qilishgan. Uslubiy va boʻginli maʼnoda koʻpincha „koshma“
ni eslatadi, lekin undan toʻrt misraliklarning soni, mavzu, maʼno va musiqa mavzusi
bilan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: