I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari


O‘ZBEKISTONDA NEFT-GAZ SANOATI RIVOJLANISHI TARIXI



Yüklə 88,13 Kb.
səhifə5/12
tarix25.11.2023
ölçüsü88,13 Kb.
#134196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekis

1.2.O‘ZBEKISTONDA NEFT-GAZ SANOATI RIVOJLANISHI TARIXI
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining kitobida ta’kidlab o'tganidek, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendelev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning umumiy mineral-xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil etadi. G'oyat muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. Hisob-kitobdan ma'lumki, gaz zaxiralari 2 trillion kubonietrga yaqin, ko‘mir 2 milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.
O'zbekiston neftining sanoat asosida ishlanishi XIX asrning oxirlari 1885-yildan boshlangan. Dastlab Farg‘ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i atrofidagi ikki quduqdan neft olingan. 1900-yili ushbu tumanda geologiya-qidiruv ishlari faol olib borilib, 1904-yili neft favvorasini olishga erishilgan.
1906-yili Farg‘ona viloyatida davriy ishlaydigan ikki kubli uskunadan iborat bo‘lgan neftni haydash korxonasi qurilgan. Neftning sifati termometr va areometrlar yordamida aniqlangan. Asosiy mahsulot kerosin va mazut hisoblangan. Olingan kerosin aravalar, tuyalarda Andijon, Toshkent, Qo‘qon shaharlaridagi paxta tozalash zavodlari, yog‘ chiqarish korxonalariga va maishiy maqsadlarda foydalanish ucliun jo ‘natilgan. Mazut ternir yo‘l yoqilg‘isi sifatida qo`llanila boshlangan.

1-Rasm. Neft-gazli mintaqalar


Benzin esa dastlab korxonaning tashqarisidagi o‘ralarda yoqilgan. 1915-1916-yillarda O‘rta Osiyoda ichki yonish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar paydo bo‘la boshlagandan keyingina benzinga ehtiyoj paydo bo'lgan. 1907-yili akauka Nobellar neftni haydash korxonasini sotib olishadi va uni qayta jihozlashadi. Shu yili Chimyondan neftni haydash korxonasiga qadar neft quvuri o‘tkaziladi.


1940-yili ushbu korxonaning laboratoriyasi mavjud bo‘lib, texnologik jarayon esa yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Qashqadaryo viloyatida 1972-yili Muborak va 1980-yili esa Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Mamlakatimizda 125 yil oldin neft sanoatiga asos solingan bo‘lsada, faqat 1953-yilga kelib, Qizilqum sahrosida Setalontepa gaz zaxirasining ochilishi natijasida O‘zbekiston neft va gaz sanoatiga asos solindi.
1962-yilga kelib, sobiq Ittifoq hududidagi Ural va Yevropa sanoat korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida «Buxoro-Ural» va «O‘rta Osiyo-Markaz» transkontinental gaz quvurlari yotqizilgan.
Sobiq Ittifoq paytida O‘zbekiston o'zini neft mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo`lmagan. Masalan, XX asrning 80- yillarida respublikamizga bar yili chetdan 6 million tonnagacha neft mahsulotlari tashib kelinardi. Lekin ayni o‘sha vaqtda respublikamizdan tashqariga 7-8 milliard kubometr gaz chiqib ketgan. Mustaqilligimizning birinchi yilidanoq Prezidentimiz Islom Karimovning ko‘rsatmalari bilan neft va gaz sanoati respublikadagi yetakchi sanoatlardan biri sifatida qabul qilindi. 1992-yilning dekabrida neft va gazni qayta ishlash va shunga aloqador sohalar isloh qilinib, yagona ishlab chiqarish majmuyiga birlashtirildi. Ya’ni xomashyoni qazib olinishdan tortib, tayyor mahsulot holiga keltirilguncha bo‘lgan jarayon bitta zanjirga - «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga biriktirildi. «O‘zbekneftgaz» taslikiloti o‘z sohasida katta iqtisodiy islohatlar o‘tkazdi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1995-yili 7,6 million tonna neft va gaz kondensati qazib olinib, mamlakatimiz amaliy ravishda neft mustaqilligiga erishdi. Mutaxassislar respublikamizning noyob va qudratli yonilgi resursi-neft zaxiralarining aniq iqtisodiy hisob-kitoblarini chiqarishdi:
- respublika hududining salkam 60 foizi mavjud neft konlarini qazib olisli uchun istiqbolli hududlar sanaladi;
- neft resurslari umumiy imkoniyati 4 milliard tonnadan ortiq;
- neft resurslari qiymati (gaz resurslari bilan birga) 1 trillion AQSh dollaridan ziyod;
- neftning 90-91 foizi jahon bozorida eng arzon uslub;
- favvora usulida qazib chiqariladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i ildam rivojlandi.
1997-yilning avgust oyida yiliga 2,5 million tonna uglevodorodli xomashyoni qayta ishlashga mo`ljallangan va zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi. Bu yerda xalqaro me’yoriy talablarga to‘la javob beraoladigan turli neft mahsulotlari (avtobenzin, aviatsiya kerosini, dizel yoqilgisi, mazut va suyultirilgan gaz) ishiab chiqarilmoqda. Ishiab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining sifatini xalqaro talablar asosida ta’minlab turish va mintaqadagi ekologik sharoitni yaxshilash maqsadida, 2000-yili Farg'ona neftni qayta ishlash korxonasi qaytadan jihozlandi. Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2001-yili eng ilg‘or uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan Sho‘rtan gaz kimyosi majmuasi ishga tushirildi. Ushbu eng yirik korxonani XXI asrning boshlanishida isliga tushirilishi bilan O‘zbekistonda zamonaviy tarmoq - gaz kimyosi sanoati yaratildi. Sho‘rton gaz kimyosi majmuasida yiliga 4 milliard kubometr tabiiy gaz qayta ishlanib, undan 125 ming tonnadan ziyod polietilen granulalari hamda suyultirilgan gaz. gaz kondensati, donador oltingugurt kabi mahsulotlar olinnioqda. Mamlakatimizda gaz kimyosi tarmogMning yaratilishi, birinchidan, tabiiy gazni chuqurroq qayta ishlashga turtki bergan bo`lsa, ikkinchidan, tutash tarmoqlarning paydo bo`lishiga sababchi bo`lmoqda. Masalan, yuqori, o‘rta va past bosim bilan ishiab chiqarilgan polietilen asosida ko‘plab turli buyumlar (plyonkalar, katta o`lchamli buyumlarning quymalari, turli diametrga ega bo`lgan polietilen quvurlari, quvurlarni birlashtiruvchi detallar va hokazo) ni ishiab chiqarish imkoniyati yaratildi.
Neft-gaz sohasi bo‘yicha bir necha yirik loyihalami amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 2009-yil 14-iyunda « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan chet elning «Petronas» va «Sasol» (Janubiy Afrika Respublikasi) kompaniyalari o’rtasida O'zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. «Petronas» sarmoyasi va «Sasol» texnologiyalari asosida ish yuritadigan yangi qo‘shma korxona mamlakatimizda qazib olinadigan tabiiy gazdan yiliga 1,3 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilgi - dizel yoqilgisi, kerosin, nafta, suyultirilgan neft gazi kabi mahsulotlar ishiab chiqaradi.
Yangi korxonaning mahsulotlari ichki bozorni to`ldirish bilan birga, eksportga ham chiqariladi. Ustyurtda esa yangi gaz kimyosi majmuasi qurilib, unda 4,5 milliard kubometr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida mamlakatimiz va chet el iste’molchilari uchun 500 ming tonnagacha polietilen va propilen ishiab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, 2009-2014-yillarda neft-gaz sanoati bo‘yicha umumiy hajmi 21,5 milliard AQSh dollariga teng bo`lgan 52 ta investitsion loyihani amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.
2009-yili tabiiy gazni qazib olish va uni quvur orqali uzatishga oid umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo`lgan 5 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Jumladan, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» gaz quvuri va «O‘zbekiston-Xitoy» gaz quvurining birinchi tarmog‘i ishga tushirildi. 2014-yilgacha Surgil koni asosida Ustyurt gaz-kimyosi majmuasi va Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg'i (GTL) ishlab chiqarish korxonasini qurib bitkazishdan tashqari, Sho'rtan gazkimyosi majmuasida va Muborak gazni qayta ishlash korxonasida polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan. Bulardan tashqari, yangi konlarni o'zlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash korxonasida propan-butan aralashmasi qurilmasini ishga tushirish va boshqa bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi innovatsion loyihalarni chet elning Gazprom, Lukoyl (Rossiya), CNPC International (Xitoy), Korea National Oil Corporation (Koreya), Petronas (Malayziya), Sasol (Janubiy Afrika Respublikasi) va boshqa kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda amaliyotga joriy etmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda neft-gaz sanoatining yuqori sur’atlar bilan rivoj lanishi ta’sirida ilm-fan yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish, tarmoqning dolzarb ilmiy-texnik muammolari ustida tadqiqot ishlarini olib borish hamda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar bilan jiddiy shug‘ullanish uchun katta ehtiyoj paydo bo'ldi.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, 2009-yilning 7-8-oktabrida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining Qorovulbozor shahridagi madaniyat saroyida «O‘zbekiston neft va gazini qayta ishlashning dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o'tkazildi.
Ushbu anjuman qarorida neft-gaz sanoatining rivojlanishi uchun quyidagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarni hal etish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan: -uglevodorodli xomashyolarni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish va bu jarayonga ikkilamchi qo‘shimcha mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini jalb etish;
- O'zbekistonda gaz turbinali dvigatellar uchun yuqori sifatli yoqilg'ilarning ishlab chiqarishning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirish;
- tabiiy gaz va nelt mahsulotlarini chuqur tozalash va quritish maqsadida, mahalliy minerai xomashyolar asosida oldindan berilgan xossalarga ega bo`lgan nanog‘ovakli adsorbentlarni olish texnologiyasini yaratish;
- neft-gaz kondensati xomashyosini birlamchi haydashda suv bug‘i o‘rniga uglevodorod bug'laridan foydalanishning yuqori samarali va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish; - tarkibida metallami ushlagan yonuvchi slanesiarni kimyoviy yo‘l bilan kompleks qayta ishlashning samarali usullarini yaratish;
-uglevodorodli xomashyolarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan bug‘-havo aralashmalari tarkibidan yengil uchuvchan uglevodorodlami ajratib olish uchun yuqori samarali jarayonlar va uskunalar ishlab chiqish;
- mahalliy xomashyolar asosida erituvchilar, deemulgatorlar, katalizatorlar, sorbentlar, stabilizatorlar, qo‘ndirmalar, yemirilish ingihitorlari va boshqa kimyoviy reagentlarni ishlab chiqarishni tashkil ctish.
Mamlakatimizning mustaqillik yillarida fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik aloqalari yuqori darajaga ko'tarilib, o‘z samarasini bermoqda. Masalan, Umumiy va noorganik kimyo institutining yetakchi olimlari va Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining mutaxassislari tomonidan o‘zaro hamkorlikda, MDH ichida birinchi bo'lib, mahalliy neft va gaz kondensatlari asosida, gaz turhinali dvigatcllar uchun yuqori sifatli Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'isini ishlub chiqarish texnologiyasi yaratildi, sinab ko'rildi, tasdiqlandi va amaliyotga joriy ctildi. 2009-yil avgust oyida Davlat komissiyasi tomonidan Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'isini Buxoroda ishlab chiqarishga va undan «Boing», «Aerobus» va RG rusumidagi g'arb samolyotlarini yoqilg'i bilan ta’minlashga ruxsat herildi.
Ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan yangi mahsulotning sifat ko'rsatgichlari Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'ilarga qo'yiladigan barcha xalqaro talablar (Def Stan 91-91 dasturi bo'yicha, Buyuk Britaniya) ga to'la uyg'unlashgan. 2009-yil avgust - 2010- sentabr davomida umumiy qiymati 49 milliard so'mga teng bo'lgan 109,3 ming tonna Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'isi ishlab chiqarilib, «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aksiyadorlik kompaniyasi iste’molchilariga yetkazib berildi. Vatanimizning birinchi prezidenti Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq neft-gaz sanoatini rivojlantirishning uch strategik yo'nalishini aniq-ravshan aniqlab bergan edilar.
Birinchisi, mamlakatni o'zimizda qazib olinayotgan xomashyo bilan ta’minlash, ya’ni neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish.
Ikkinchisi, sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, neft va gazni mukmmal qayta ishlashdir. Aytish mumkinki, bugungi kunda bu vazifalarnjng yechimi ro‘yobga chiqib, samaralarini bermoqda. Navbatdagi vazifa esa neft va gaz sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash, yangi neft va gaz konlarini ochishdir.
Hozirgi kunda respublikamizda yiliga 58-59 milliard kubometrdan ziyod tabiiy gaz va 7,3-7,5 million tonna atrofida suyuq uglevodorodlar qazib olinmoqda. O‘zbekistonda neft-gaz sanoati rivojlanishining zamonaviy bosqichida xomashyoni nafaqat eksportga chiqarish bilan chegaralanib qolmasdan, neft va gazni rnamlakatimiz ichida chuqur qayta ishlashga, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni, ayniqsa, chetdan keltiriladigan va respublikamiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, maqsadga muvofiq hisoblanadi.



    1. Yüklə 88,13 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin