I bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari


Turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi



Yüklə 228,88 Kb.
səhifə12/15
tarix02.03.2023
ölçüsü228,88 Kb.
#123734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
PSIXOLOG XONASIGA VA UNI JIHOZLASHGA QO`YILADIGAN TALABLAR копия

Turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi
Butunjahon sog’likni saqlash tashkilotining aniqlashi bo’yicha inson sog’ligining umummiy holati uning fizik, ruhiy va ijtimoy holati darajasi bilan belgilanadi. Ko’p sonli tadqiqotlar natijasi mamlakat aholisining sog’ligi har bir insoning o’ziga 50%, inson irsiyatiga 20%, atrof-muhit ta’siriga 20% va sog’likni saqlash bo’yicha ishlarga 10% bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
Demak talab darajasida sog’likni saqlash ko’p jihatdan har bir insonning o’ziga, xarakteriga va turmush tarziga bog’liq ekan. Ko’p asrlik tajriba turmush tarzi kasallik kelishini sekinlashtirishini yoki tezlashtirishini ko’rsatadi. Shu bilan birga ma’lum tabiiy holatda insonning biologik soatlari faoliyati ham o’z manziliga yetishi ham shubhasiz. Bundan tashqari inson sog’ligi zahirasi birinchi navbatta shu insonning o’ziga bog’liq va ikkinchidan aniq bir insoniyat jamiyatining (mamlakatning davlatning) rivojlanish darajasiga ham bog’liq. Tez-tez qaytariladigan, og’ir va uzoq vaqt davom etadigan kasalliklar insonni biologik soati yurishini tezlatishga olib keladi. Inkor qilib bo’lmaydigan tibbiy statistika shuni ko’rsatadiki, 30 yoshda ham yosh bo’lmasligi, sog’lom odam esa o’zining 50-60 yoshida ham yoshday bo’lishi mumkin. Ko’p kasalliklar jumladan ruhiy tushkunlik ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar ta’sirida insonlarning erta qarishi yoki vafot etishi ma’lum. Bunday salbiy holatlar tasodif emas, o’z sog’ligi holatini bilmaslik, unga e’tiborsizlik va oddiy elementar ehtiyotsizlik ham sabab bo’lishi mumkin. Inson ko’p holda kasallikni ehtiyotsizlik, ba’zan eng oddiy bilimlarni etishmasligi, hamda o’z sog’ligiga mutloqa e’tiborsiz munosabati oqibatida orttiradi. Shifokor tadqiqotchilarning qayd qilishicha insonlardagi ko’pchilik kasalliklar vijdonga, poklikka, g’ururga qarshi harakatlar, oddiy nomardlik, yolg’ondan iborat turmush, adolatsiz ishlarda faol ishtirok etish bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqadordir.
Qadimgi shifokorlarning qayd etishiga kasallik ko’pincha kam harakatli, g’azabdor, hasadguy, tushkun insonlarda hosil bo’ladi. Xuddi shunday tadqiqotlarning guvohlik berishicha har xil turdagi kasalliklarga o’ziga katta javobgarliklarni olishga moyil, faol odamlar, burchga yuqori masuliyat sezgisiga ega bo’lgan, ko’p va yuqori yuklamada ishlovchi kishilar, o’ziga nisbatan talabchan, atrofdagilarni unga byyergan baholarini (ayniqsa salbiy) og’riqli qabul qiluvchi va ma’lum holda kamsitilgan sezgiga ega bo’lgan insonlar chalinar ekan. Sog’lom turmush tarzi va unga amal qilish sog’likni, uzoq yashashni kafolati ekanligi inkor etib bo’lmaydigan faktdir. Turmush tarzi insonning hayoti davomida qayd etilgan bir necha odatlar jamlamasidir. Har bir individni turmush tarzi oila va umumiy xalqning an’analari asosida yaratilgan. Kavkaz, Himolay, YAponiya ayol va erkaklarning uzoq umr ko’rishi bilan ajralib turishi ham kutilmagan holat emas. Uzoq umr ko’rgan insonlar hayotini o’rganish uzoq umr ko’rishning asosiy sabablari jismoniy va aqliy yuklamalarni normada bo’lishi, talab darajasida dam olish, chiniqish va zararli odatlardan (spirtli ichimliklar, narkotik moddalar va boshk.) o’zni tiyish ekanligini ko’rsatdi. Tibbiyot xodimlarining olib borgan ko’p yillik tadqiqotlari natijasida har kuni uzum vinosini iste’mol qiluvchi 10 kishidan 5 tasida uzluksiz sariq kasalligi, ikkitasida jigar sirrozi aniqlangan. Shu bilan birgalikda tadqiqot olib borilgan kishilardan zararli odatga ega bo’lmaganlarida organizmni yashartiruvchi tabiiy vositalar chiniqish va davriy (hech bo’lmaganda bir kunga) ochiqishligi ma’lum bo’lgan. Bunday tashqari uzoq umr ko’ruvchi insonlarda olib borilgan tadqiqotlar kunlik iste’mol qilinadigan ovqatlar tarkibida sho’rtak sut, pishloq vegetirian ovqatlar (tarkibida genetik apparatni qarish jarayonini sekinlashtiruvchi A, S, E, R vitaminlar mavjud bo’lgan meva va sabzavotlar, ko’kat) iste’mol qilish ham foydali ekanligini ko’rsatdi. Uzoq umr ko’ruvchi insonlarning kunlik iste’molida o’tli (myata, dushisa, tarxun va boshqa) chaylarni mavjudligi ham qiziqarli holdir. Tibbiy statistika chekuvchilarni onkologik kasalliklariga ko’proq chalinishini ko’rsatadi. Tadqiqot natijasida kuniga bir yarim pachka sigaret chekadigan kishilar bir yil davomida 300 marta rentgen ko’krak qafasi tekshiruvdan o’tgan kishi olgan ionlovchi radiasiyaga teng bo’lgan nurni olar ekan. Sigaretning tutunida ma’lum bosqichda o’pka rakiga olib keluvchi poloniy-210, stronsiy-90, radiy-226, qo’rg’oshin-210 va kaliy-40 radioaktiv moddalarning mavjudligi aniqlangan.


Yüklə 228,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin