I bob. Umum-ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanlarini o'qitish


Kasb-hunar kollejlarida arxitektura-qurilish chizmachiligiga oid mavzularni tushuntirishning ahamiyati



Yüklə 227,56 Kb.
səhifə6/9
tarix02.06.2023
ölçüsü227,56 Kb.
#127703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi tayyor

2.2 Kasb-hunar kollejlarida arxitektura-qurilish chizmachiligiga oid mavzularni tushuntirishning ahamiyati.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi kasb-hunar kollejlarining ko`pchiligida chizmachilik fanini o`rganish asosan fan dasturida ko`rsatilgan materiallarni o`rganish bilan chegaralanib qolmoqda. Chizmachilikni o`quvchilarga chuqur o`rgatishning eng maqbul yo`li, bu chizmachilik chuqur o`rganiladigan maxsus sinflaming tashkil qilinishi hîsoblanadi. Bunday maxsus sinflardagi o`qishlar o`quvchilarni biror tor mutaxassislik yo`nalishiga tayyorlashni ko`zlamaydi. Bunda ta’lim qobiliyatli va grafika fanlariga qiziqish bildirgan o`quvchilarni grafik tasvirlar nazariyasi bilan chuqurroq tanishtirish, ularning chizma bajarish va o`qish malakalarini rivojlantirishga yo`naltiriladi. Bunday tayyorgarlik keyinchalik o`quvchilarning kasb tanlashlarida ham yordam berishi mumkin. Fanlarni chuqur o`rganadigan sinflardagi o`quvchilar soni 25-30 nafar o‘quvchidan ortiq bo`lmasligi tavsiya qilinadi. Chizmachilik chuqur o`rganiladigan sinflarda ta’limni ikki bosqichda tashkil qilish mumkin. Birinchi bosqichda kursning asosiy mazmuni chuqurlàshtirib o`rganiladi va uning amaliy qo`llanilish sohalariga ko`proq e`tibor qaratiladi. Ikkinchi bosqichda o`quv materialida o`rganiladigan nazariy yo`nalishlarni birmuncha kengaytirish, amaliy qo`llash sohalari bilan keng tanishish, murakkab grafïk topshiriqlar bajarish va olingan bilimlarni amaliyotda muslaqil qo`llash bilan bog`liq bo`lgan ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarish ko`zda tutiladi. Bunday sinf (kollej)lardagi tarbiyaviy ishlar shaxsni har tomonlama rivojlantirish va kasbga yo`naltirishni hisobga olib tashkil qilinishi zarur. Tarbiyaviy ishlar tarkibiga to`garak mashg`ulotlari, olimpiadalar. tanlovlar, fan va texnika namoyondalari, madaniyat xodimlari, ishlab chiqarish ilg`orlari bilan uchrashuvlarni o`tkazishlar ham kirishi kerak.
Bunday sinflardagi chizmachilik kursida proeksion, mashinasozlik. arxitektura-qurilish va texnik rasm bo`limlarini chuqurlashtirib o`rganish maqsadga muvofiq. «Proeksion chizmachilik» bo`limi geometrik yasashlar va «Chizma geometriya elementlari»da o`rganiladigan qator mavzular: proyeksiyalash usullari, geometrik elementlarning proyeksiyalari, sirtlarning tekislik va to`g`ri chiziq bilan kesishishlari, sirtlarning o`zaro kesishishlarini o`rganishni hamda texnik detal chizmalarini bajarishni o`z ichiga oladi. «Mashinasozlik chizmachiligi» bo`limi konstruktorlik hujjatlarini o`rganish, detal va yig`ish birligining chizmalarini bajarish, aksonometrik proyeksiyalarni o`rganish, eskiz va texnik rasmlarni bajarish, sxemalarni o`qish, texnologiya va konstruksiyalash hamda kompyuter grafikasi elementlarini ko`rib chiqishni nazarda tutadi. «Arxitektura-qurilish chizmachiligi» bo`limida o`rganiladigan materiallarga arxitektura va o`zbek milliy amaliy san’ati buyumlarida uchraydigan geometrik yasashlarni bajarish, arxitektura qurilish chizmalarini bajarish, arxitekturaviy kompozitsiya chizmalarini bajarish, arxitektura grafikasi va soyalar nazariyasi elementlarini o`rganish, amaliy va grafik ishlarni bajarishlarni kiritish mumkin. «Texnik rasm» bo`limida qalamda ishlash texnikasi, aksonometrik proyeksiya va perspektiva nazariyalarini chuqurlashtirib o`rganish, turli buyumlar shakllarini hisobga olgan holda texnik rasmlarini bajarish, buyumlarning shakliga ko`ra hajmini tasvirda ko`rsatish, obyekt texnik rasmini konstruksiyalash elementlari bilan bajarish hamda kinematik sxemalar rasmlarini yasashlarni o`rganish mumkin. Chizmachilik chuqur o`rganiladigan sinflardagi ta’lim jarayoni va mazmuni bo`yicha keltirilgan yuqoridagi metodik tavsiyalar maslahat xarakterida bo`lib, fan o`qituvchisi unga mahalliy sharoitlar va xususiyatlarni hisobga olib qo`shimcha va o`zgarishlar kiritishi ham mumkin. Keltirilgan har bir bo`limning mavzularini o`rganishning o`ziga xos tashkiliy-metodik talablarini shu dasturlaridan olib mahalliy sharoitga moslashtirish mumkin. Fakultativ mashg`ulotlar va ularni o`tkazish metodikasi. Fakultativ mashg`ulotlar o`quv tarbiya jarayonining bir shakli bo`lib, ular maktabda umumta’lim bilimlarini chuqurlashtirishga, o`quvchilarning politexnik tayyorgariiklarini oshirishga xizmat qiladi. Kollejlarda o`rganiladigan chizmachilik kursi o`quvchilarda grafik faoliyatning eng zarur minimum bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga mo`ljallangan.
Chizmachilik o`rganishga qiziquvchi o`quvchilarning grafik bilim, ko`nikma va malakalarini yanada chuqurlashtirish uchun maktablarda fakultativ mashg`ulotlarni tashkil qilish rejalashtirilgan. Chizmachilikdan fakultativ mashg`ulotlar sifatida quyidagi bo`limlarni o`rganish mumkin:
1) chizma geometriya elementlari;
2) mashinasozlik chizmachiligi;
3) qurilish va topografik chizmachilik.


Fakultativ kurs yuqoridagi bo`limlarining har bin 70 soatga (haftasiga 2 soatdan) mo`ljallangan. Mashg`ulotlarni o`quvchilarning faolligini oshiradigan turli xil metodlardan foydalanib tashkil qilish zarur. Fakultativ mashg`ulotlar uchun guruhlarga qatnash istagini bildirgan o`quvchilar ixtiyoriy ravishda tanlanib olinadi. «Chizma geometriya elementlari» fakultativ kursini o`qitish metodikasi. Kollejlarining chizmachilik fani dasturida to`g`ri burchakli proyeksiyalar va aksonometrik proyeksiyalar to`g`risida eng asosiy boshlang`ich ma’lumotlargina keltirilgan. Ushbu fakultativ kurs ularni kengaytirib, chuqur o`rganishga mo`ljallangan. Fakultativ kursda qo`shimcha pozitsion va metrik masalalarni yechish orqali o`quvchilami chizmani qayta tuzish usullaridan foydalanib, geometrik jismlar bilan bog`liq tasvirlarni bajarishga o`rgatiladi. Maktabda chizma geometriya elementlarini o`rganish o`quvchilarning fazoviy tasavvurlari, kuzatuvchanligi va mantiqiy fikrlashlarining 0`sishiga yordamlashadi, bundan tashqari katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Chizma geometriya elementlari fakultativ kursida «Kirish», «Metrik masalalar» va «Pozitsion masalalar» bo`limlari o`rganiladi. «Mashinasozlik chizmachiligi» fakultativ kursini o`qitish metodikasi. Bu fakultativ kurs yordamida o`quvchilarga ko`pchilik ishlab chiqarish kasblari uchun zarur bo`lgan qo`shimcha texnik va grafik bilimlarni o`rgatish ko`zda tutilgan. «Mashinasozlik chizmachiligi» fakultativ kursi o`quvchilarning politexnik bilimlari va ilmiy dunyo qarashlarini kengaytiradi. Bu kursda yangi mavzular yetarlicha ko`p bo`lsa ham, ularning ayrimlari o`quvchilarga ma`lum darajada avvaldan tanish. Shuning uchun ham o`qituvchi dastur materialini hamisha yangi materiallar bilan to`ldirib borishga harakat qilishi kerak. Fakultativ kurslarni o`rganishda kasb-hunar kollejlarining o`quv qo`llanmalari va topshiriqlar to`plamlaridan foydalanish mumkin. «Qurilish va topografik chizmachilik» fakultativ kursini o`qitish metodikasi. Bu kurs arxitektor, quruvchi va topograf kasblariga qiziquvchi hamda chizmachilikning ushbu bo`limlarini chuqur o`rganishga harakat qiladigan o`quvchilarga mo`ljallangan. Mashg`ulotlarda qurilish chizmalarining mashinasozlik chizmalaridan farqlari o`rganilib, o`quvchilarning qurilish chizmalari bo`yicha bilimlari umumlashtiriladi. Chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlar. O`qituvchining kollejdagi ishi faqat dars o`tish bilan chegaralanib qolmasligi kerak. O`quv jarayonining asosiy shakli bo`lgan eng mukammal dars ham, sinfdan tashqari ishlar bilan to`ldirilishi kerak. O‘qituvchi agar dars bilan chegaralanib qolsa, fan bo`yicha o`quvchilar bilishi zarur bo`lgan hamma materiallarni o`rgatishga ulgurmaydi. Ayniqsa, chizmachilikning barcha mavzulariga o`quv dasturida juda kam vaqt ajratilgani vaqt tanqisligini yanada keskinlashtiriladi. Sinfdan tashqari mashg`lotlar o`quvchi shaxsining va imkoniyatlarining to`laroq ochilishiga imkoniyat yaratadi.
Chizmachilik bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning hamma shakllari ixtiyoriylik prinsiplari asosida tashkil qilinishi kerak. Sinfdan tashqari tadbirlar paytida o`quvchilarda mehnat ko`nikmalari va nazariy bilimlarining shakllantirishga harakat qilish kerak. Bunda o`quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim saviyalarini e’tiborga olgan holda mashg`ulot mavzusi va mazmuni tanlaniladi. Chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari. Buning asosiy shakllari sifatida o`quvchilar bilimlarini chuqurlashtirilishga mo`ljallangan to`garak va fakultativ mashg`ulotlar, olimpiadalar, chizmachilikdan qiziqarli o`yin va tanlovlar, dasturning ayrim mavzulariga bag`ishlangan ekskursiyalar, devoriy gazeta va byulletenlar chiqarish, korxona va konstruktorlik byurolari xodimiarini taklif qilib ma’ruza va suhbatlar o`tkazish, chizmachilik yoki boshqa fanlardan ham ko`rgazmali qurollar tayyorlash kabilarni ko`rsatish mumkin. Agar yuqorida aytilgan sinfdan tashqari ishlar qisman bo`lsada amalga oshirilsa, ishonch bilan aytish mumkinki o`qituvchi faoliyati o`quvchilar jamoasining shakllanishi ularning fanga bo`lgan qiziqishlarini ortishi va natijada o`quvchilar gratik tayyorgarligi sifati yaxshilanishiga olib keladi. Ayrim o`qituvchilar chizmachilikdan sinfdan tashqari ish deb faqat past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashni tushunadilar. Bu xato tushunchadir. O`quv dasturidagi asosiy mavzular mazmunini sinfdan tashqari ishlarga o`tkazish mumkin emas. Chunki, bu holda dars ahamiyati pasayib. ayrim o`quvchilarning darsga mas'uliyatsiz yondashuvi rag`batlantirilganga o`xshab qoladi. Shuning uchun fanga qiziqishi bo`lmagan va darsda faol qatnashmaydigan o`quvchilarni to`garak ishiga jalb qilish ham maqsadga muvofiq emas. Bunday o`quvchilarga faqat zarur hollarda dars paytida individual yordam ko`rsatish zarur. Individual mashg`ulotlar o`qituvchi uchun ham foydali bo`lib, u o`quvchining o`zlashtirmaslik sabablarini aniqlashga yordamlashadi. Chizmachilik to`garagi mashg`ulotlar mavzusi. qatnashchilarni tanlab olish va to`garak faoliyatini har tomonlama o`ylab rejalashtirishi kerak. Bunda to`garakda qanday masalalar yechilishi va qancha o`quvchi qatnashishi imkoniyati borligi aniqlanadi. Umumta`lim maktablarida chizmachilikdan bitta to`garak tashkil qilib, unga quyi va yuqori sinf o`quvchilarini birgalikda jalb qilish kerak. Guruhlarda to`garak mashg`ulotlarini haftasiga bir marta ikki soatdan ortiq bo`lmagan vaqt mobaynida o`ktkazish kerak.
Chizmachilik to`garagining yillik ish rejasining namunaviy shakli quyidagicha bo`lishi mumkin. Mashg`ulotlarning xilma-xil bo`lishi o`quvchilar qiziqishini orttiradi. Sxema, plan, grafik, texnik rasm, shrift kabilarni bajarish bo`yicha o`quvchilarning amaliy ko`nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qilish kerak. To`garak mashg`ulotlarida haddan tashqari qiyin topshiriqiarni berish, o`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini pasaytiradi. Psixolog N.D.Dobrinin bu haqda «juda oson narsa, qiziqarli emas, haddan ortiq qiyin ham qiziqarli emas, lekin qiyin bo`la turib bajarish mumkin bo`lgani qiyinchilikni yengish imkoniyati borligi sababli zavqlidir» deb yozgan. Chizmachilik bo`yicha qiziqarli misol va
topshiriqlar V.A.Rassoxinning «Занимательные задачи no проекционному черчению», I.Volkovning «Занимательное черчение», A.Pugachevning «200 головоломок по черчению». I.Rahmonovning «Chizmachilikdan didaktik 0‘yinlar» kitoblarida berilgan. To`garak mashg`ulotlarida darslar uchun topshiriq namunalarini tuzish, ko`rgazmali qurollar tayyorlash, maktab xonalari va maydoni interyerini jihozlash, turli stendlar tayyorlashni ham bajarish mumkin. Modellashtirish va konstruksiyalashtirish bo`yicha topshiriqlar ham 0`quvchilar uchun qiziqarli hisoblanadi. Tematik kechalar. kollejda doimiy faoliyat ko`rsatadigan chizmachilik to`garagi bo`lsa, sinfdan tashqari hamma ishlarni jonli va qiziqarli qilib o`tkazish mumkin. Bu kechalarda uning tashkilotchilari to`garak faollaridan tashqari boshqa o`quvchilar ham ishtirok qilishlari mumkin. Masalan, to`garak qatnashchilarining kuchi bilan o`quv yili davomida bir nechta tematik kechalar tayyorlab o`tkazish mumkin. Bu kechalarda fanga qiziquvchi boshqa o`quvchilarni ko`plab jalb qilish bilan ommaviylikni ta`minlash mumkin. Tematik kechalarda « O`zbekistonda grafikaning rivojlanish tarixi». «Grafikaning turmushda va mehnat faoliyatida ishlatish sohalari» kabi mavzular o`quvchilar uchun qiziqarli bo`ladi. Kechaga bag`ishlab chizmachilik to`garagt faoliyati bo`yicha stend chiqarish mumkin. Ayniqsa kechalarga kashfiyotchi yoki ratsionalizator ishchilar, injener-texnik xodimlar taklif qilinsa yanada yaxshi bo`ladi. Ekskursiya (sayohat)lar. O`quvchilarni politexnik tayyorlashda chizmachilik bo`yicha sayohatlarning ahamiyati katta. Sayohat vaqtida o`quvchi nazariya va amaliyot o`rtasida bog`lanishlarni amalda ko`radi. Bunday sayohatlarni chizmachilikning ma`lum bo`limlari yoki mavzularini o`rganishdan keyin doimiy ravishda o`tkazib borish kerak. Bundan tashqari obzor (umumlashtiruvchi) sayohatni uyushtirish ham mumkin. Sayohatlar tashkilotchisi sifatida chizmachilik to`garagi a’zolari qatnashishi ham mumkin. Buning uchun ular avval o`qituvchi rahbarligida sayohat rejalashtirilgan joy bilan tanishib, o`rganadilar va sayohat rejasini tuzadilar. Sayohatlarni oliy o`quv yurtlari. loyihalash institutlari va texnik byurolarda o`tkazish maqsadga muvofiq. Olimpiada. O`quvchilarni chizmachilikdan fan olimpiadalariga jalb qilish o`zining samarali ekanligini amalda ko`rsatgan. Olimpiadaga qatnashish o`quvchilar 0`rtasida musobaqa kayfiyatini uyg`otib, ularni fanga bo`lgan qiziqishini oshiradi. Olimpiada masalalari maktab turi uchun fan o`qituvchisi tomonidan o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bunda oldingi yillarda turnan va viloyat turlari masalalaridan ham foydalanish tavsiya qilinadi. Masalalarni tuzishda bitta topshiriq konstruksiyalash yoki loyihalash xarakterida bo`lib unga ko`proq ball ajratilishi va g`olib o`quvchining shu topshiriqni bajarishiga alohida e’tibor qilish tavsiya etiladí. Masalalarning ko`pchiligi o`quvchilar yechishi (bajarishi) mumkin darajada bo`lishi maqsadga muvofiq. Buning bilan olimpiada qatnashchilaming hammasi ma’lum ballar to`plashi mumkin bo`ladi. Aks holda o`quvchilarda o`z kuchiga ishonchsizlik hissi paydo bo`lib, fanga bolgan qiziqishlari pasayishi mumkin. Qiziqarli o`yinlar. Har xil to`garak mashg`ulotlari bilan bir qatorda chizmachilikdan qiziqarli o`yinlarni o`tkazib borish ham o`quvchilarda fanga qiziqishlarini orttiradi. Qiziqarli o`yinlarni tashkil qilishda I.Rahmonovning «Chizmachilikdan didaktik o`yinlar» kitobidan foydalanish mumkin. Undagi turli xil o`yinlar o`quvchilar uchun qiziqarli tuzilgan. Sinfdan tashqari mashg`ulotlar paytida o`quvchilar har xil rebuslar, topshiriqlardan iborat stend tayyorlashlari ham mumkin.



Yüklə 227,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin