Tranzit kabellari o’tgan, shuningdek yog’ to’ldirilgan apparatura va gaz kommunikatsiyalari mavjud bo’lgan binolarda moddiy boyliklarni joylashtirish taqiqlanadi
Tranzit kabellari o’tgan, shuningdek yog’ to’ldirilgan apparatura va gaz kommunikatsiyalari mavjud bo’lgan binolarda moddiy boyliklarni joylashtirish taqiqlanadi. Yerto’ladagi yoki ombor binosining tayanch qismida yong’in sodir bo’lganda tutuni chiqib ketishi uchun ikkitadan kam bo’lmagan tuynuk yoki eni 0,9 m va balandligi 1,2 m bo’lgan derazalar bo’lishi lozim. Ombor binolarida yorug’lik faqat elektroenergiya orqali bo’lishiga ruxsat etiladi. Ombor binolaridagi umumiy elektr uzgich (elektrorubilnik) ombor tashqarisida, shkafda, yonmaydigan devorda joylashgan bo’lishi lozim, yonuvchi binolarda esa alohida tirgakda bo’lishi lozim. Tovar va elektr yoritgich orasidagi masofa 0,5 m dan kam bo’lmasligi lozim. Ombor binolari ichidagi yog’ochli tuzilmalarga yong’indan himoyalovchi birikma bilan ishlov berilgan bo’lishi lozim. Gaz plitalari, maishiy elektr isitish asboblarini va pechlarni moddiy omborlarga o’rnatishga ruxsat etilmaydi. Yuk va yuklagich mexanizmlarini ombor rampalarida saqlash taqiqlanadi. Rampaga tushirilgan materiallar omborxona ishi tugagach, olinishi lozim. Stellajda saqlanmaydigan tovarlar taxlamlarga yotqizilishi shart. Omborning eshik o’rni ro’parasida eni eshikka teng bo’lgan, lekin 1 m dan kam bo’lmagan o’tish joylari qoldirilishi lozim. Omborlarda har 6 m da eni 0.8 m dan kam bo’lmagan bo’ylama o’tish joylari bo’lishi lozim. Saqlanadigan tovar va yoritgich orasidagi masofa 0.5 m dan kam bo’lmasligi kerak. Ombor binolarida yuk ortish va tushirish, transport vositalarining to’xtab turishi va ta’mirlanishi, A, Б, В1-В4 toifali ombor binolariga lokomotivlarning kirishiga ruxsat etilmaydi. Ombor binolarida taralarni ochish, nosozliklarni tekshirish va mayda ta’mir, mahsulotlarni qadoqlash, yong’inga xavfli suyuqliklardan ishchi aralashmalarni (nitrobo’yoq, lak va h.k.) tayyorlash bilan bog’liq barcha operatsiyalar bino ichkarisida saqlash joylaridan ajratilgan holda bajarilishi lozim.