KIRISH………………………………………………………………………....3 I.BOB.KESIM VA UNING IFODALANISHI 1.1. Kesimning asosiy xususiyatlari…………………………………………...4 1.2.Kesimning ifodalanishi…………………………………………………….9 II.BOB. O’ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXI KURSNING MAQSAD VA VAZIFALARI ХALIFALIK DAVRIDA TILSHUNOSLIK.KESIMNING O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TADBIQI 2.1. O’zbek tilining turkiy tillar orasida tutgan o’rni………………………23 2.2. O’zbek tilshunosligi tarixi………………………………………………..25 XULOSA………………………………………………………………….……33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………..34
KIRISH Kesimning ega bilan moslashuvi (koordinatsiya). Ikki sostavli gaplarda ega va kesim moslashadi. Bu shaxs-son affikslari fe`llari fe`lning ham grammatik jihatdan moslashadi: Qishloq xo`jaligi xodimlari paxtadan mo`l hosil olish uchun kurashmoqdalar.
Dunyodagi burcha tillar eng asosiy, eng muhim belgilari nazarda tutilgan holda bir necha guruhlarga bo’linadi. Тilshunoslikka oid adabiyotlarda ma’lumot berilishicha, yer yuzida uch mingdan ortiqroq til bor. Bu tillarning shevalari ham hisobga olinganda ularning soni besh mingdan ortadi. Тilshunoslar tillarni tasniflashda ikki usuldan foydalanadilar: morfologik usul va geneologik usul. Тillarni morfologik usul asosida tasnif qilishda so’zlarning tuzilishi eng asosiy belgi qilib olinadi. Shu asosda tillar ikkiga bo’linadi: qo’shimchali tillar va qo’shimchasiz tillar. Qo’shimchali tillar yana ikki guruhga bo’linadi: agglyutinativ tillar va flektiv tillar.
“O’zbek tilshunosligi tarixi” kursi fan tarixini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. O’zbek tilshunosligi fan sifatida qachondan boshlab shakllangani, bu fanning shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar, tilshunoslikka bag`ishlangan asarlar haqida bahs yuritish kursning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
“O’zbek adabiy tili tarixi” o’zbek tilining tarixiy taraqqiyotini, o’zbek tilini davrlashtirish masalasini o’zbek adabiy tilini shakllanishiga hissa qo’shgan badiiy asarlar tilini o’rganadi.
“O’zbek tilining tarixiy grammatikasi” fanida grammatik shakllarning tarixiy taraqqiyoti yuzasidan bahs yuritiladi.