2.3 Kasb-hunar kollejlarida qurulish chizmachiligida fasad plan va qirqim bajarish mavzusida bir soatlik dars ishlanma. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI Sinf: 1-kurs Fan: Qurulish chizmachiligi
Mavzu: Qurulish chizmachiligida fasad, plan, qirqim bajarish qoidalari Darsning maqsad va vazifalari: Ta’limiy: O`quvchilarga binonig fasadi, plani va qirqimlarini bajarish qoidalarini o`rgatish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tartib intizomga doimo rioya etishga, yangi bilimlar egallashga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: Binoning qurulish chizmachiligida fasadni, binonig planini va qirqimlarini to`g`ri tasvirlashni bajara olish.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari: Dars metodi: amaliy mashg`ulot, kichik guruhlar bilan ishlash
Dars turi: yangi bilim beruvchi, yangi bilimlarni o`zlashtirish
Dars jihozi: mavzuga oid ko`rgazmali qurollar
Kutilayotgan natija: Yangi bilimlarni egallaydi. Binoning chizmalarni chizishda fasad, plan va qirqimlardan to`g`risida ma’lumotlardan amalda foydalana oladi.