I bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari


Tavsiyalar berish bosqichi



Yüklə 228,88 Kb.
səhifə9/15
tarix02.03.2023
ölçüsü228,88 Kb.
#123734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
PSIXOLOG XONASIGA VA UNI JIHOZLASHGA QO`YILADIGAN TALABLAR копия

4.Tavsiyalar berish bosqichi. Psixolog-maslahatchi awalgi bosqichlarda mijoz va uning muammosi to'g'risida yetarli ma'lumotlar to'plab, ushbu bosqichda u bilan birgalikda muammosini hal etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu yerda tavsiyalar aniqlashtiriladi, oydinlashtiriladi, hartaraflama puxta ishlab chiqiladi. Psixologik maslahatning bu bosqichini o'tkazishga sarflanadigan o'rtacha vaqt odatda, 40 daqiqadan bir soatgacha bo'ladi.
5. Nazorat bosqichi. Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi va mijoz bir-biri bilan olgan tavsiyalar va amaliy maslahatlarning qanday amalga oshirilishi, qanday nazorat qilib borilishi va baholanishi to'g'risida kelishib oladilar. Shu yerning o'zida ishlab chiqilgan tavsiyalarning bajarilishi davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha masalalami psixolog-maslahatchi va mijoz, keyinchalik qayerda va qanday qilib muhokama qilishlari to'g'risidagi masala ham hal qilinadi. Ushbu bosqich oxirida, agarda zarurat yuzaga kelsa, psixolog-maslahatchi va mijoz bir-birlari bilan keyingi gal qachon uchrashishlari to'g'risida kelishib olishlari mumkin. Psixolog-maslahatchining ushbu yakunlovchi bosqichi 20—30 daqiqa davom etadi.
Agarda yuqorida aytilgan barcha fikrlami xulosa qilib aytmoqchi bo'lsak, psixologik maslahatning beshta bosqichini ham o'tkazish uchun (psixologik testlar uchun vaqtni hisobga olmaganda) ikki soatdan 10- 12 soatgacha vaqt kerak bo'lishini aniqlash mumkin.
Psixologik maslahat amallari
Psixologik maslahat amallari deyilganda, psixologik maslahatning alohida masalasi hal etilishida yordam beradigan psixologik maslahat olib borish usullari bo'yicha birlashtirilgan guruhlari tushuniladi. Psixologik maslahatning natijaliligi bevosita uning amallari puxta o'ylanganligiga bog'liq bo'ladi. Odatda amallar psixologik maslahat aniq bir bosqichi bilan bog'liq bo'lganligi sababli biz awalgi bobda ko'rsatilgan va ta'riflangan bosqichlar bilan bog'lab, ularni ajratamiz va ko'rib chiqamiz. Psixologik maslahat birinchi bosqichida, odatda hech qanday maxsus amallar ajratilmaydi va qo'llanilmaydi.
Ikkinchi bosqichda mijoz bilan uchrashish, maslahat o'tkazishga uni umumiy, emotsional-ijobiy tayyorlash, mijoz bilan psixolog-maslahatchi munosabatlarida psixologik to'siqlarni yo'qotish amallari qo'llaniladi.

Yüklə 228,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin