Mavzuning dolzarbligi. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turkiy xalqlar har doimgidan ham bir-biriga anchayin yaqinlashib bormoqda . Siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa albatta turkiy tillar ahamiyatini yuqori darajaga olib chiqmoqda. Turk tili bugungi turkiy olam ichida eng mavqeli tillardan biridir. Bu tilning grammatik imkoniyatlarini o`rganish va o`zbek tiliga tatbiq etish dolzarb masala bo`lib qolmoqda.
Kurs ishining obyekti.Turk tilidagi badiiy asarlar. Oʻzbek va turk tillarida qush nomlari.
Kurs ishining maqsadi. Turk tilining fonetik, leksik, xususiyatlarini yoritish, sintaksisini o`rganish va boshqa turkiy tillarga taqqoslash orqali turk tilining alohida xususiyatlarini ochib berish.
Kurs ishining vazifalari.Turkiy tillar tarixi va taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish va turk tilining turkiy tillar orasidagi mavqeyini chuqur o`rganish. Oʻzbek va turk tillarida qush nomlarining qiyosiy tahlil etish.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish qism, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB. O`G`UZ LAHJASI HAQIDA 1.1. Turkiy tillar tarixi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, yer yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko’ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko’ra ham o’zaro farq qilishi tabiiy. Jahon tillarining ko’pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qilsa, tillarning ayrimlari qabila tillari, hatto urug’ tillariga bo’linadi. Milliy tillar o’zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi oz miqdorli aholi gaplashsa, ba’zi tillar esa juda katta hududlardagi ko’p sonli aholi orasida tarqalgan bo’ladi. Bunday tillarga ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus, koreys va shu kabi tillar kiradi.Yer yuzidagi tillarni o’rganish XVIII asrdan boshlangan. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng avj oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtirish bilan farqlanadi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o’rganib chiqiladi. Shuning uchun ham o’rganishning bu yo’li qiyosiy-tarixiy usul deb nomlanadi. Tillarni shu yo’l bilan o’rgangan va o’zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskni (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) misol sifatida keltirish mumkin.1 Til kishilarning o’zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo’lgan ehtiyoj natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Har qanday fikrni til materiallari asosida shakllantirsa bo’ladi. Til paydo bo’lgandan keyin jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo’lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog’liq. Til bo’lmasa, jamiyatning bo’lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo’lishi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadi. Til to’xtovsiz ravishda o’zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug’at boyligida o`z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o’zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o’zgaradi. Buni til tarixini o’rganish orqaligina sezish mumkin.