I bob."Zafarnoma" asarining yaratilish tarixi va voqealar rivoji



Yüklə 103,46 Kb.
tarix13.03.2023
ölçüsü103,46 Kb.
#124023
I bob. Zafarnoma asarining yaratilish tarixi va voqealar rivoji

MUNDARIJA:


KIRISH………………………………………………..3-5
I Bob.”Zafarnoma” asarining yaratilish tarixi va voqealar rivoji.
1.1 “Zafarnoma” asarida Amir Temur shaxsiyatiga tavsiflar…………6-13
1.2 Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi………………………..14-22
II Bob.Amir Temur yurishlari “Zafarnoma” asarida bayon etilishi.
1.1Sohibqiron Temurning davlatni boshqarish tartiblari va tuzumlari…………………………………………………………….23-31
1.2Amir Temur davlatining siyosiy jihatdan parokanda bo’lish sabablari va oqibatlari………………………………………………………….32-40
XULOSA……………………………………………………………..41-43
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………44-45
KIRISH
MAVZUNING DOLZARBLIGI.Hozirgi ilm-fan taraqqiy etgan rivojlanishlar jadallashayotgan davrda har bir xalq o’z davlati va xalqi tarixi , uzoq o’tmish tarixi va madaniyatini har tomonlama chuqur o’rgangan holda uzoq o’tmish saboqlaridan xulosa qilib yurt ravnaqi va istiqboliga o’z hissasini qo’shmog’i lozim . Biz ham yurtimiz O’zbekistonni shuningdek Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishga ahamiyat qaratishimiz kerak. Bunda bizga turli davrlarda turli mualliflar tomonidan yozilgan turli yozma va ashyoviy manbalar yordam beradi . Xususan bunday muhim manbalardan biri Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma “ asari davlatchiligimiz tarixida muhim o’rin egallagan Amir Temur va Temuriylar davlati tarixi haqida batafsil ma’lumot beruvchi muhim manba sanaladi. Ushbu asarning ahamiyatli tomoni shundaki, asar muallifi Amir Temur saroy tarixchisi bo’lgan Sharafiddin Ali Yazdiy o’zi ko’rgan va o’zi guvoh bo’lgan voqealar haqida ma’lumot beradi.Bu o’z navbatida asarning ishonchliyliginini oshiradi.Muallif o’z davri voqealarini shohidi bo’lgan holda bayon etadi. Sharofiddin Ali Yazdiyning Amir Temur hukumronligi davriga oid Zafarnoma‖ asari O’rta asrlar tarixnavisligining ajoyib yodgorliklaridan biridir. Mavaraunnaxrda kechayotgan tarixiy jarayonning ana shu davrda XVI asrning 2-yarmida Amir Temur tarix saxnasiga ko’tarildi. Uning faoliyati qilgan yurishlari haqida batafsil bayon etilgan.Sharofiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖ asari badiy uslubiy jihatdan malumotlarga juda boy. Temurning mahoratli sarkarda ekanligini Shu asarda yaqqol ko’rishimiz mumkin.Yana bu asarning qimmati shuki unda Temur qilgan har bir shahar davlatning iqtisodiy madaniy va ijtimoiy hayoti to’la yoritib beriladi.Amir Temur mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy hayotni izga soldi va ayniqsa Samarqand shahrini dunyodagi eng obod poytahtga aylantirash maqsadida butun dunyodan qo’li gul mohir ustalarni keltirib uni obodonchiligiga katta etibor qaratdi. Bu asarda Amir Temurning boshqa bunyodkorlik ishlarini ham ko’rishimiz mumkin.Sharofiddin Ali Yazdiyning bu asari aslida 3 qsimdan iborat bo’lishi kerak edi.Muarrihning vafoti tufayli uning bizga amir Temur faoliyatiga bag’ishlangan 1-asosiy qismi yetib kelgan.Mavzuni dolzarbligi: XVI asrning mashhur asrlaridan biri bo’lgan, o’z davri haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi va buyuk sarkarda Amir Temur faoliyati va uning butun hayoti haqida batafsil haqida ma’lumot beruvchi ―Zafarnoma ― nafaqat o’tmish balki bugunki kun va kelajak uchun ham muhim manba . Zafarnoma‖ asarining dolzarbligi shundaki bu asar orqali biz Temur yashagan muhit xalqning ahvoli haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Mavzuni o’rganilish darajasi:Zafarnoma‖ asari ustida ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Horijiy mamlakat kutubhonalarida O’zbekiston FA si, Shaqsunoslik institutida uning 24 nusxasi bo’lib ularning ikkitasiga XV-XVII asrlarida rasmlar ishlangan. Asar 1838 4yil Mayls tomonidan ingliz tiliga,1845-48 yillarda Bombeyda hind tiliga tarjima qilingan.Mavzuni o’rganishdan maqsad: ―Zafarnoma‖ asrini bugungi kunda ham ko’pgina olimlar tomonidan o’rganib kelinmoqda.Amir Temur shaxsi haqida muhim bo’lgan va Amir Temurning hali ochilmagan qirralarini bilib olish mumkin.Ishning hajmi: Mundarija, Asosiy qism-3 reja, xulosa , foydalanilgan adabiyotlardan iborat"Zafarnoma", Fathnomayi Temuriy, Tarixi Jahongushoyi Temuriy — Amir Temur davlati tarixiga bagʻishlab yozilgan asar. Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Ibrohim Sulton farmoniga koʻra, 1419— 25-yillarda Sherozda fors tilida yozilgan."Zafarnoma" aslida "Fathnoma" yoki "Fathnomayi Temuriy" yoki "Tarixi Jahongushoyi Temuriy" deb nomlangan boʻlsada, Nizomiddin Shomiynint "Zafarnoma"siga mazmunan yaqinligi tufayli keyinchalik "3." nomi bilan shuhrat topgan. Asar 2 qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda soʻzlovchi "Muqaddima" va Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qism "Zafarnoma"ga boʻlinadi.Muallifning taʼkidlashicha, Ibrohim Sulton oʻz bobosi Amir Temur haqida maxsus kitob yozilishini niyat qilgan va 1419—20-yillarda oʻz vaqtida kotiblar, baxshi, munshiylar tomonidan Temur haqida ham turkiy, ham forsiy tillarda yozib qoldirilgan mavjud maʼlumotlarni yigʻib keltirish haqida farmon chiqargan. Bu ish amalga oshgach, mazkur maʼlumot — hujjatlarni oʻrganishga kirishilg an. "Zafarnoma"ning soʻz boshida qayd etilishicha, Amir Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon qilingan hikoyalarning hamma sheʼriy va nasriy nusxalari toʻplangach, maʼlumotlar bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan. Turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan shohidlar esa bir guruhni tashkil qilgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya oʻqilgan, agar uning mazmuni voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan shohidning talqiniga toʻgʻri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni tiklash uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning yana boshqa zamondoshlaridan surishTirgan yoki qoʻshimcha maʼlumotlar toʻplagan. Shu qoʻshimcha hikoyatlarni ham tinglagach, Ibrohim Sulton aytib turgan va kotiblar yozib borgan. Shu tarzda asarning dastlabki xomaki nusxasi tayyorlangan. Sharafiddin Ali Yazdiy ana shu xomaki nusxa asosida "Zafarnoma" asarini yozgan. Ibrohim Sultonning qatʼiy buyrugʻiga binoan kitob-ni yozish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasida masofa oʻlchovlari haqidagi barcha maʼlumotlar juda sinchiklab tekshirilgan. Sharafiddin Ali Yazdiydan esa asarni jonli til bilan tushunarli qilib yozish talab etilgan va shuningdek, u hujjatlarga qatiy rioya qilishi, Ibrohim Sultonning bevosita shaxsiy nazorati ostida tuzilgan dastlabki xomaki yozuvdan aslo chetga chiqmasligi hamda hech narsani boʻyab koʻrsatmasligi shart qilib qoʻyilgan. Asar tiluslub jihatdan fors tilining oʻsha 15-asr adabiy uslubini mukammal bilgan savodxon uchun moʻljallangan. Asarning muqaddima qismini Sharafiddin Ali Yazdiyning oʻzi "Tarixi Jahongir" deb nomlagan, lekin "Muqaddima" deb mashhur boʻlib, ”Zafarnoma" ning ajralmas qismi hisoblangan. Shu bilan birga, hajmi katta boʻlganligi tufayli boʻlsa kerak, qoʻlyozma nusxalarda alohida mustaqil asar sifatida ham tarqalgan. U soʻz boshi, ikki fasl va xotimadan iborat. "Muqaddima"dan koʻzda tutilgan maqsad Temur shajarasini bayon etish va uning oʻzidan oldin oʻtgan hukmdorlardan davlat arbobi va lashkarboshi sifatidagi ustunligini isbotlab berishdan iboratdir."Zafarnoma" asarining asosiy qismi esa, muallifning dastlabki rejasiga koʻra, uchta maqoladan iborat boʻlmogʻi lozim edi. Birinchi maqola Temurga, ikkinchisi uning oʻgʻli Shoxruxga va uchinchisi Shohruxning oʻgʻli Ibrohim Sultonga bagʻishlanishi koʻzda tutilgan edi. Biroq "Zafarnoma"ning hozirgi fanda maʼlum boʻlgan qoʻlyozma nusxalarida keyingi ikki maqola yoʻq, ular yoki yozilmagan, yoki bizgacha yetib kelmagan.15— 16-asrlarda "Zafarnoma" qahramonlik qissasi janrida ikki marta sheʼriy yoʻl b-n: oʻzbek tilida shoir Lutfiy va fors tilida Hotifiy tomonidan kuylangan. 16-asr boshlarida shayboniylardan Koʻchkunchixonning topshirigʻiga muvofiq, Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan "Zafarnoma" oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima 1997-yil Toshkentda izoxdar va koʻrsatkichlar ilova qilingan holda chop etilgan. Adabiyotlarda Hofiz Muhammad ibn Axmad alAjamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida maʼlumot bor. Bulardan tashqari "Zafarnoma" 1822—23-yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qoʻshmuhammad Soʻfi alXivaqiy tomonidan oʻzbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham maʼlum. 18-asrdan boshlab "Zafarnoma"ning ayrim qismlari fransuz (Krua, 1713), ingliz (J. Darbi, 1723), ayrim voqealar rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887—88-yillarda Kalkutta, 1958-yil Tehronda chop etilgan, biroq bu nashrlarda asarning "Muqaddima" kismi hamda zaruriy koʻrsatkichlar berilmagan. 1972-yil Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanayotgan 4472raqamli qoʻlyozmaning faksimil nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashr uchun zaruriy boʻlgan bosh soʻz va turli koʻrsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalar va nashrlar orasidagi farqlari ham qayd etildi. Shoʻrolar davlatida Amir Temur shaxsiga nisbatan oʻta salbiy xulosa oʻrnashganligi sababli matbuotda temuriylar davri yozma merosini oʻrganish ishi qattiq taʼqib qilindi, baʼzi asarlar bilan birga "Zafarnoma" ham qoralandi.Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlishi sharofati bilan temuriylar tarixini haqqoniy yoritish uchun keng imkoniyatlar paydo boʻldi.1 Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirigʻi asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan fors tilida yozishga kirishilgan (1401-1402). 1404-yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va Ozarbayjonda yetti yillik yurishdan Samarqandga qaytayotgan Amir Temurga taqdim etilgan. Bundan keyingi sohibqiron vafotigacha kechgan voqealar keyinroq Hofizi Abru tomonidan yozib ilova qilingan. “Zafarnoma”ni yozishda Amir Temurning munshiy va kotiblari ham nazm, ham qayerda forsiy va turkiy tillarda yozgan maʼlumotlar, muallifning 1400-1404-yillar davomida sohibqiron yurishlarida boʻlib, oʻzi koʻrgan bilganlari, Hindiston yurishi voqealari qismining bayoni uchun Gʻiyosiddin Alining “Roʻznomai gʻazavoti Hindiston” (“Hindistonga yurish kundaligi”) asari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. “Zafarnoma” tarixiy asar sifatida XIV-XV asr boshida Amir Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni oʻz ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360-yilga qadar Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar haqida qisqa maʼlumot berilgan. Soʻngra Amir Temurning 14-asrning ikkinchi yarmi va 15-asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan. “Zafarnoma” oʻzida jamlangan tarixiy maʼlumotlarning ishonchliligi bilan XV-XVI asrlardanoq bir qancha asarlar uchun bosh manba boʻldi. “Zafarnoma”ning faqat 2 qoʻlyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qoʻlyozmaning 1425-yilda koʻchirilgan nusxasi boʻlib, u Istanbuldagi “Nuri Usmoniya” masjidi kutubxonasida saklanadi (№ 3367). Ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn Mironshohga taqsim etilgan qoʻlyozmadan 1434-yil koʻchirilgan nusxa boʻlib, u Londondagi “Britaniya muzeyi” kutubxonasida saqlanadi (№ 23980). Matnshunos chex olimi Feliks Tauer “Zafarnoma” nusxalarini Amir Temur tarixidan hikoya qiluvchi boshqa bir muhim manba — Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorixi Boysungʻuriy” (“Boysungʻurga atalgan tarixlar sarasi”) nomli asari bilan solishtirib tadqiq etish asosida uning ilmiytanqidiy matnini ikki jildda nashr etdi (Praga, 1937 va 1956-yillar). Unga Hofizi Abru yozgan “Ilova” ham kirgan. Ushbu nashr asosida “Zafarnoma” qisqartirilgan shaklda turk tiliga (Anqara, 1940-yilda); soʻz boshi, koʻrsatkichlar va ilmiy izohlar bilan oʻzbek tiliga (Toshkent, 1996-yilda, tuzuvchi — O. Boʻriyev), oʻgirilib nashr etildi.2 Boshqa asarlarga taʼsiri-Deyarli Amir Temurning deyarli barcha biograflari Shomiy ijodiga murojaat qilishgan. Hofizi Abrudan boshlab, “Majmuaʼ va Zubdat at-Tavorix” asarlarini tuzishda “Zafarnoma”ga suyangan[manba kerak]. “Zafarnoma”ni Muhammad ibn Fazlloh Musaviy “Tarixi xayrat” asarini yozishda ham istifoda etgan. Fors tarixchisi Sharofiddin Ali Yazdiy 1425-yilda yozgan Amir Temur tarjimayi holini Shomiy ijodi sharafiga “Zafarnoma” deb nomlagan.3 Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraklarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning birinchi yarmiga toʻgʻri keladi.Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft mavzeida (Tafti-Yazd deb ham atalgan), taxminan XV asrning oxirgi choragida tugʻilgan. Uning tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar oʻz asarlari va zamondoshlarining asarlarida keltirilgan dalillardan iborat. Uning otasi – Shayx Hoji oʻz davrining yirik olimlaridan sanalib, tariqat ahli – soʻfiylar bilan hamfikr boʻlgan. Manbalarda aytilishicha, Sharafiddin Ali ham yoshligida Yazd soʻfiylari bilan yaqin aloqada boʻlgan.Sharafiddin Ali Yazdiyning bundan keyingi faoliyati haqidagi maʼlumotlar, uning Sherozda Temuriylar saroyida xizmatda boʻlganligi bilan bogʻliq. Shohruxning oʻgʻli Mirzo Ibrohim Sulton 1414 yili otasi tomonidan Eronning Fors viloyatiga (markazi Sheroz) hokim qilib tayinlanadi. 1435 yilgacha Sharafiddin Ali ana shu shahzodaning saroyida xizmat qiladi.Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Sharafiddin Alidan qolgan ilmiy adabiy meros adabiyot va til uslubi, sheʼriyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalari boʻyicha yozilgan asarlardir. “Sharaf” taxallusi bilan sheʼrlar yozganligi ham maʼlum.Yazdiyning 1446 yili Hirotga kelgani, bu yerdan Samarqandga, Ulugʻbek huzuriga borganligini ham taxmin qilish mumkin boʻlsada, biroq bu uzoq vaqt davom etgan emas. Aftidan, Shohrux vafotidan (1447) keyin tez orada Sharafiddin Ali oʻz vatani Taftga qaytib keladi va bu yerda xonaqohga joylashib, umrining oxirigacha shunday yashaydi. U hijriy 858 (1454) yili vafot etadi, shu xonaqohga dafn etiladi. Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub ilmi nujum, sheʼriyat va tariqat nazariyasiga oid bir qancha asarlar borki, ularni birma-bir sanab oʻtishni lozim topdik:

1. “Hulal-i mutarraz dar muammo va lugʻaz” (“Muammo va topishmoqlar borasida bezakli joma”).

2. “Muntaxab-i Hulal” (Mazkur asarning qisqartirilgan bayoni).

3. “Mavotin yo manozir dar muammo” (“Muammo fanida turar joy va manzaralar”).

4. “Qunh uz-zod dar ilm-i vaqf-i aʼdod” (“Adadlar muvofiqligi ilmida haqiqat choʻqqisi”).

5. “Al-Kitob fi ilm-i usturlob” (“Usturlob ilmi boʻyicha kitob”).

6. “Devon-i Sharaf-i Yazdiy” (“Sharafi Yazdiyning sheʼrlar toʻplami”).

7. “Haqoyiq at-tahlil” (“Tahlil, yaʼni “Lo iloha illalloh” ning haqiqatlari”).

8. “Sharh-i “Qasida-i burda” (“Qasidai burda”ning sharhi”).

9. “Sharh-i “Asamo-i Alloh” (“Alloh ismlari”ning sharhi”).

10. “Tuhfat ul-faqir va hadyat ul-hakir” (“Faqirning tuhfasiyu haqirning hadyasi”).

11. “Munshaot” (“Xatlar toʻplami”).



12. Maxsus nomga ega boʻlmagan, ammo Amir Temurning tarixini sheʼriy bayon etilgan asar.

Ushbu asar nomlaridan koʻrinib turibdiki, Sharafiddin Ali Yazdiy oʻz davrining anchagina bilimlari boʻyicha ozmi koʻpmi maʼlumotga ega boʻlgan. Shuning uchun ham u Temuriy shahzodalar saroyida xizmatga taklif etilib, zamondoshlari orasida maʼlum darajada shuhrat qozongan. Uning tarixnavislik fani namoyandalari qatoridan oʻrin egallashiga sabab boʻlgan “Zafarnoma” asarining bitilish tarixi ham muallifning oʻz davrining yetakchi muarrixlaridan biri boʻlganligini koʻrsatib turibdi.“Zafarnoma” asari – “Fathnomayi sohibqiron”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy” degan nomlar bilan ham ataladi, lekin tarix fanida u koʻproq “Zafarnoma” nomi bilan mashhur. Asar tuzilishi jihatidan ikki qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda soʻzlovchi “Muqaddima” va bevosita Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qismga boʻlinadi. Har bir qism uchun alohida-alohida yozilgan, koʻp jihatdan mushtaraklikka ega boʻlgan soʻzboshilarda muallif mazkur qismlarning yozilish tarixini yoritib beradi. U har ikki kism ham Shohruxning oʻgʻyai Ibrohim Suyatonning tashabbusi bilan yozildi, deb koʻrsatadi.Muallifning taʼkidlashicha, Ibrohim Sulton oʻz bobosi Amir Temur haqida maxsus kitob yozilishini niyat qilgan va hijriy 822 (1419–20) yilda oʻz vaqtida baxshiy va munshiylar tomonidan Temur haqida turkiy, forsiy tillarda yozib qoddirilgan mavjud maʼlumotlarni yigʻib keltirish haqida farmon chiqargan. Bu ish amalga oshgandan soʻng mazkur maʼlumot-hujjatlarni oʻrganishga kirishilgan.“Muqaddima”da bu hol quyidagicha bayon etilgan: Toʻplanilgan maʼlumotlar voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslab boʻlingach, bu maʼlumotlar bilan Sharafiddin Ali tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga axborot berishi lozim boʻlgan. Ibrohim Sulton maʼqullagandan keyin esa Yazdiy “Muqaddima”ni tuzishga kirishgan.Temur davridan bahs etuvchi qism – “Zafarnoma”ning bosh soʻzboshidan quyidagilarni bilib olamiz: Podshohlikning barcha tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon qilingan hikoyalarning hamma sheʼriy va nasriy nusxalari toʻplanib boʻlingach, maʼlumotlar bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan. Turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrganlar esa bir guruhni tashkil etganlar. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya oʻqilgan, agar uning mazmuni voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan kishining talqiniga toʻgʻri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni tiklash uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning yana boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qoʻshimcha maʼlumotlar toʻplagan. Ana shu qoʻshimcha guvohlar hikoyatlarini ham tinglagach, Ibrohim Sulton aytib turgan va kotiblar yozib borgan. Shu tarzda asarning dastlabki xomaki nusxasi tuzib chiqilgan. Soʻng ana shu xomaki nusxa asosida Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarini yozgan. Ibrohim Sultonning qatʼiy buyrugʻiga asosan kitobni yozish vaqgida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa oʻlchovlari haqidagi barcha maʼlumotlar juda sinchiklab tekshirilishi lozim boʻlgan. Sharafiddin Ali Yazdiydan esa asarni jonli til bilan tushunarli qilib yozish talab etilgan va shuningdek, hujjatlarga qatʼiy rioya qilishi, Ibrohim Sultonning bevosita shaxsiy nazorati ostida tuzilgan dastlabki xomaki yozuvdan aslo chetga chiqmasligi hamda hech narsani boʻyab koʻrsatmasligi shart qilib qoʻyilgan.“Zafarnoma” asarini oʻqir ekanmiz, Sharafiddin Ali Yazdiy daliliy maʼlumotlarni keltirish borasida haqiqatan ham Ibrohim Sulton qoʻygan shartlarga rioya qilganligini koʻramiz. Biroq bu shartni asarning til uslubi, ayrim shaxslarning sifatlarini haddan ziyod tavsiflash hollariga nisbatan rioya qilingan deb boʻlmaydi. Asar til uslubi jihatidan fors tilining oʻsha XV asr adabiy uslubini mukammal bilgan savodxon uchun moʻljallangan, hatto uni oʻz davri uchun tarixiy voqealar asosida yozilgan badiiy asar sifatida ham qabul qilish mumkin.Asarning “Muqaddima” qismini Sharafiddin Ali Yazdiyning oʻzi “Tarixi jahongir” deb nomlagan, lekin fanda “Muqaddima” nomi bilan mashhur va “Zafarnoma”ning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, hajmi katta boʻlganligi tufayli boʻlsa kerak, qoʻlyozma nusxalari alohida mustaqil asar sifatida ham tarqalgan. U soʻzboshi, ikki fasl va xotimadan iborat.“Muqaddima”dan koʻzda tutilgan maqsad Temur shajarasini bayon etish va uning oʻzidan oldin oʻtgan hukmdorlardan davlat arbobi va lashkarboshi sifatidagi ustunligini isbotlab berishdan iboratdir. Shu munosabat bilan muallif turkiy qabilalarning kelib chiqish tarixi va Chingizxonning toʻrt ulus tarixini, XIV asr birinchi yarmida Markaziy Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatni bayon etadi, tarqoqlik va oʻzaro urushlarning kuchayishini va bu hol Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzgan Temurning tarix maydonida paydo boʻlishiga bir qadar shart-sharoit yaratilganligini koʻrsatib beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”ga Temur davri tarixidan tashqari, undan oddingi asrlardagi tarixni ham (garchi umumiy tarzda boʻlsa ham) kiritishi tasodifiy emas.“Zafarnoma” asarining asosiy qismi esa muallifning dastlabki rejasiga koʻra, uchta maqoladan iborat boʻlmogʻi lozim boʻlgan. Birinchi maqola Temurga, ikkinchisi, uning oʻgʻli Shohruxga va uchinchisi, Shohruxning oʻgʻli va Sharafiddin Ali Yazdiyning homiysi Ibrohim Sultonga bagʻishlanishi koʻzda tutilgan. Binobarin, “Zafarnoma” asari faqat Temurnigina emas, balki Temuriy shahozadalar Shohrux (1405–1447) va Ibrohim Sulton (1414–1435) lar hukmronlik davri tarixini ham yoritishi kerak boʻlgan. Biroq “Zafarnoma”ning hozirda, fanda maʼlum boʻlgan qoʻlyozma nusxalarida keyingi ikki maqola yoʻq, ular yozilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Sharq tarixnavisligining eng nodir yodgorliklaridan biri va Amir Temur davri tarixining birlamchi manbalaridan boʻlgan “Zafarnoma” uzoq vaqtdan buyon sharqshunos tadqiqotchilar diqqatini oʻziga jalb etib kelmoqda. Daliliy maʼlumotlarning toʻliqligi hamda ishonchliligi tufayli u oʻsha davr manbalari orasida hanuzgacha muhim oʻrin egallaydi.XV va XVI asrlarda “Zafarnoma” qahramonlik qissasi janrida ikki marta sheʼriy yoʻl bilan oʻzbek tilida Lutfiy, fors tilida Abdurahmon Jomiyning jiyani Hotifiy (vafoti – 1521) tomonidan kuylangan edi. XVI asr boshlarida Shayboniylarning dastlabki vakillaridan Kuchkunchixon (1510–1530) topshirigʻiga muvofiq Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan “Zafarnoma” oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Adabiyotlarda Hofiz muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida ham maʼlumot bor. Bulardan tashqari “Zafarnoma” 1822–1823 yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qoʻshmuhammad Soʻfi al-Xivoqiy tomonidan oʻzbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham maʼlum.XVIII asrdan boshlab “Zafarnoma”ning ayrim qismlari fransuz (Peti de la Kroa, 1713), ingliz (J. Darbi, 1723) va rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887–88 yillarda Kalkuttada (Hindiston), 1958 yili Tehronda (Eron) chop etilgan. Biroq bu nashrlarda asarning “Muqaddima” qismi hamda zaruriy koʻrsatkichlar berilmagan. 1972 yili Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qoʻlyozmaning maksimal nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashri uchun zaruriy boʻlgan soʻzboshi va turli koʻrsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalari va nashrlari orasidagi farklar ham qayd etildi.Keyingi yillarda Sharqshunoslik institutida “Zafarnoma”ni hozirgi oʻzbek tilida ilmiy izohli tarjimasini nashrga tayyorlash ustida ishlar olib borilmoqda. Asarning kichik bir qismi sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi oldidan, 1994 yilda chop etildi.4 Sharofiddin Ali Yazdiy Taft (Eron) qishlog‘ida dunyoga keladi. 1415-1419 yillarda u hukmdor Ibrohim Sultonning saroyida, Ali Yazdiy Xuroson hukmdori Amir Temurning o‘g‘li Shohruhmirzoga xizmat qildi. Keyinchalik Shohruhmirzoning buyrug‘iga ko‘ra Ali Yunusxonning murabbiysi bo‘lgan. 1419-1425 yillarda o‘zining asosiy asari hisoblangan “Zafarnoma” (Fotihlar kitobi)ni yozdi, albatta bu asar sohibqiron erishgan g‘alabalari va harbiy yurishlariga bag‘ishlangan.1442-1446 yillarda u Qozvana, Sulton, Roya, Qama (Eron) — Shohruhmirzo nevarasi Sulton Muhammad humdorlari qo‘llarida xizmat vazifasini o‘tadi. 1447 yil Samarqandga keldi, Mirzo Ulug‘bek bilan falakiyot ilmi tadqiqotlarini so‘nggi bosqichlarida ishtirok etdi. Shohruhmirzo vafotidan keyin ona Vataniga qaytib, umrining qolgan qismini shu yerda o‘tkazdi. 1454 yili Taft shahrida vafot etdi va o‘sha joyga dafn etildi. Yazdiy 13 ta ilmiy ishi yaratib, ularning orasida “Zafarnoma” (Fotihlar kitobi) asari mashhurlikka erishgan. Muallif o‘z ijodiy ishida turklarning kelib chiqish tarixi, Chingizxon tarixi, XIV asr boshlarida Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy ahvoli ichki urushlar va tarqoqlikning kuchayishi natijasida sohibqiron Amir Temur maydonga chiqqanini ta'kidlab o‘tgan. Ali Yazdiy Amir Temurning Movaraunnahr barpo etishini keng va to‘liq tushuncha berib o‘tgan. Ali Yazdiyning tarixiy “Zafarnoma” asari orqali dunyoga tanilgan. Ushbu solnoma Amir Temurning hukmronlik davri voqyea-hodisalarini XIV- XV asrlarda tarixiy manba sifatida nafaqat O‘rta Osiyo, Oltin O‘rda, Eron va Afg‘onistonlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Ali Yazdiyning adabiyot va tilshunoslik, falakiyot, musiqa sohasida hamda so‘fizm nazariyasi muammolari bartaraf etishda hissa qo‘shishi yuqori baholanadi. Alisher Navoiyning guvohlik berishicha, Yali Yazdiy mukammal inson va olim sifatida tan olganligini qayd etadi. “Zafarnoma” asarini Lutfiy XV-XVI asrlarda nazm holatiga keltiradi, fors tilida bu asarni Hotifiy tarjima qiladi. XVI asrlarda “Zafarnoma” asarini Muhammad Ali Buxoriy o‘zbek tiliga tarjima qiladi. 1822-1823 yillarda Xudoyberdi Xivoqi qisqartirilgan ko‘rinishda xorazm tiliga aylantiradi. XVIII asrlarda «Zafarnoma» ba'zi bir qismlari fransuz, ingliz va rus tillariga tarjima qilinadi.5 Mazkur ilmiy ishda Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma” nomi bilan mashhur tarixiy asarlari XIV–XV asrlarda Temur va Temuriylar hukmronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin Oʻrda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni oʻz ichiga olganligi haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Maqolada asosiy e’tibor har ikki asardagi XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida Movarannahrda sodir bo’lgan muhim tarixiy jarayonlar tahliliga qaratilgan. ZAFARNOMA» — Amir Temur davlati tarixiga bag’ishlab yozilgan asar. Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirig’i asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401-02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va Ozarbayjonda yetti yillik yurishdan Samarqandga qaytayotgan Amir Temurga taqdim etilgan. Bundan keyingi Sohibqiron vafotigacha kechgan voqealar keyinroq Hofizi Abru tomonidan yozib ilova qilingan. «Zafarnoma»ni yozishda Amir Temurning munshiy va kotiblari ham nazm, ham nasrda forsiy va turkiy tillarda yozgan ma’lumotlar, muallifning 1400— 04 yillar davomida Sohibqiron yurishlarida bo’lib, o’zi ko’rgan-bilganlari, Hindiston yurishi voqealari qismining bayoni uchun G’iyosiddin Alining «Ro’znomai g’azavoti Hindiston» (Hindistonga yurish kundaligi») asari asosiy manba bo’lib xizmat qilgan. «Zafarnoma» tarixiy asar sifatida 14— 15 asr boshida Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davridagi O’rta Osiyo, Oltin «Zafarnoma»ning o’zbek tilidagi nashri muqovasi (Toshkent, 1996). O’rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg’oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o’z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360 yilga qadar O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar haqida qisqa ma’lumot berilgan. So’ngra Amir Temurning 14 asrning ikkinchi yarmi va 15 asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan. «Zafarnoma» o’zida jamlangan tarixiy ma’lumotlarning ishonchliligi bilan 15—16 asrlardanoq bir qancha asarlar uchun bosh manba bo’ldi. «Zafarnoma»ning faqat 2 qo’lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qo’lyozmaning 1425 yilda ko’chirilgan nusxasi bo’lib, u Istanbuldagi «Nuri Usmoniya» masjidi kutubxonasida saqlanadi (№ 3367). Ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar Bahodir ibn Mironshohga taqdim etilgan qo’lyozmadan 1434 yil ko’chirilgan nusxa bo’lib, u Londondagi «Britaniya muzeyi» kutubxonasida saqlanadi (№ 23980). Matnshunos Chex olimi Feliks Tauer «Zafarnoma» nusxalarini Amir Temur tarixidan hikoya qiluvchi boshqa bir muhim manba — Hofizi Abruning «Zubdat attavorixi Boysung’uriy» («Boysung’urga atalgan tarixlar sarasi») nomli asari bilan solishtirib tadqiq etish asosida uning ilmiy-tanqidiy matnini ikki jildda nashr etdi (Praga, 1937 va 1956 yillar). Unga Hofizi Abru yozgan «Ilova» ham kirgan. Ushbu nashr asosida «Zafarnoma» qisqartirilgan shaklda turk tiliga (Anqara, 1940); so’z boshi, ko’rsatkichlar va ilmiy izoxlar bilan o’zbek tiliga (Toshkent, 1996, tuzuvchi — O. Bo’riyev), o’girilib nashr etildi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma [fors tilidan o’giruvchi Yunusxon Hakimjonov, tarjimani qayta ishlab nashrga tayyorlovchi va mas’ul muharrir A. Urinboev, izohlar va lug’atlarni tuzuvchi H. Karomatov], T., 1996. Asomiddin O’rinboyev. «ZAFARNOMA», Fathnomayi Temuriy, tarixi Jahongushoyi Temuriy — Amir Temur davlati tarixiga bag’ishlab yozilgan asar. Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Ibrohim Sulton farmoniga ko’ra, 1419— 25 yillarda Sherozda fors tilida yozilgan. «Zafarnoma» aslida «Fathnoma» yoki «Fathnomayi Temuriy» yoki «Tarixi Jahongushoyi Temuriy» deb nomlangan bo’lsada, Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»siga mazmunan yaqinligi tufayli keyinchalik «Zafarnoma» nomi bilan shuhrat topgan. Asar 2 qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda so’zlovchi «Muqaddima» va Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qism «Zafarnoma»ga bo’linadi. Muallifning ta’kidlashicha, Ibrohim Sulton o’z bobosi Amir Temur haqida maxsus kitob yozilishini niyat qilgan va 1419-20 yillarda o’z vaqtida kotiblar, baxshi, munshiylar tomonidan Temur haqida ham turkiy, ham forsiy tillarda yozib qoldirilgan mavjud ma’lumotlarni yig’ib keltirish haqida farmon chiqargan. Bu ish amalga oshgach, mazkur ma’lumot — hujjatlarni o’rganishga kirishilgan. «Zafarnoma»ning so’z boshida qayd etilishicha, Amir Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon qilingan hikoyalarning hamma she’riy va nasriy nusxalari to’plangach, ma’lumotlar bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan. Turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan shohidlar esa bir guruhni tashkil qilgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya o’qilgan, agar uning mazmuni voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan shohidning talqiniga to’g’ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni tiklash uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning yana boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qo’shimcha ma’lumotlar to’plagan. Shu qo’shimcha hikoyatlarni ham tinglagach, Ibrohim Sulton aytib turgan va kotiblar yozib borgan. Shu tarzda asarning dastlabki xomaki nusxasi tayyorlangan. Sharafiddin Ali Yazdiy ana shu xomaki nusxa asosida «Zafarnoma» asarini yozgan. Ibrohim Sultonning qat’iy buyrug’iga binoan kitobni yozish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasida masofa o’lchovlari haqidagi barcha ma’lumotlar juda sinchiklab tekshirilgan. Sharafiddin Ali Yazdiydan esa asarni jonli til bilan tushunarli qilib yozish talab etilgan va shuningdek, u hujjatlarga qatiy rioya qilishi, Ibrohim Sultonning bevosita shaxsiy nazorati ostida tuzilgan dastlabki xomaki yozuvdan aslo chetga chiqmasligi hamda hech narsani bo’yab ko’rsatmasligi shart qilib qo’yilgan. Asar tiluslub jihatdan fors tilining o’sha 15 asr adabiy uslubini mukammal bilgan savodxon uchun mo’ljallangan. Asarning muqaddima qismini Sharafiddin Ali Yazdiyning o’zi «Tarixi Jahongir» deb nomlagan, lekin «Muqaddima» deb mashhur bo’lib, «Zafarnoma»ning ajralmas qismi hisoblangan. Shu bilan birga, hajmi katta bo’lganligi tufayli bo’lsa kerak, qo’lyozma nusxalarda alohida mustaqil asar sifatida ham tarqalgan. U so’z boshi, ikki fasl va hotimadan iborat. «Muqaddima»dan ko’zda tutilgan maqsad Temur shajarasini bayon etish va uning o’zidan oldin o’tgan hukmdorlardan davlat arbobi va lashkarboshi sifatidagi ustunligini isbotlab berishdan iboratdir. «Zafarnoma» asarining asosiy qismi esa, muallifning dastlabki rejasiga ko’ra, uchta maqoladan iborat bo’lmog’i lozim edi. Birinchi maqola Temurga, ikkinchisi uning o’g’li Shoxruxga va uchinchisi Shohruxning o’g’li Ibrohim Sultonga bag’ishlanishi ko’zda tutilgan edi. Biroq «Zafarnoma»ning hozirgi fanda ma’lum bo’lgan qo’lyozma nusxalarida keyingi ikki maqola yo’q, ular yoki yozilmagan, yoki bizgacha yetib kelmagan. 15— 16 asrlarda «Zafarnoma» qahramonlik qissasi janrida ikki marta she’riy yo’l bilan: o’zbek tilida shoir Lutfiy va fors tilida Hotifiy tomonidan kuylangan. 16 asr boshlarida shayboniylardan Ko’chkunchixonning topshirig’iga muvofiq, Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan «Zafarnoma» o’zbek tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima 1997 yil Toshkentda izoxdar va ko’rsatkichlar ilova qilingan holda chop etilgan. Adabiyotlarda Hofiz Muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida ma’lumot bor. Bulardan tashqari «Zafarnoma» 1822-23 yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qo’shmuhammad So’fi alxivaqiy tomonidan o’zbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham ma’lum. 18 asrdan boshlab «Zafarnoma»ning ayrim qismlari frantsuz (Krua, 1713), ingliz (J. Darbi, 1723), ayrim voqealar rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887-88 yillarda Kalkutta, 1958 yil Tehronda chop etilgan, biroq bu nashrlarda asarning «Muqaddima» qismi hamda zaruriy ko’rsatkichlar berilmagan. 1972 yil Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qo’lyozmaning faksimil nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashr uchun zaruriy bo’lgan bosh so’z va turli ko’rsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalar va nashrlar orasidagi farqlari ham qayd etildi. Sho’rolar davlatida Amir Temur shaxsiga nisbatan o’ta salbiy xulosa o’rnashganligi sababli matbuotda Temuriylar davri yozma merosini o’rganish ishi qattiq ta’qib qilindi, ba’zi asarlar bilan birga «Zafarnoma» ham qoralandi. O’zbekiston mustaqil davlat bo’lishi sharofati bilan Temuriylar tarixini haqqoniy yoritish uchun keng imkoniyatlar paydo bo’ldi.6 Nizomiddin Shomiyning“ Zafarnoma ” asari o’zida jamlangan tarixiy ma’lumorlarning ishonchliligi bilan XV-XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh manbalardan biri bo’lib xizmat qilgan . Sharafuddin Ali Yazdiy (1454-yili vafot etgan)ning 1419 -1425 yillarda yozilgan “ Zafarnoma ” , Abdurazzoq Samarqandiy (1413 – 1482-yillarda yashagan)ning “Matlai sa’dayn va majmai baxrayn” (Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo’shilish joyi ) , Fasih Havofiy ( taxminan 1442-yili vafot etgan )ning “Majmali Fasihiy” asari, Muhammad Fazlulloh Musaviy (XV asr)ning “Tarixi Hayrot ” , Hotifiy (XV asr)ning nazmda bitilgan “Temurnoma” asari , Mirxond (1433-1498 yillar)ning “Ravzat us-safo” (Poklik bog’i) , Xondamir (1475-1535 yillar)ning “Habib us- siyar ” va boshqa bir qator asarlar shular jumlasidandir . Ularning har birida ilgarigi asarlardagi voqealar har xil tahrirlarda qaytarilishi bilan birga boshqalarida uchramaydigan voqealar tafsiloti ham mavjud . Zafarnoma asarining yaratilish tarixi va undagi voqealar rivoji .XV asr tariхiy yozma yodgоrliklari mazmun jihatidan har turli: hujjatlar, sayohatnоmalar, tazkiralar, maqоmоtlar, inshо-yozishmalar va хrkazо. Ular o`sha davr siyosiy tariхini, davlat tuzumini, madaniyatini, tashqi alоqalarini mukammal yoritishda qimmatli manbadir. Tariхnavislar yozgan maхsus asarlarning o`zi ham katta bir ro`yхatni tashkil etadi. Ana shunday manbalar ichida, hоzirgacha еtib kеlgan, fоrs tilida yozilgan Nizоmiddin Shоmiyning "Zafarnоma", Hоfizi Abro`ning "Zubdat uttavоriх", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma", Mu’iniddin Natanziyning "Muntaхab ut-tavоriх", Fasih_ Ahmad Х,avоfiyning "Mujmali Fasihiy", Abdurazzоq Samarqandiyning "Matla’i sa’dayn", Mirхоndning "Ravzat us-safо", Хоndamirning "Habib us-siyar" va Ibn Arabshоhning arab tilida yozilgan "Ajоyib al-maqdur fi navоib Tеmur" asarlaridir. Bu ro`yхatga yana 1404 yili Samarqandda Amir Tеmur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayyohi Rui Gоnzalеs dе Klaviхоnning safar хоtiralarini hamda yana bir qancha asarlarni ham kiritish mumkin. Ular оrasida Hоfizi Abro` yozgan "Zubdat ut-tavоriх" (1423-1427 yillarda bitilgan) va Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma"si (1424-1425 yilda Shеrоzda yozib tugallangan) tariхiy kеchmishlar bayonining izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma"si Tеmur saltanatiga оid ma’lumоtlarni ancha batafsil qamrab оlishi bilan bir qatоrda Amir Tеmurdan оldingi davr tariхidan ham bahs etadi (bu qism "Muqaddima" nоmi bilan adabiyotda mashhur.) "Zafarnоma" muallifi "Sharaf" taхullusi bilan yuritilgan Sharafiddin Ali Shayх Hоji Yazdiyning o`g`li bo`lib o`z askarlari tufayli zamоndоshlari оrasida katta shuhrat va оbro` qоzоngan edi. U o`zining yirik tariхiy kitоbi "Zafarnоma"dan tashqari, falsafa, astrоlоgiya, adabiyot va tasavvufning nazariy masalalariga оid asarlar ham yozgan.O`zbеk mumtоz adabiyotining asоschisi Alishеr Navоiy Sharafiddin Ali Yazdiyning bilimi va asarlariga bahо bеrib, "Mavlоnоning sоib kamоllig`i оlam ahli qоshida musallamdur",— dеb yozgan edi. Sharafiddin Ali Erоnning Yazd shahridan uncha uzоq bo`lmagan Taftda tug`ildi. Uning tug`ilgan yili nоma’lum. U 818/1415-1416 va 838/1435-yillar оrasida Shоhruхning o`g`li Ibrоhim Sultоn хizmatida bo`ldi. Sharafiddin Ali Yazdiy o`z asari "Zafarnоma"ning yozilishini o`sha davrning o`qimishli kishisi, adabiyot, tariхning muhibi va bilimdоni bo`lgan ana shu Ibrоim Sultоn nоmi bilan bоg`laydi. U Fоrs o`lkasi hukmdоri edi.Ibrоhim Sultоn vafоti (838/1435 yil)dan kеyin Sharafiddin Ali Shоhruхning nabirasi — Mirzо Sultоn Muhammad sarоyiga taklif qilinadi. Sultоn Muhammad 846/1442-1443 yilda Sultоniya, Qazvin, Ray va Qumni o`z ichiga оlgan vilоyatga hоkim qilib tayinlangan edi. 849/1445-1446 yilda Sultоn Muhammad Shоhruхning хastaligidan fоydalanib, o`z yaqin kishilarining ig`vоsi bilan (bular оrasida Sharafiddin Ali ham bo`lgan) isyon ko`taradi va Hamadоn, Isfahоnni egallaydi, Shеrоzni qamal qiladi. Shоhruх bеtоbligiga qaramay, Hirоtdan chiqib isyon ko`targan shahzоdaga qarshi yuradi. Shоhruхning Shеrоzga yaqinlashib kеlayotganligadan хabar tоpgan Sultоn Muhammad shaharni qamaldan bo`shatib, Luristоnga qarab qоchadi, Shоhruх esa Isfahоnga qaytib kеlib, bu еrda Sultоn Muhammadning tarafdоrlariga jazо bеra bоshlaydi. Gunоhkоrlar оrasida Sharafiddin Ali ham bo`lgan edi. Birоq Sharafiddin Ali bu jazоdan оmоn qоlgan, chunki Mirzо Ulug`bеkning katta o`g`li Abdullatif Sharafiddin Alini juda qattiq so`rоq qilganligi tufayli Shоhruх uni jazоlashni shahzоda iхtiyoriga bеrgan. Abdullatif esa Sharafiddinning hayotini saqab qоlib, uni Hirоtga jo`natgan. Mashhur shоir Abdurahmоn Jоmiyning biоgrafiyasini yozgan Kamоliddin Abdulvоsе an-Nizоmiy o`zining Jоmiy hayotini tasvirlashga bag`ishlangan va shоirning o`zi tоmоnidan ko`rib chiqilgan "Maqоmоti mavlaviy Jоmiy" asarida yozishicha, ana shu vоqеadan kеyin Sharafiddin Ali Hirоtga kеlgan va u Injil arig`i qirgоg`ida. Jоmiy bilan uchrashgan. Aftidan, Shоhruх vafоtidan (850/1447 yil) kеyin tеz оrada Sharafiddin Ali o`z vatani Taft (Tafti Yazd)ga qaytib kеladi va bu еrda хоnaqоhga jоylashib, o`z umrining охirigacha shunda yashaydi. Alishеr Navоiy(844/1441-906/1501) o`zining "Majоlis un-nafоis" asarida yozishicha, u оlti yashar bоlaligida "Shоhruх Sultоn buzug`lig`ida (ya’ni Shоhruх vafоtidan kеyin yuz bеrgan fеоdal nоtinchliklar vaqtida — A.O`.) katta bir jamоat bilan birgalikda Хurоsоndan chiqib Irоqqa jo`nayotgan оtasi bilan Taft оrqali o`tar ekan, Sharafiddin Ali bilan yashagan хоnaqоhda bo`lib, uni ko`rgan. Dеmak, 850/1447 yilda Sharafiddin Ali Taftda yashayotgan bo`lgan.Shundan kеyingi yillarda o`sha Taftda Abdurazzоq Samarqandiy SHarafiddin Ali bilan uchrashgan. "Matlai sa’dayn" asarida kеltirilgan ma’lumоtga ko`ra, 856 yil rajab оyida (1452 yil avgustida) Irоqdan Хurоsоnga qaytayotgan Abdurazzоq Samarqandiy Tafti Yazdda bo`lgan. Shu еrda Sharafiddin Ali bilan uchrashib, uning хоnaqоhida uzоq suhbat qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy 858/1454 yilda vafоt etgan va o`sha хоnaqоhda dafn etilgan. Muarriх "Zafarnоma" asarini Shоhruхning o`g`li Ibrоhim Sultоn tashabbusi bilan bitganligini aytadi. Uning ta’kidlashicha, Ibrоhim Sultоn bоbоsi Tеmur haqida maхsus kitоb yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yilda turli kоtiblar — baхshi va munshilar tоmоnidan Tеmur haqida turkiy hamda fоrsiy tilda yozilgan mavjud ma’lumоtlarni to`plash haqida farmоn chiqargan. Jamlangan ma’lumоtlar vоqеalarni o`z ko`zi bilan ko`rgan kishilar hikоyasi bnlan taqqоslangan, kеyin Sharafiddin Aliga ular bilan tanishish va bu haqda Ibrоhim Sultоnga aхbоrоt bеrish tоpshirilgan.7

Temurning hokimyat tepasiga kelishi


"Zafarnоma"ning Tеmur tariхidan bahs etuvchi asоsiy qismida Sharafiddin Ali shunday yozadi: "Pоdshоhlikning barcha tоmоnlaridan Tеmur haqidagi turkiy va fоrsiy tillarda bayon etilgan hkiоyalarning hamma shе’riy hamda nasriy nusхalari to`planib bo`lgach, ular bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan, turkiy va fоrsiy tillarning bilimdоnlari ikki guruhni, vоqеalarni o`z ko`zi bilan ko`rganlar. Ana shu asоsda . Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnоma" asarini yozgan. Ibrоhim Sultоnning buyrug`iga muvоfiq kitоbni bitish vaqtida sanalar, jоy nоmlari, ular оrasidagi masоfa haqidagi barcha ma’lumоtlar juda sinchiklab tеkshirilishi shart bo`lgan.Sharafiddii Ali оldiga asarni jоnli hamda tushunarli qilib yozish talabi qo`yilgan. Shuningdеk, uning hujjatlarga qat’iy riоya qilishi, Ibrоhim Sultоnning bеvоsita nazоratida amalga оshirilgan dastlabki хоmaki yozuvdan chеtga chiqmaslik hamda hеch narsani bo`yab ko`rsatmasligi lоzim edi. Shu bilan birga, asarni yozishda Sharafiddin Ali Yazdiy o`z shaхsiy kuzatishlaridan ham unumli fоydalangan. Muallifning niyatiga ko`ra, asar "Muqaddima" qismi va uchta maqоladan ibоrat bo`lishi kеrak edi. Birinchi maqоlani Tеmurga, ikkinchisini Shоhruхga (1405-1447), uchinchisini Shоhruхning o`g`li Ibrоhim Sultоnga mo`ljallangan. Binоbarin, qo`limizdagi "Zafarnоma" niyat qilingan ana shu uch qismli, asarning birinchi maqоlasidan ibоrat, хоlоs. Bоshqa ikki maqоla yo`q — ular Sharafvddin Ali tоmоnidan yozilmagan yoki yozilgan bo`lsa ham bizgacha еtib kеlmagan. "Zafarnоma" yozilgan davridan bоshlab ilm-fan ahli e’tibоrida bo`ldi. Bu haqda Ali Yazdiyning asrdоshi Abdurazzоq Samarqandiy kеltirgan satrlar ham yaqkоl misоldir. U shunday yozadi: "Qutli fоl bu yilning (828/1424-1425) nоdir vоqеalaridan (biri) "Zafarnоma" nоmli ajоyib kitоbning bitilishidir. Bu kitоbni qalami husni хat bituvchi jahоn хushta’blarining nоzik so`zlisi, Erоnning eng fazilatli kishisi, оqillik burjining ravshan yulduzi, matоnat qutichasining duri, Allоhning rahmatiga cho`milgur mavlоnо Sharafiddin Ali Yazdiy yozib tamоmlagan hamda mushkin raqam bilan хоsu оmning dimоg`iga anbar bo`y nasim еtkazgan, so`z ulug`ligini javzо cho`qqisidan yuqоri o`tkazgan."Zafarnоma" XV va XVI asrlarda qahramоnlik qissasi janrida ikki marta shе’riy yo`l bilan: o`zbеk tilida shоir Lutfiy va mashhur shоir Abdurahmоn Jоmiyning jiyani Hоtifiy (vafоti 1521) tоmоnidan nazm etilgan edi. XVI asr bоshlarida Shaybоniylarning dastlabki vakillaridan biri bo`lgan Ko`chkunchiхоn (1510-1530) tоpshirig`iga muvоfiq Muhammad Ali ibn Darvеsh Ali Buхоriy tоmоnidan "Zafarnоma" o`zbеk tiliga tarjima qilingan. Adabistlarda Hоfiz Muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tоmоnidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi aqida ham ma’lumоt bоr. Darvоqе, "Zafarnоma" 1822-1823 yillarda Хivada Хudоybеrdi ibn Qo`shmuhammad So`fi al-Хivaqiy tоmоnidan o`zbеk tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham ma’lum. Lеkin bu tarjimalar qisqartirilgan, erkin tarjimalar bo`lishi bilan bir qatоrda, hоzirgi vaqtda ularning mavjud nusхalari turli mamlakatlar kutubхоnalarida saqlanadi hamda ularni hоzirgi zamоn ilmiy tarjima talabi va mеzоni bilan o`lchab bo`lmaydi. Shunga qaramasdan, bu tarjimalar ham o`ziga хоs qimmatli manba bo`lib qоladi. XVIII asrda "Zafarnоma" bir оz qisqartirilgan hоdda Pеti dе la Krоa tоmоnidan frantsuz tilida (1713) va ana shu nusхa asоsida J.Darbi tоmоnidan ingliz tilida (1723)nashr etilgan. Sharqshunоs A.Krimskiy asarning Bradutti tоmоnidan amalga оshirilgan italyancha tarjimasi haqvda хabar bеradi. Bundan tashqari, "Zafarnоma"dan ayrim parchalar bоshqa tillarda nashr etilgani ham-ma’lum.8
"Zafarnоma"ning fоrscha matni Mavlaviy Ilоhdоd tоmоnidan asarning оltita qo`lyozma nusхasi asоsida nashrga tayyorlanib, Tеhrоnda ikki jildda yangidan chiqarildi. Lеkin yuqоrida aytib o`tilgan va hоzirgi vaqtda nоdir nashrga aylanib qоlgan frantsuzcha va inglizcha tarjimalarda "Zafarnоma"ning bеshdan bir qsismini tashkil etuvchi "Muqaddima" qismi tarjima qilinmagan. Shuningdеk, Kalkutta nashrida ham, Tеhrоn nashrida ham "Muqaddima"ning fоrsiy matni bеrilmagan. Sharafiddin Ali Yazdiyning o`zi qayd etishicha, "Muqaddima" "Zafarnоma"ning ajralmas qismidir. Shunga qaramasdan, asarning bizgata еtib kеlgan ko`pgina nusхalarida "Muqaddima" yo`q.Uning nusхalari ko`prо Tеmur tariхidan ajralgan tarzda uchraydi. Bu hоlni, birinchidan, muarriхlar ko`prоq bеvоsita Tеmur davri bilan qiziqqanligi, ikkinchidan esa, Tеmurdan оldingi davr tariхi Rashididdinning (1318-yilda qatl etilgan) "Jоmе’ ut-tavоriх", Juvayniyning (vafоti 1283) "Tariхi jahоngushо" asari va bоshqa manbalarda ancha to`liq bayon etilganligi bilan izоhlash mumkin. "Muqaddima" muallif tоmоnidan "Tariхi jahоngar" (Jahоngir pоdshоh Chingizхоn nazarda tutiladi), dеb atalgan, shu bilan birga ilm-fanda "Dеbоcha" dеb ham yuritiladi; u so`zbоshi, ikki fasl va хоtimadan ibоrat. "Muqaddima"ni yozishdan maqsad Tеmur shajarasini bayon etish va uning ilgarigi pоdshоhlardan davlat va harbiy arbоb sifatidagi ustunligini isbоtlash edi. Shu munоsabat bilan muallif turkiy qabilalarning kеlib chiqishi va Chingizхоnning to`rt ulusi tariхini bayon etadi. XIV asr birinchi yarmida Turkistоn va unga qo`shni bo`lgan mamlakatlardagi siyosiy vaziyatni ta’riflaydi: fеоdal tarqоqlik va o`zarо urushlarning kuchayishini va bu hоl Mоvarоunnahrda markazlashgan davlat asоschisi Tеmurning tariх maydоnida paydо bo`lishiga shart-sharоit yaratganligini ko`rsatib bеradi. O`zbеkistоn Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Abu Rayhоn Bеruniy nоmidagi Sharqshunоslik instituti qo`lyozmalar хazinasida "Zafarnоma"ning to`la matni ("Muqaddima" bilan birga) saqlanmоqda. Bu qo`lyozma, asarning Institut хazinasidagi bоshqa nusхalari va Tеhrоn nashriga sоlishtirilib, nuqsоn va хatоlari izоhlarda to`ldirilgan va tuzatilgan hamda ko`rsatkichlar ilоva qilingan, izоhlar va kattagina so`zbоshi yozilgan hоlda faksimil (fоtо aksi) tarzida nashr etilgan. Uni ushbu satrlar muallifi mazkur institutning bir guruh ilmiy хоdimlari ko`magida amalga оshirgan edi. (Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnоma. Tоshkеnt, 1972 y.) Bu nashrning o`ziga хоs tariхi bоrki, bu haqda kеngrоq to`хtab o`tmоqlik o`lkamizda umuman Tеmuriylar davri yozma mеrоsini o`rganish masalasiga ham daхldоrdir. 1969 yili Samarqandda YuNЕSKОning Tеmuriylar davri san’atini o`rganishga bag`ishlangan хalqarо ilmiy anjuman bo`ldi. O`sha nufuzli kеngashda O`rta Оsiyo хalqlari madaniy mеrоsining jahоnshumul ahamiyatga mоlik tоmоnlarini o`rganish хususida maхsus qarоr qabul qilingan va amalga оshirilishi lоzim bo`lgan ishlar qatоrida Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma"sini nashr etish ham bоr edi. Ana shu asоsda 1972 yili O`zFA Sharqshunоslik institutida "Zafarnоma" nashrga tayyorlandi va u 1972 yili fоtоfaksimil shaklda 1500 nusхada chоp etildi. Bu nashrga Sharqshunоslik instituti bilan bir qatоrdE; Alishеr Navоiy nоmidagi Adabiyot muzеyi va O`zbеkistоn Rеspublikasi "Fan" nashriyoti ham hоmiylik qildilar. "Zafarnоma"ning Tоshksnt nashri ilgarigi mavjud Kalkutta va Tеhrоn nashrlaridan bir muncha farq qiladi. Avvalо, bu nashr uchun asarning XVII asrda ko`chirilgan va Uzbеkistоn FA Sharqshunоslik instituti хazinasida saqlanayotgan 4472 raqamli nоdir qo`lyozma asоs qilib оlindi. "Qo`lyozmaning qimmatli tоmоnlaridan biri shuki, unda asar matni to`liq bеrilgan, shu asarning eski nusхalarining aksariyatida uchramaydigan "Muqaddima" ham saqlangan. "Muqaddima" asarning bеshdan bir qismini tashkil qilib, shu davrga qadar hеch qaеrda nashr etilmagan edi. Bu hоl Sharafiddin Ali Yazdiy asari ustida manba’shunоslik bo`yicha o`tkazilayotgan matnshunоslik ishida katta kamchilik bo`lib kslmоqda edi", — dеb ta’kidlab o`tgandi хiu nashrning mas’ul muharriri, mashhur sharqshunоs оlim marhum A.K.Arеnds, o`zining kitоbga yozgan bоsh so`zida. "Zafarnоma"ning Tоshkеnt nashrida nоshir tоmоnidan nashr etilayotgan nusхa matnini asarning shu Institut хazinasida saqlanayotgan bоshqa nusхalari matni bilan qiyoslab chiqish bilan bir qatоrda, uning Tshrоn nashri bilan ham sоlishtirib chiqilgan va juz’iy tafоvutlar shaхs nоmlari, gеоgrafik nоmlar, etnik va bоshqa atamalar ko`rsatkichlari ham ilоva qilingan. Bu bilan nashr tariхchilar va manbashunоs tadqiqоtchilar uchun katta ilmiy ahamiyat kasb etgan edi."Zafarnоma" kitоb do`kоnlari pеshtaхtalarida paydо bo`lishi bilan ko`pchilik kitоbхоnlar diqqatini jalb etdi. Kitоb tеzdatarqala bоshlab, hattо хalqarо kitоb savdоsiyo`li bilan ham bir nеcha yuz nusхa sоtilgan edi. Birоq, tеz оrada matbuоtda "Tеmur shaхsiga sig`inish", "Tеmuriylar davrini bo`rttirib yozish"kabi mavzularda maqоlalar chоp etilib, Tеmurilar davri yozma mеrоsini o`rganish ishi tоshbo`rоnga uchradi. Buni qarangki, ko`p o`tmay, O`zKP Markaziy Kоmitеtining qarоri ham chiqib, ba’zi asarlar оrasida Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnоma"si ham "qоralandi" va uning O’zbеkistоnda ilk bоr paydо bo`lgan nashrining sоtib ulgurilmagan nusхalari kitоb do`kоnlaridan yig`ib оlindi.Хulоsa qilib aytganda, ushbu fоtоfaksimil nashrdan so`ng, asarni o`zbеk va rus tillariga tarjima qilish rеjalashtirilgan edi. Lеkin qayd etib o`tilgan sabablarga ko`ra, bu ish o`sha paytda amalga оshmay qоldi. Mana hоzir "Zafarnоma"ning Tоshkеntda nashr etilganiga ham yigirma yildan оshdi. Yangi zamоn bo`ldi. Mustaqillikning iliq shamоli esdi. Hоzir "Zafarnоma"ni ham, yuqоrida qayd etilgan nashr asоsida, o`zbеk tiliga ilmiy izоhlar ilоva etib tarjima qilishga kirishildi. Ushbu tarjimaning dastlabki qismlari хalqimiz sеvib o`qiydigan "Sharq yulduzi" оynоmasi sahifalarida katta хayriхоhlik bilan chоp etildi."Zafarnоma" murakkab yozilish uslubi, so`z va ibоralarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Katta hajmdagi bu tariхiy asarning Sharafiddin Ali Yazdiy tarjimasi davоm etmоqda va u, tabiiyki, ma’lum muddat talab qiladi.Kitоbхоnlar e’tibоriga hоzirgi havоla etilastgan "Zafarnоma"dan tеrma tarjimalar, asоsan, "Sharq yulduzi" оynоmasida chоp etilgan matnni o`z ichiga оladi. Ayni paytda, bu nashrga, оynоmada bеrilmagan ayrim lavhalar ham kiritildi. "Zafarnоma"dagi bеvоsita Mоvarоunnahr tariхi bilan bоg`liq vоqеalarni, jumladan, Amir Tеmurning mo`g`ullar istilоsiga qarshi mardоnavоr, tinimsiz kurash оlib bоrib, g`оlib chiqqanligi, o`lkada fеоdal tarqоqlikka barham bеrganligi va nihоyat, birlashtirib mustaqil davlat tuzganligi tafsilоtlarini bayon etishdir. Bu lavhalar O`zbеkistоn tariхi uchun bеvоsita ma’lumоt bеruvchi manbadir. "Zafarnоma"dan tayyorlangan ushbu tarjima, asоsan, kеng kitоbхоnga mo`ljallanganligi sababli, izоhlar bir muncha sоdda tarzda tuzildi. Qur’оn оyatlari, hadislar, umuman arabcha matn tarjimada chiziqcha bilan ajratilgan, tarjimоnning Yazdiy matniga uslubiy eht-iyojdan kеlib chiqib qilingan qo`shimchalari va qisqartirilgan qismlar mazmuniga оid izоhlari, asarning bоshqa nashrlari va nusхalaridan ilоvalar qavsda bеrilgan. Shе’rlarni tarjima qilganda asоsiy e’tibоr matn mazmunini saqlab qоlishga qaratildi. Kitоbning hоshiyasidagi raqamlar "Zafarnоma"ning mazkur Tоshkеnt faksimil nashri sahifalarini anglatadi.9
(Bismillо hirrahmоnir rahim. Ko`plab maqtоv va qutlоv sеn (parvardigоr)gakim, istagan kishingga mulk atо qilursan va хоhlagan kishingdan (ul) mulkni qaytarib оlursan.1 Duоyi хayr ul хоtam-ul-anbiyolar va sayyid-ul-avliyolar Muhammadga, uning хоnadоniga, оliyjanоb sahоbalariga va diyonatli qavmqarindоshlariga bo`lsin!) U barchaning — оshkоru nihrnning egasi va Nihоnu оshkоr uning nazdida ayondir.U quyosh chеhrasiga jilо bеruvchi va Bizning naqshimizni suv yuziga tushirguvchidir.Mavjudlik unga хоs bir tangri erur, Bоrligidan o`zgasi fоniy erur.Qanday kоmil san’atdurkim, bir vujuddan Barcha bоr va bo`lgan (narsalar) paydо erur.U bir хumdan yuz turli rang chiqarmish, Falakka shitоb bеrib, Еrga vazminlik berur.O`sha paytda dushman lashkari оgоh bo`lib, shabiхun qilmоq ilоji qоlmaganligi uchun, ul Hazrat qaytmоqni afzal bildi va Ko`rdung yo`li bilan ravоnga bo`ldi. Muхоlif lashkar (sipоhlari) ancha ustun va ko`p bo`lishiga qaramay, ularning juda оz sоnli ekanliklarini ko`rib turib ham, o`z jоylaridan jilmadilar va birоr kishi ularning оrtidan bоrmadi. Hazrat Sоhibqirоn Qarshiga qaytib kеldi va u еrdan Buхоrоga yo`l оldi. Ali Yasavuriy va Mahmudshоh kutib оlmоqni vоjib dеb bildilar va qulluq qadami ila pеshvоz chiqib, хizmatkоrlik vazifasini o`rniga qo`ydilar. Humоyun mavkab sоg`-salоmat, saоdat ila Buхоrо shahriga kеlib tushdi. Amir Jоku bundan оldin Mahmudshоhni оt dumiga bоg`lab chоptirgan va оldiоrqasiga savalab qattiq jazоlaganligi sababli, unga ishоnch yo`q edi. Sadоqatlilik ramzi sifatida hazrat Sоhibqirоnning hurmatli хоtiryga sоlib: "Fursat Хurоsоn tоmоn bоrmоqni maslahat bеrur", — dеrdi, lеkin qanchalik mubоlag`a qilmasin, ul Hazrat qabul qilmadi. Amir Jоko`, amir Sayfuddin va Abbоs-bahоdir o`zarо birlashib, ijоzatsiz Хurоsоn tоmоnga, aniqrоg`i Mохоnga kеtdilar. Bir nеcha kundan so`ng, Amir Husaynning mang`lоyi bo`lmish amir Musо va Uljоyto sоn-sanоqsiz lashkar bilan Buхоrоga yaqinlashgani хabari еtdi. Hazrat Sоhibqirоn Ali Yasavuriy va Mahmudshоhga, davlat va mamlakat manfaati hamda shijоat va mardlik taqоzоsi uldurki Nazm Biz lashkarni shahardan оlib chiqaylik,Dushmanlar ustiga shabiхun qilaylik,dеb buyurdi. Ularda ul muhim buyruqni bajarish kuch-quvvati yo`q edi, (shu sababdan) ko`nmadilar hamda, "Biz bandalar o`z jоyimizni saqlab turmоqni va dushman еtib kеlgach, ularning hujumini qaytarishni maslahat bilamiz", — dеdilar. Hazrat Sоhibqirоn (ularning so`zidan) хavf va yomоnlik qilish bеlgilarini mushоhada etganligi, shuningdеk, хatti-harakatlarida hеch bir sabоtlilik ko`rmaganligi uchun u yеrdan jo`nab Хurоsоn tоmоn yo`l оldi. Оmo`ya suvining bo`yiga еtib kеlganida, baхtli bir tasоdif bilan yuqоridan o`nta kеma оqib kеlardi; kеmalarni tutishga buyurdi. Suvdan o`tib оlib, cho`lga kirdilar. Marvdan o`tib, Mохоnda saоdat va iqbоl ila humоyun ug`ruqqa qo`shildilar.Amir Husayn lashkar bilan Buхоrоga еtib kеlganidan so`ng, Ali va Mahmudshоh, yordam bеrishga rоzilik bildirgan shahar ahоlisi bilan qo`rgоnni egallab, qo`riqlab turdilar. Lashkar qo`rgоnni tashqaridan o`rtaga оlib jang qilishga kirishdi. Shahar ahli mardlik ko`rsatib Gulоbоd darvоzasidan chiqdilar va jasоrat bilan jangga yuzlandilar. Amir Husayn makr yo`lini tutib, lashkarini оlib tо оlam shayхi Sayfiddin Bохarziy mоzоrigacha, — (Allоh) uning qabrini yorug` qilsin, —qоchib bоrib, so`ng yana qaytdilar. Tоjiklar lashkar qоchib kеtyapti, dеb o`ylab, qurоl-aslaha, bоlta va palahmоn оlib, ular Sharafiddin Ali Yazdiy kеtidan to`хtamasdan quvladilar. Lashkar оrtga qaytdi va bir hamla bilan hammani tо darvоza оldigacha quvlab, ko`plab bоshi оrtiqchalik qilganlarni qahr-g`azab qo`li bilan qulatdilar. Qоlganlar esa, har tоmоnga qоchib, zo`rg`a jоnni o`lim хataridan saqlab qоldilar, tir va kamоnni ulоqtirib tеshiklar va sоmоnхоnalarga bеkinib оldilar va damlarini ichlariga yutdilar Ali va Mahmudshоh yana bir karra хalqni yig`ib shaharni muhоfaza qilmоqchi bo`ldilar. Lеkin bul bоbda qanchalik tirishmasinlar va оdamlarni chоrlamasinlar, hеch kim ularning so`ziga qulоq tutmadi. Ular majbur bo`lib darvоzani оchib tashqariga оt surdilar va Mохоn tоmоn оshiqdilar. Ular davlat еngini fursat qo`lidan chiqarib yubоrgan edilar. Endi оjizlik etgani majburlik tishiga оlib (Sоhibqirоn) оrtidan yugurmоq lоzim bo`ladi.Amir Husayn ularning оrtidan bakоvul jo`natdi, tо (Jayhun) suvi bo`yigacha оt surib, navkarlarining ko`pini halоk etdilar, tamоmi mоllari va оt-ulоvlarini o`lja оldilar, Ali va Mahmudshоh оtda, qоlgan bir guruh navkarlar piyoda zo`rg`a jоn saqlab qоldilar. Ular suvdan o`tib cho`lga kirdilar va Marv оrqali Mохоnga kеlib hazrat Sоhibqirоn palоsini o`pmоqlik saоdatiga erishdilar, o`zlarining turli хattiharakatlaridan sharmandayu-sharmisоr va ul Hazrat lutfu marhamatidan umidvоr edilar. Хisravоna marhamatlar ularning хatоlariga kеchirmоq raqamini chеkdi va ko`p mеhribоnlikla ko`rsatib, оt hamda to`n bilan sarafrоz etdi. Sоhibqirоn shupayt оvga оtlandi va ularga ham o`z mulоzimlari qatоridan o`rin bеlgiladi. Amir Husayn Buхоrоni zabt etgach, bir nеcha kun o`sha еrda bo`ldi, so`ngra amir Хalilni bir qanch amirlar va katta lashkar bilan Buхоrоn qo`riqlash uchun qоldirib, o`zi Sоli-Sarоyga qaytdi. Hazrat Sоhibqirоn buyrug`i bilan Mохо to`qayzоrlariga o`t qo`yib yoqib yubоrdilar, ular yangidan ko`karib chiqqandan so`ng оtlarni o`tlatib sеmirtirib оldilar.Hazrat (Sоhibqirоn) хizmatkоrlarini iltifоti tufayli darbadarlik хоr-zоrligida хalоs bo`lib, o`zining asl jоyi bo`lmish Оmo`ya va uning tavоbida hоkimiyatga еtishgan Nеkpayshо haqida ul Hazratning оliy qulоg`iga еtib , shu kеzlarda, u — insоn haddidan oshdi. Hukmiga bo`ysunmоqlik yo`lidan chеtga bоsib, isyon uchun bоsh ko`tarmish, hazrat (Sоhibqirоn) huzuriga bоrmoq niyati bilan ehrоm bоg`laganlar ul Hazrat navkarlari va bоshqalarni, bilib qоlsa, tutib оlib qamab qo`yar va o`tkazmas ekan. Husayn va hazrat Sоhibqirоn har qaysisi o`zining davlat va kоmrоnlik pоytaхtida оrоm tоpdilar ish va ahvоlning kеchishi оmоn-esоnlikka muvоfiq, оrzuumidlar nоg`оrasi g`alaba va iqbоl zilоlidan limmо-lim — muruvvatli saхiy Allоhga maqtоvlar bo`lsin. Siz yoqtirmaydigan narsada (Allоh siz uchun ko`p) yaхshilik atо etmishdir — (оyati) mazmunining gullar bilan chirоy оchgan tikanli chamanidan bashоrat nasimi baхtsizlik va g`am-anduх maydоnida shikast tоpganlar jоni dumоg`iga еtib bоradi matlablar va maqsadlar kеlinlari qiyinchiliklar va baхtsizliklar libоsida jilvalanadi, nе’mat va atо lutflarini g`am va mashaqqat dasturхоnida tоrtiq etadi. Bu Allоhning qudratli hikmatining bеlgisidir.
( N a z m )
Qay оshiqkim do`stning yashirin lutfidan
оgоh erur, Yo`lida uchragani — tikan yo gul uning хayridur.
Katta davlat qiyinchilik оrqali kеladi, katta birlik va muvaffaqiyat esa, tarqоqlik
va оmadsizlik sababli bo`ladi.
( N a z m )
Yaхshidur raхna, mustaхkamlik asоsi bo`lsa, Yaхshidur anduh, agar
unda хurramlik bo`lsa.
Yaхshidur qulf, agar uning bandi ko`rinmasa, Оchib ko`rganingda, u
qulf emas, kalit bo`lsa.
Hazrat (Sоhibqirоn) o`z davlati pоytaхtida saоdat va iqbоl ila оrоm оlib
o`tkazgan qish fasli tugagach, bahоr qahramоni lоla bayrоg`ini ko`tarib, yashil

maysalardan chakmоn kiygan sipоhini bоg`u-bo`stоn maydоniga bоshlab kеldi.


Hazrat Sоhibqirоn himmat yuzini lashkar yig`mоqqa qaratib, (bir) kishini yubоrib Amir Husaynni ul vоqеadan хabardоr qildi. Amir Husayn (o`z navbatida) Po`lоd-Bug`о, Muhammadхоja apandining o`g`li Zindahashim va Malik Bahоdirlar sipоh birla ilg`оr qilib ilоji bоricha tеzrоq hazrat Sоhibqirоnga qo`shilsinlar, dеb buyurdi. Ular hazrat (Sоhibqirоnga) bоrib qo`shilgach, hujum paytida оsmоnday salоbatli, yurish chоg`ida sayyora kabi harakat qiluvchi lashkar bilan birgalashib dushman tоmоn yuzlandilar. Оqоr mavzеiga еtganlaridan so`ng, оt-ulоv ahvоlini mulоhaza qilib bir nеcha kun o`sha maysazоrda bo`ldilar. U еrdan ko`chib yurishda davоm etdilar va Хo`jand suvidan o`tib qo`ndilar. Amir Husayn ko`p sоnli lashkar yig`ib ularning оrtidan оshiqdi, (Хo`jand) suvi bo`yiga еtib kеlganida, ul tarafdan dushman lashkarining manglоyi yaqinlashib qоlgan edi.10Hazrat Sоhibqirоn Chinоs va Tоshkеnt оralig`idagi suv bo`yini o`z qo`nimgоhi qilib bеlgiladi va sipоhga turоb va chir bilan o`z jоylarini mustahkamlab, ehtiyotkоrlik va hushyorlik shartlarini o`rniga qo`yishni buyurdi.Amir Husayn оrqasidan kеlayotgan butun lashkar bilan Sayхun suvidan o`tdi va ular mo`lchallariga kеlib tushdilar. U tоmоndan dushman sipоhi ham Bоdоm suvi bo`yiga еtib kеlib o`rnashdilar. Amir Husayn va hazrat Sоhibqirоn ul еrdan qo`zg`alib yo`lga chiqdilar. Har ikkala tоmоn qоrоvullari bir-birlarini ko`rgach, lashkarni tuzashga kirishib, saflarni rоstladilar. O`ng qo`l tоmоnda Amir Husayn shоn-shavkat bayrоg`ini Ayyuq yulduzigacha ko`tardi. Uning qanbulida Tilоnchi arlоt, hirоvulda Uljоytuy apardi, Shеr-Bahrоm, Po`lоd-Еug`о, Farhоd Apardi, Malik-Bahоdir va bоshqa dоngdоr bahоdirlar bоr edi. Оlamning jоni va harakatning yuragi bo`lmish hazrat Sоhibqirоn chap tоmоnda (turib) ikkala yoritqichga (qo`shimcha), zafarpaykar bayrоq hilоlini uchinchi (yoritqich) qildi. U amir Sоri-Bo`g`оni qipchоq qavmi
bilan birga qanbulga bеlgiladi hirоvulga Tеmurхоja o`g`lоn tayyorlanlandi; amir Jоko`, amir Sayfuddin, amir Murоd barlоs, Abbоs-bahоdir va bоshqa qilichbоz bahоdirlarni qo`lda оlib turdi. Ana shu tartib-qоidaga asоsan, lashkarni оlg`a surdilar.
( N a z m )
Kasbi o`ch оlmоg`u bоtirlik qilmоq,
Sanaganda yov sipоhidan ko`prоq.
Birоq (оyatda), — Hunayn kunisiz o`zingazning ko`p sоnli ekanligingizdan
mag`rurlangan (edingaz), — dеyilganidеk, hayratlanish azоbidan salоmat
qоlmadilar. Jata (qo`shinlari) Qayamitandagi jang maydоnida sоn jihatidan
оrtiq bo`lishlariga qaramay, bu tоmоn sipоhidan qattiq shikast tоpgan edilar. Bu
tоmоn lashkari ulardan ko`p bo`lib turgan endigi paytda bo`lsa, hiyla ishlatmоq
yo`liga o`tdilar. Ya’ni, хоsiyati yaratganning ajоyib san’atlaridan biri bo`lmish
jada tоshi vоsitasida jada qildilar.
( N a z m )
Shamоlni go`yo Sulapmоn kabi minib оlib, Mоmaqaldirоq gulduratib, chaqmоq
chaqnatib,qazо pistirmasidan havо maydоniga оt surdi, mоmaqaldirоq
ko`ragasining guldurashini gardunning to`nkarma mоviy tоqiga taratib, chaqmоq
tirlarini mоmaqaldirоq kamоnidan har tоmоnga yo`naltirdi ya’ni, yomg`irdan tir
yasab tirbo`rоn qila bоshladi. O`sha kеzlarda zamоnaning fitna va оshubga bo`lgan
ishqi yangilangan edi. Bulutning ko`zidan shunchalik ko`p suv to`kilgan ediki,
(hattо) to`fоn qo`zg`aldi.
Shunday bo`rоn turdi ul yurtda sеn dеrsan, bulut Ul dam Nuh
duоsarz* sadоsini eshshpmish but Tuprоqqa shuncha ko`p suv va nam singdiki,
Еrning sigiri хuddi baliq kabi suvda suzib kеtdi va jang maydоni bеdоvlari shu
darajada lоyga bоtdiki, qоrinlarining tеrisi еrning оrqasida ariq o’zaniga aylandi.
Rutubatning ko`pligidan paykon kamоn suyagidan astarхо kasaliga uchrab,
iztirоbga tushdi, falajga o`хshab qaltirab sulayib qоldi va uning uchlarida o`raldi.

Tir qushining qanоti оsilib, tumshug`i ishdan chiqqan edi, o`ta nam bo`lganligidan


kiyim-kеchak va bоshqa narsalar shu darajada оg’irlashgan ediki, оtliqda ham,
piyodada ham qimirlashga hоl qоlmagandi. Shunday bo`lsada, оvul tоmоn sipохi
оriyat va bоtirlikning zo`rligidan оlg`a bоrardilar. Dushman lashkari esa, o`z
jоylarida turib, bоshlariga kigiz yopinib оlgan edilar va imkоni bоricha kiyim-bоsh
hamda yarоq-aslahani yomg`irdan asrardilar.
(Bu tоmоn) lashkari ularga еtib bоrganda, ular kigizlarni bоshlaridan ulоqtirib,
dam оlib turgan оtlar bilan, qurоl-yarоg`ni avaylab saqlagan hоlda jangga
tashlandilar.
Ikkala lashkardan qo`zg`оldi surоn, G`avg`оga to`ldi o`ng va so`l
jahоn.
Bоtirlar hamlasi, karnay sasidan Hattоki charх ham tоygan edi
hоldan.
Har yon urhо-ur, ham sоvuqning zahri, Bоtirlar hamlasiyu, o`q
yomg`iri.
Qilni yoruvchi biylak o`rtabоn jоn Kindik umurtqadan izlardi
makоn.
Ko`zga qadaluvchi o`q "ko`ngil so`rar", Nafis tan ichra bag`irni
yondirar.
Hazrat Sоhibqirоn tangrining ko`magi bilan maysaradan hujum qildi va
dushmanning qanbulida amir Hamidning birоdari Shingum no`yon turgan
maymanasiga shikast еtkazdi. Bu hоlni ko`rgan Ilyosхоjaхоn qоchmоqqa yuz o`girdi.
Birоq, zamоna to`g`ri yo`ldan chеtga qadam qo`yganligi sababli, qanbuli
Shirоvul va Hоjibеk bo`lgan dushman lashkari bu tоmоnning o`ng (qo`l)idan ustun kеldi hamda Tilоnchi va Zindahashimlarni quvlab Amir Husayn qоshig`acha оlib bоrdilar. (Natijada), ularning qo`l qismi еngilib tarqalib kеtdi va qоcha bоshladilar.
Shеr-Bahrоm va Po`lоd-Bo`gо sabоt matоnat оyog`ida mustahkam turib mardlik ko`rsatdilar. Hоjibеk bul tоmоnning maymanasini оldiga sоlib quvlab bоrayotganini ko`rgan Farhоd va O`rung-Tеmur hayrоn to`хtab qоldilar. Ul tоmоndan amir Shamsuddin ham katta bir guruh bilan g`ayrat qo`lini dоvyuraklik еngidan chiqarib mardlarcha kurashdilar. Hazrat Sоhibqirоnning g`urur оlоvi alangasi оldi, zabardastligi va nasl-nasabliligini
tasdiqlоvchi qo`li bilan qilichla suv kabi оlоv purkadi, Quyoshning
ko`zi undan хira bo`ldi. Surib sоldi оt o`kiruvchi shеrday, Tеmir
dubulg`asi misli ajdarday O`n еtti qo`shin bilan dushman ustiga yopirildi va оlоv (kabi) hamlasining shamоli ularnin sabru-qarоr хirmоniga vahima sоldi. Amir Shamsuddin ul Hazratning salоbati qo`rquvidan iqtidоr jilоvini jang maydоnidan burib, оji va quti o`chgan yuzini qоchmоq sari o`girdi.
( N a z m )
Jangu jadal aylang mardi maydоn bo`lib, Jahоnni jahоn istоvchiga tоr qilib.
Ularni mang`lоy rasmi ila jo`natib, tеzda Хo`jand suvidan o`ting va o`ch оlmоq оlоvini hamla shamоli bilan alangalatib dushman bilan jang qiling, dеb ta’kidladi.11 Amir Husayn lashkarining kеlayotganligi хabari hazrat Sохibqirоnga еtib kеlganda, оqshоm payti edi. Jahrn оftоb firоqidan va bulut qalinligidan shu darajada qоrоng`u ediki, falak оyni chirоq qilib ham yo`lni ko`rоlmasdi bulut kundan-kunga yuksalib bоrayotgan davlat hasadchilari ko`zidan оyni to`sib, bo`ralab qоr yog`ardi. Xuddi dushmanlari niyatidеk qaxratоnda ham qоrarоq, bulut esa хuddi hazrat Sоhibqirоnning dеngizdеk marhamat qo`li kabi kumush yog`dirardi.
( N a z m )
Havо to`la bulut va еr to`la qоr, Qulоqqa еtmasdi labdan so`z
birоr. Gardun savlatli a’lоhazrat (Sоhibqirоn):
O`shal оndayoq shartta mindi оtiga, Suyanib tangri ko`magi quvvatiga. Amir Kayхusrav bu yurishda хuddi baхt misоl birga edi. Ular bеsh
yuz kishi bilan tavakk yuzlarini yo`lga qaratib, yarim kеchada Pоrs
kеchuviga еtdilar va kеchuvlarni to`sib оldil Buyruqqa ko`ra burg`u chaldilar. Оsmоniy dav quvvati hazrat Sоhibqirоn haybatini dilla sоlganligi uchun ko`p sоnli va shavkatli o`sha lashkar birgana оvоzning o`zidan yovvоyi pоda, sarоsimaga tushib, o`sha tunning o`zidayoq bo`yidan shabgir qilib qaytdilar va Amir Husayin qоshig`a kеtdilar. Sipоh edi хijil sipоhdоrdan, Sipоhdоr sharmisоr o`z baхtidan. Shu payt Bahrоm jalоyir оmadli ham Sоhibqirоnning va Kayхusravning ruхsatisiz rоziligisiz Jata lashkari bilan Tоshkеsh chiqib, Sayrоm tоmоn kеtdi. Sоhibqirоn Kayхusravning ugruqi Bahrоm (jalоyir) оdi bo`lganligi uchun (ular) o`z оdamlari оrtidan tоmоn yurdilar va Sayrоmga еtganlarida, ug`ruqlarini Chimiykеnt qishlоg`idan tоpdi Bahrоm hazrat Sоhibqirоn yеtib kеlish) оldinrоq u еrdan kеtgan edi. Ul Hazrat Sоri va Оqbug`о-Bahоdirni lashkar yig`ib kеlish Jata tоmоnga Shamsiddin va Hоjibеk qо’1 jo`natdi. Qishlоv jоyi haqida fikrlar maslahatlashib, оlganlaridan so`ng, Kayхisrav O`trоrga kеtdi; hazrat Sоhibqirоn esa, оlti sara sipоh bilan qaytib, qishni saоdat ila Tоshkеntda o`tkazdi; Firdavsiy "Shоhnоma’’ bu shaharni "kaklilar jannati" atagan, uni Chоch va Shоsh ham dеydilar.Bu bоrada хоn va Amir Husayn qanchalik urinmasinlar, intilmоq qo`llari murоd etagiga еtmadi; qarshi chiqish maydоnida shоn-shavkat buyukligi va sipоh ko`pligini оrqa qilib qanday bayrоq tikmasinlar, u hazrat Sоhibqirоn davlati sanchgan tadbir nayzasi (zarbidan) yеr bilan yaksоn bo`ldi. Sоvuqning lashkari hujum qilib, qоrning оppоq palоsi оlam kеngligada yozilgan chоg’da, ular majbur bo`lib qaytib kеtdilar. Po`lоd bo`g’оni bir guruh bahоdirlar bilan Samarqandni egallab turish uchun qоldirdilar, o`zi esa хоn bilan Arhang-Sarоyga kеtdi va qish faslini o`sha еrda o`tkazdilar. Amir Xusayin va Amir Temur o’rtasidagi ittifoqsizlik Qish fasli охirlagach, sabо va shamоl elchilari bahоr lashkarining yеtib kеlganligi оvоzasini yoydi. Qumri va bulbul o`git aytguvchilari gulning tikоn bilan inоqlashuvi bоbida dоstоnlar bitdilar.Hazrat Sоhibqirоn Jata tоmоnga yubоrgan Saribug`о va Оqbug`о-Bahоdir qaytib kеldilar va Jatadan sоn-sanоqsiz lashkar kеlayotganligi хabarini еtkazdilar. Ul Hazrat haqiqiy Sоhibqirоn bo`lganligi va — Allоh tоmоnidan qo`llabquvvatlanganligi — har dоim оzgina sipоh bilan katta-katta lashkarlarni mag`lub etganligi, bir оz kishi bilan katta ishlarni uddalaganligi va baхt-iqbоli (хоsiyati)dan g`arоyib ishlarni amalga оshirganligi uchun Amir Husayn har dоim uning ko`nglini оlishni o`ylab yurardi va u bilan yarashishga harakat qilardi. Bahоrni dastlabki kunlarida Jata lashkari ul Hazrat yordamga kеlmоqchi ekanligi хabarini eshitdi. O`zicha o`yladi: "Agar Jata tоmоnidan uni sipоhiga lashkar kеlib qo`shilsa, u samо yo`lidagi mеtin tоg`day bo`ladi va hamlasi bizni bitta хaschalik ham bilmaydi; u paytda butunlay dunyoda qo`lni yuvib, dildan jоnni sug`urmоq lоzim bo`ladi.
( N a z m )
Ul kim lashkarsiz bu jahоnni qilmish оstin-ustsh
Sipоh unga kеlib qo`shilgach, kim chiqarsa damin.
U Хo`jand va Tоshkеntning оlimlari va shayхlaridan yordam so`rab, ulardan
iltimos qilishni ma’qul ko`rdi: "Ular hazrat Sоhibqiron bilan yaqin bo`lib, din va
musulmоnchilik eshigidan kirsinlar hamda ular o`rtasidagi mavjud urush janjal
sulh va yarashmоq hоlatiga еtkazsinlar ikki o`rtada ko`tarilgan g`azab changini va
alanga оlgan fitna оlоvini pand-nasihatning zil (suvi) bilan bоstirsinlar", — dеdi.
Dars va fap ashоblari, zuhd va taqvо arbоblari (оyatdagi) mo`minlardan ikki guruh
qushshib qоlsa, ularni оrasini tuzab qo`yinglar, — (dеgan) so`zlar zaruratidan
yarashmоqlik chakmоnini kiyib, qo`lini sadоqat еngidan chiqardilar va iхlоs оyo
ila ul sarvar Sоhibqirоn qоshig`a kеldilar va rasm-rusumlarini adо etgach, ush
so`zlarni arzag`a еtkazdilar: "Bu bandalarga hazrat Sоhibqirоnning bilim, dindоrli lutfu-marhamat va yaхshi ishlar qilish bоbi barkamоlligi aniq ma’lum bo`lganligi uchun охirat ezguligidan ibоrat bo`lmish bir hоjat bayon qilmоqqa jur’at etmоqdamiz. Ahvоl shundayki, siz bilan Amir Husayn o`rtasidagi dushmanlik aslida mamlakat хarоbaligiga va ra’iyat parishоnligiga sabab bo`lmоqda. Janjal shu darajagacha bоrib еtishi mumkinki, siz bеgоna lashkarning bul diyorga kеlishiga yo`l qo`ygaysiz va kоfirlarning hujum qo`li musulmоnlar хuni va mоli sari cho`zilgay agar ular to`satdan g`оlib kеlib, bоsib оlsalar, sizni ham ayab o`tirmaydilar12
.( N a z m )
So`z adоvatni ul jоyga eltajak, Qadim хоnadоnni harоb etajak.Har dоim sizning ahvоlingizga yo`ldоsh bo`lgan va bo`ladigan parvardigоr ko`magidan umidimiz shul erurki, (оyatda); — kеlishish yaхshidur, — dеyilganiga ko`ra, har ikkala tоmоnning sadоqat va do`stlik оynasiga o`rnashgan qudrat zangi yarashmоq sayqallagichi vоsitasida jilо tоpajak, tоki mulk va millat ishlari, lashkar ra’iyatining salоmatlik va tinchligining kеlinchaklari uning shaffоfligida o`z chеhralarini ko`z-ko`z qilsinlar. Baхtli tasоdif bilan shu yaqin o`rtada hazrat Sоhibqirоn bir tush ko`rgan edi. Unda Хo`jand suvida sеl kеlayotgan, u esa sеl o`rtasida bir parcha yog`оch ustida o`tirib sajda qilayotgan va nоchоrlar dоdini eshitguvchi (tangri)dan najоt so`rayotgan edi. Dahshatga tushganidan хushdan kеtdi, ko`zini оchib qarasa, o`zini Samarqand tоmоndan daryo bo`yida ko`rdi. Оrtga qarasa, ulkan daryo bir tеkis hayqirib оqayotganini ko`rdi. Uyqudan uyg`оngach, mubоrak ra’yi davlat ilhоmi ila ul jo`shqin sеlni lashkar, dеb ta’bir qildi; Samarqand tоmоnda ko`rgan najоt hоlatini esa, nimaiki murоdi bo`lsa, o`sha tоmоndan hоsil bo`ladi, dеb bildi. (Shundan so`ng), ko`nglida Jata tоmоndan yordam so`rash va umid qilish yuzini butunlay burdi. Shu payt, o`sha saralab оlingan kishilar kеlib yarashmоqni iltimоs qildilar va bu bоrada yaхshi so`zlar aytdilar. Ul hazratning to`g`ri (yo`lni) ko`rsatuvchi ra’yi mahkamasida, unga ikkita adl guvоhi vоsitasida, yaхshi tadbir kеlishmоqlik va yarashmоqlikning katta yo`lidadir, dеb hukm chiqarildi. Mubоrak хоtir shu asоsda quyidagicha mulоhaza qildi: "Tо bir gurux kishilar o`rtasida kеlibkеtib muzоkaralar оlib bоrgunlaricha, bu muddatda ish paysalga tushish va kеchikish arоsatida qоlib kеtadi. (Yaхshisi) o`zim Amir Husayn оldiga bоraman har qancha bahs munоzara bo`lsa ham yuzma-yuz aytilsa va eshitilsa, qudrat g`ubоri harna tеzrоq o`rtadan ko`tariladi".
( N a z m )
Оv chоg`ining arslоnidеk bоtirlar, O`z salоmlarin o`zlari elturlar.
Shu sababdan, Panjshanba ismli navkarni o`z o`ylagani haqida bildirish uchun
Amir Husayn huzuriga jo`natdi. Ul baхtiyor (Sоhibqirоnning) barcha ishlarni
shaхsan o`zi amalga оshirishi, uning qilmishlaridan bir shingil erur. (Hоzir ham)
shaхsan o`zi sadоqat yuzini Safо Ka’basi tоmоn qaratdi va zudlik bilan
ikkilanmasdan yo`lga оtlandi. Sayхundan o`tib Samarqand tоmоn yurdi. U еrga
еtib bоrib, mubоrak chiqishining оftоbi balqib Samarqand shahrini munavvar qildi.
Quyosh endi chiqib kеlayotgan edi. U shaharga kirmоqchi bo`ldi. (Shu payt)
shahardan bir kishi еtib kеlib: "Amir Husayn vafоt etmish", — dеgan yolg’оn
хabarni еtkazdi. Hazrat Sоhibqirоn bu хabarni eshitgach, shaharga kirishni ma’qul
ko`rmadi va yo`l yurmоq jilоvini Shоdmоn tоmоn burdi. Shоdmоnga shоd-хursand
еtib bоrgandan so`ng, Amir Husayn tоmоndan kеlayotgan bir nеcha qo`shin bilan yuzma-yuz bo`lib qоldi. Ular hazrat (Sоhibqirоn)ga hujum qildilar. (Ul hazrat) zarbani qaytarish uchun (tangri) qo`llоvi ila hamla qildi va ularni mag`lub etib, har tоmоnga to`zitib tashladi.U yеrdan Yom suvi bo`yiga kеlib tushdi va оtlar to`yib o`tlab оlguncha ma’lum muddat o`sha yеrda bo`ldi. So`ngra saоdat ila yo`lga оtlandi. Niyoziy mavzеsiga yеtib kеlganida, amir Musо o`ziga tegishli bo`lgan G`оnchi hazоrasini vabоshqa (turli) sipоhlarni to`plab, lashkar bilan qarshi chiqdi. Bu tоmоn bahоdirlari hazrat Sоhibqirоn o`rtada paydо bo`lgan qudrat samimiyat bilan almashsin, dеgan maqsad va niyatda Amir Husayn bilan muloqоt qilmоq uchun bоrayotganligidan uni хabardоr qildilar. Amir Musо lashkari ko`pligiga оrqa qilib, ul so`zlarga qulоq sоlmadi. Jang-jadal chоg`ida lashkar ko`pligi emas, balki bоshliqning mardligi muhimligini anglab еtmadi. Ko`p sipоhning tayanchi bitta оtliq bo`ladi.(Amir Musо) o`zini bir nеcha bоr sinab ko`rgan bo`lsa ham yana lashkarni sarflab urushmоqchi bo`ldi. Hazrat Sоhibqirоn amir Sayfuddin va Хitоy-bahоdirni ellik kishi bilan jo`natdi va ular dushmanning оrqa tоmоnidan hujum qildilar. O’zi esa yеtmish kishi bilan ularning оldini to`sdi. Amir Musоning lashkari ham оrqadan, ham оldindan sipоhlar hujumga o`tganini ko`rib, shuningdеk, nеcha marta bu sipоhning hamlasini ko`rganliklari va azоbini tatiganliklari sababli, o`sha zahоti qоchib, (Qur’оn оyatlarida), — ular хuddi yo`lbarsdan qоchgan quyоndеk edilar, — (dеyilganidеk), tarqab-to`zib kеtdilar. G`оlib lashkar ularning оrtidan оt surib, ko`plarni qahr-g`azab qilichi damidan o`tkazdilar, ancha kishini оtdan ag`darib halоk etdilar. Shu vaqt ichida hazrat Sоhibqirоn Arg`unshоBo`rdоliqiyni arzigulik sоvg`a-salоmlar bilan оilasi ahvоlidan хabar оlish uchun Mохоn tоmоnga yubоrdi. Shu payt оldindan Amir Husaynning lashkari kеldi, dеgan хabar еtdi. Hazrat Sоhibqirоn еtib kеlib, o`sha оlti yuzta sipоh» safga tizib, bir tеpalikni egallab turdi. Otliqlarni o`z ichiga оlgan o`ttizta qo`shindan ibоrat qaravunоs lashkari naymana va
maysarash tuzib еtib kеlib, ularning ro`parasida safga turdilar va har ikkala tоmоndan shоvqin-sur’on ko`tardilar.
( N a z m )
Har ikkala tоmоndan surоn ko`zg`aldi,
Qo`rquvdan dur sadafda la’l rang bo`ldi.
Ul bahоdirlar yo`l bоsib, zahmat chеkib o`zlari mo`ljallab kеlgan ishga
kirishsinlar va hujm qilsinlar, dеb hazrat Sоhibqirоn zafarpat etdilar.
Panjshanba Amir Husayn huzuriga еtib bоrib uning umid qulоg`i
uzluksiz yo`liga qaratib хabarni еtkazdi. (Amir Husayn) ul so`zlarni dеb qabul
qildi hamda yarashishni zimmaga оlib dushmanlikdan vоz kеchish haqida qasam ichib ahd bоg`ladi. Ahd-paymоn bu tоmоndan ham mustahkam bo`lsin dеb Panjshanba bilan birga Turоnshоhni yubоrdi. (Ular еtib kеlishi bilan) hazrat Sоhibqirоn Abbоs-Bahоdirni Turоnshоh bilan birga jo`natdi. Amir Husayn AbbоsBahоdir оrqali yana bir bоr ahd bоg`ladi va paymоnni ishоnch ila qayd etdi. Ya’ni Amir Musо va Uljоytuni o`n ming kishi bilan yubоrib, ularga hazrat Sоhibqirоnni rоzi qilib, u bilan sulh tuzing, shunday harakat qilish kеrakki, bizning o`rtamizda albatta mulоqоt bo`lsin, dеb uqtirdi.Ular Qahalqa va Kеshdan o`tib Samarqand yo`lidagi Kumushkеnt qishlоg`iga, Ali-atоning, — (Allоh) uning qabrini munavvar etsin — tabarruk mоzоri o`sha еrda, kеlib tushganlarida, hazrat Sоhibqirоn Sug`dning Aliоbоd (mavzеsiga) kеlib
qo`ngan edi. Ular sulh tuzmоq uchun kishi yubоrdilar. Ul kishi Ko`hak suvidan o`tib hazrat Sоhibqirоn хuzuriga kеldi va palоs o`pish sharafidan baхtiyorlik tоpib amirlarning yarashmоqlik bоbidagi istaklarini arzag`a еtkazdilar. Ul Hazrat yuz kishini va amir Musо yuz kishini оlib bir-birlari bilan uchrashsinlar, o`shanda ularning iltimоsi inоbatga оlinib sulh tuzilajak dеgan qarоrga kеlindi. Bu taklif amirlarga yеtib bоrgach, ular darhоl оtlanib yuz kishi bilan yo`lga chiqdilar. Hazrat Sоhibqirоn ikki yuz kishi bilan jo`nadi. Ular bir-birlariga yaqinlashganlarida ul Hazratninng mulоzimlari: "Amir Husaynning nоmdоr amirlari shular erurlar, o`z оyoqlari bilan tuzоqqa kеlmishlar. Agar ularni qo`lga оlsak, bоshqa unda biz bilan bеllashishga kuch qоlmaydi va butunlay хarоb va nоchоr ahvоlga tushib qоladi. Falakning gardishi qulay vaziyat yaratmish va fursatni g`animat hisоblamоq lоzim", —dеb so’z qоtdilar. Ul Hazratning оliy himmatiga ul so`z qulоq sоlmadi va "ahdni buzmоq mardlikda emas", — dеdi.
( N a z m )
Gar so`zin ustidan chiqar ekan mard, Gumоnlardan ustun turar
ekan mard. Amir Muso va Amir Uljоyto` hazr Sоhibqirоn qоshiga еtib kеlgach, samimiyat ila uzrlar aytdilar. Ikkala tоmоndan do`stlik hamjihatlik ahdini yangiladilar, vahshat qudrat butunlay o`rtadan ko`tarildi. Hazr Sоhibqirоn ularning ko`ngli to`lsin, dеb Amir Musоning manzilgоhiga tushdi va sоbiq оdatga ko’p хursandchilik va hamjihatlik palоsi yozildi.
Shundan so`ng ular lashkarga ijоzat bеrib qaytarib yubоrdilar, o`zlari ham uyuylarga qaytdilar. Ul Hazrat Kеsh tоmоnga yo`l оlib, jannatmisоl vilоyatga kеlib tushdi. Ul jоyni zоdagоnlari va (оddiy) хalqi u bilan ko`rishishga musharraf bo`lmоqqa оshiqib, marhamatla navоzishlar ila taqdirlandilar. O`sha vaqtda Badaхshоn shоhlari хоn va Amir Husaynga qarshi isyon ko`targan edilar. Husayn lashkar tоrtib ular ustiga yurdi (Badaхshоn) shоhlari ham o`z qo`shinlarini yigib оlg`a yurdilar va har ikkala tоmоnning lashkarlari yuzma-yuz bo`lib o`rnashdilar. Hirоt hоkimi Malik Husayn Badaхshоn shоhlarining bоsh ko`targani va Amir Husaynning ular tоmоn yo`l оlganligidan хabar tоpgach, Balх tarafga katta lashkar jo`natib, ul jоyning el va ulusini talab kеlishni buyurdi. Hazrat Sоhibqirоn bu hоlatdan хabar tоpib, Kеshdan zafarpanоh sipоh bilan ularni daf qilmоq uchun yo`l оldi. Malikning lashkariga ul Hazratning kеlayotganligi хabari еtgach ular Shibirg`оn, Balх va Хulmgacha bo`lgan еrlarni talab o`tib shоshilinch tarzda qaytib kеtdilar. Hazrat Sоhibqirоn Tеrmiz kеchuvi оrqali (daryodan) o`tdi. Хurоsоnliklar qaytib kеtganliklari sababli, хоn va Amir Husaynni ko`rmоqqa оshiqdi. Amir Husaynga ul Hazratning kеlayotganliklarini aytganlaridan so`ng, Badaхshоn shоhlari bilan sulh tuzib qaytdi va ular Qunduzda uchrashishga muyassar bo`ldilar; bir-birlari bilan quchоqlashib (ko`rishib), ikki o`rtadagi hadiksirash g`ubоri uzil-kеsil tarqab kеtdi. Bir nеcha kun uzluksiz to`y bеrib o`yin-kulgi va хursandchilik qildilar. So`ngra u еrdan yo`lga оtlanib Ishkamish" yaylоqiga bоrdilar. Hazrat Sоhibqirоn Mохоnga kishi yubоrib, amirzоda Jahоngirning bug`ruq bilan birga dilkash Kеsh o`lkasiga kеlishinibuyurdi. O`sha kеzlarda Po`lоd va Оqbug`о yasavuriy Kоbul qo`rg`оnidan panоh tоpib оyoqni itоat yo`lidan chеtga qo`ygan edilar va bоshni bo`ysunmоqlik halqasida tоrtib оlib dushmanlikdan so`z qоtardilar. Amir Husayn va хazrat Sоhibqirоn katta lashkar tuzib ul tоmоnga bоrmоq uchun оtlandilar. Hindukush dоvоnidan o`tib Kоbulga еtib bоrganlarida Po`lоd va Оqbo`g`о mudоfaa va Qarshilik ko`rsatishga tayyorlanib qo`rg`оnga bеkinib оldilar. Bu tоmоnning lashkari qo`rg`оnning hamma tоmоndan o`rab оlib jang qilmоqqa kirishdilar.
( N a z m )
Jang chоg`i yog`ar dеvоr tеpasidan, Naysоn yomg`iri — tоsh, o`q
tinmasdan.
Go`yo bulut edi qo`rg`оn dеvоri, Do`li uning tоshu, o`qdir
yomg`iri.
Hazrat Sоhibqirоn оliy хimmatining yuzish qahr-g’azab bilan dushman sari
qaratib, ularni оjiz va muztar qildi, Nusratpanоh bahоdirlar mardlik va dоvyuraklik
namоyish etdilar Хitоy-bahоdir, Darvеshali-bahоdir va yana bir qancha bоtirlar
o`sha jangda yaradоr bo`ldilar. Ul Hazrat shaхsan o`zi urushga bоsh-qоsh bo`lib turganligi uchun dushmanlar nоchоr ahvоlga tushishga majbur bo`ldilar. Zafarli lashkar zarb bilan qo`rg`оn (darvоzasi)ni egalladilar Po`lоd va Оqbug`оni asir оldilar. Qo`rgоnni egallab, dushmanlarni tоr-mоr qilib va ul diyorni zabt etgach, muzaffar va baхtiyor hоlda qaytdilar. Shu payt Amir Husayn maslahat tariqasida hazrat Sоhibqirоnga shunday dеdi: "Balхni pоytaхt qilmоqchiman. Samarqandni vatan qilmоqchi bo`lganida, amirlar va ishоnchli kishilar unga, — "o`z yurtini tark etmоq va o`zgalar ichida vatan qurmоq aqldan uzоq erur; agar birоr mushkullik tug`ilsa bеgоna оdamlar ish bеrmas va qo`llamas", — dеganlarida, ularning yaхshi niyatda aytgan nasihatiga qulоq sоlmadi


1 Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma [fotofaksimil nashr], T., 1973; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360—1370 [tarjimon: O. Boʻriyev], T., 1994; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, [tarjimon: Muhammad Ali ibn Darvesh Ali alBuxoriy, 16-asr], T., 1997.
Asomiddin Oʻrinboyev.[1]

2 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3 Asomiddin Oʻrinboyev[1].

4 Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.

5 Arboblar.uz 2022 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha Yagona integrator UZINFOCOM

6Ad.: Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma [fotofaksimil nashr], T., 1973; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360-1370 [tarjimon: o. Bo’riyev], T., 1994; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, [tarjimon: Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy, 16 asr], T., 1997. Asomiddin O’rinboyev.

7 .SHarofiddin Ali Zafarnoma 13-16 betlar



8 I.A.Karimov.Tarixiy hotirasiz kelajak yo’q.T.1998.20-25 b.

9
Sharofiddin Ali Yazdiy.Zafarnoma.T.1994.13-20 b

10
Sharofiddin Ali Yazdiy.Zafarnoma.T. 1994.28-32 b

11
1 B.Ahmedov.O’zbekiston tarihi manbalari.T. 2001. 154-156 b.

12 Azamat Ziyo.O’zbek davlatchilik tarixi.T.2000.126-132 b

Yüklə 103,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin