I bob. Tarbiya psixologiyasi


O’smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari



Yüklə 72,8 Kb.
səhifə8/12
tarix16.10.2023
ölçüsü72,8 Kb.
#130462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
«TARBIYASI QIYIN» BOLALAR PSIXOLOGIYASI

O’smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari
Inson umrining o’smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo’ladi. Uningbittasi-kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi – o’smirning oilada va maktabda nazoratn chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o’z oqimida, maqsadga muvofiq, tarzda kechadigan bo’lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o’smirlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Birinchi jihatni tahlil qilib ko’raylik, chunonchi, o’smirlik bosqichidagi o’g’il va qizlarda ilk «kattalik» hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko’zga tashlanadigan ayrim tomonlari o’smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg’otadi.
Jumladan modaga qiziqish, o’ziga aro berish, o’zgacha «madaniy» horqdiq chiqarish, mulzamat qilishga intilish kabilar. Ular ko’pincha talablarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda ko’rgandlariga taqlid qiladi. O’z tasavvurida nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani namuna tarzida qabul qiladi. O’smirda o’z-o’zini va o’zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob solish holatlari ko’zga tashlanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’smirda dastlab kattalga taqlid qilish odati kuchli bo’ladi. Shuning uchun, ota-ona va yaqin kishilar bu jihatni o’smir huzurida doim esda tutishlari, o’zaro munosabatlarida, yurish-turishlarida, unga namuna bo’larli maqomda turishlarizarur.
O’qituvchilar maktab jamoa tashkilotlari rahbarlari haqida ham ayni mulohazani bildirish ma’qul.
Endi ikkinchi jihatga diqqat qilsak, bunda engsh xatarli tomon-o’smirning beqaror yigitchalar bilan muloqotga kirishishidir. Bunday kishilar uni noto’g’ri, egri yo’lga boshlaydilar, o’z shaxsiyatini ko’zlab yashashga o’rgatadilar.
Shuni aytish joizki, bo’sh vaqtni nazoratsiz o’tkazishga o’rgangan o’smir ko’cha-kuyda bevaqt va behuda yuradigan bo’lib qoladi. Bunday sharoitda ayniqsa pulga ruju qilgan o’smir turli xil qonunbuzar ishlarni amalga oshirishga kirib ketishi ehtimoldan holi emas. Shunga ko’ra, har bir ota-ona o’z o’g’il yoki qizining bo’sh vaqtini maqsadga muvofiq o’tkazishni ta’kidlashi zarur. O’smirni bo’sh vaqtlarida nazoratsiz qoldirish noxush kechinmalar sari yetaklaydi.
Bolalari maktabda kelib qayoqqa yuradi, kimlar bilan uchrashadi, o’rtoqlari kim – buni ota-ona albatta bilishi, doimo kuzatib aniqlashi kerak. Agar o’smirning yurish-turishi nazorat qilinmasa, bamaylixotir yurishga o’rganib ketadi va keyin uni bunday xulqdan qaytarib olish qiyin kechadi.
Har qanday holatda o’smirni haqorat qilish, uni kaltaklash mutlaqo chramaydi. Aksincha uning salbiy odat va xatti-harakatlari, axloqiy jihatdan aynishlari oqibatini shirin so’z bilan ko’z oldiga keltirib, ishonchli dalillar bilan tushuntirish zarur.
Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish hodisasi ijtimoiy hayot bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon psixologlari olib borgan tadqiqotlar tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishga ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-psixoloik omillar ham sabab bo’lishini ko’rsatmoqda.O’smirlar harakatlarini izchil va uzluksiz o’rganishщ, ulardagi chetga og’ish ko’rinishlari turlicha bo’lishini ta’kidlamoqda. Oiladagi nosog’lom muhit va sharoit ham tarbiyasi qiyin o’smirlarning yashashi va o’qishi uchun imkoniyatlar, qulay sharoitlar yo’qligi uning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Unda ota-onasidan norzilik hissi kundan-kunga avj olib ichki tug’yonga aylanadi. Alamdan chiqish ustun kelganda, o’smir ba’zi noxush hatti-haraktgacha borib yetishi mumkin. Biroq u o’zida bu kezda alamli kechinmalarni idrok qilolmaslik, nojo’ya qilmishini darrov payqab olmasligi ham ehtimol.
Oilada ota-ona o’rtasida samimiy munosabatning bo’lmasligi, ichimliklar iste’mol qilinishi, chayqavchilik, sudxo’rlik, xalq mulkini talash kabi nopok ishlar bilan shug’ullanish o’smirning ruhiy dunyosida yomon iz qoldiradi. «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deganlaridek, o’smir ham ota-onasi orqasidan ketishi mumkin. Ba’zan esa u oiladagi bunday jirkanch holatni ko’rmaslik uchun o’z uyini tark etgan hollar turmushda uchrab turadi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlar shakllanishining sabablarini yana biri-o’quvchining o’qishga nisbatn salbiy munosabatidir. Bu holning paydo bo’lishiga sabab o’smirning aqli zaifligidir. Jismoniy nogironligi yoki qobiliyatsizligi sabab qilib ko’rsatilishi mutlaqo noto’g’ri. Buning sababi bizningcha, o’smirga o’quv faoliyati usullari, o’quv ko’nikmalari va malakalarining yetarli darajada tarkib topmpganligi, fikrlash qobiliyatining nisbatan bo’shligi hamda ta’limda uning yana shu xususiyatlari o’quvchi tomonidan inobatga olinmasligidir. Bunday o’smirning bilim va xulq darajsi, odatda o’qituvchlar tomonidan noto’g’ri baholanadi, darsning o’zi ham past saviyada o’tkaziladi. Bu hyech narsa, hyech shubhasiz o’smirni maktabdan bezdirib qo’yishщi turgan gap. Shunisi ham borki, o’smirning sinf jamoasi bilan bir xil fikrda bo’lmasligi ular orasida «anglashilmovchilik g’ovini» vujudga keltiradi. Buning natijasida mazkur o’smir jamoa o’rtasida o’z o’rnini yo’qota boradi. Nihoyat u jamoa o’rtasida yakkalanib boradi. Jamoa uni qo’llab quvvatlamagnaligi yoki bepaovoligi sababli o’smir borgan sari dag’al, o’jar, hakslik qilaveradi. Oqg’ibatda jamoa faoliyatiga qo’shilmasdan o’zicha ish tutish rejasini tuzadi. Shu tariqa u o’qishdan va sinf jamoasidan yuz o’girib, yangi ulfatlar bilan aloqa qilish yo’liga kiradi.
Tarbiyasi qiyin o’smir, axloqi butunlay ishdan chiqqan, harakat boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan, jinoyatchi emas. Shuning uchun ularning xulq motivlarini tadqiqot qilish orqali qayta tarbiyalash, shaxsda hukm surib kelayotgan ayrim illatlarni bartaraf qilish imkoniyati mavjuddir. Bu jarayon o’ta murukkab, ota-onadan, o’qituvchilardan, jamoat tashkilotlaridan, mahalla faollaridan katta kuch, sabr-toqat, uzoq mehnat va chuqur izlanishlar talab qiladi.
Tarbiyasi qg’iyin o’smirni qayta tarbiyalashda uning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlarni e’tiborga olish har qaysi o’smirga individual yondashish, uning nimalarga qiziqishi va mayli aniqlash, tarbiyaga mos keladigan alohida usul va choralarni tanlay bilish katta ahamiyatga egadir. Ota-ona ham, o’qituvchilar ham, jamoatchilik vakillari ham bu qoidalarga aml qilsalar, muvaffaqiyatga erishish mumkin.



Yüklə 72,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin