Jadvalni yakunlab, qaralayotgan A va B mulohazalar rostligidan qat’iy nazar mulohaza doim rost bo‘lishini ko‘ramiz.
M a s h q l a r Jumlalarni mantiqiy amallar yordamida yozing.
Quyidagi jumlalar orasidan rost fikrlarni toping va ularning rostlik
qiymatini aniqlang: 8 butun son; 42 ni 5 ga bo‘lganda qoldiq 2 qoladi; har qanday to‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallari teng; 34*2 — 17 = 51.
Ushbu fikrlardan qaysilari rost: 6 soni 2 ga va 3 ga bo‘linadi; 123 soni 3 ga
va 9 ga bo'linadi.
3. Quyidagi fikrlarning inkorini tuzing: 132 soni 9 ga bo‘linadi; 5 < 4; 3,2 — natural son.
4. 2 ga ham, 3 ga ham bo‘linadigan butun son 6 ga ham bo‘linadi va aksincha, 6 ga bo‘linadigan butun son 2 ga ham, 3 ga ham bo‘linadi.
5. Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari «har qanday juft son 3 ga bo‘linadi» jumlasining inkori bo‘ladi: 1) har qanday juft son 3 ga bo‘linmaydi; 2) har qanday juft sonning 3 ga bo‘linishi noto‘g‘ri; 3) 3 ga bo‘linmaydigan juft son mavjud; 4) ba’zi jufl sonlar 3 ga bo‘linadi; 5) har qanday son ham 3 ga bo‘linavermaydi.
6. Agar (a-1)2+(b-1)2+(c-1)2=0 bo‘lsa, a=b=c=1 bo‘ladi va aksincha, a=b=c=1 bo‘lsa, (a-1)2+(b-1)2+(c-1)2=0 bo‘ladi.
7. Ixtiyoriy n natural son uchun n2+n3 yig‘indi natural son bo‘ladi.
8. Ixtiyoriy n, k natural sonlari uchun n2 - k3 soni butun son bo‘ladi.
9. a < 0 bo‘lsa, x4=a tenglik to‘g‘ri bo‘ladigan haqiqiy x son mavjud emas.