I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Quyosh nurlarining ta’sirini oldini olish maqsadida yerda o’rnatilgan oson alangalanuvchi suyuqliklar rezervuarlari ochiq rangli bo’yoq bilan bo’yalishi lozim



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə124/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Quyosh nurlarining ta’sirini oldini olish maqsadida yerda o’rnatilgan oson alangalanuvchi suyuqliklar rezervuarlari ochiq rangli bo’yoq bilan bo’yalishi lozim.
Har bir rezervuar uchun texnologik xarita tuzilib, unda rezervuar raqami, uning vazifasi, quyishning maksimal sathi, minimal qoldig’i, to’lish va bo’shash tezligi, shuningdek, agarda isitishni talab qiladigan mahsulotlar saqlansa, uning eng yuqori isitish harorati ko’rsatilishi lozim.
Rezervuarlarni to’ldirish va bo’shatish faqat tegishli surilma qopqoqlarning ochilishi va yopilishi to’g’riligini tekshiruvdan o’tkazgandan so’ng mumkin. Mahsulot suyuqlik qatlami ostida kelib tushishi lozim. Rezervuarga mahsulotni "sust (past) oqim" bilan uzatishga ruxsat etilmaydi.
Rezervuardan foydalanish jarayonida doimo rezervuarning zichligini, sifon kranlarining holatini, flans birikmalari qistirmalarini, salnik surilma qopqoqlarini va h.k nazorat qilish lozim.
Rezervuarlarni ta’mirlash ishlari faqat rezervuarlar suyuqlikdan to’liq bo’shatilganda, quvurlar uzilganda, hamma tuynuklar ochilganda, sinchiklab tozalanganda (bug’langanda va yuvilganda), rezervuardan havo va portlovchi konsentratsiyasi yo’qligi to’g’risida tahlil olinganda ruxsat etiladi.
Oson alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar tashuvchi avtotsisternalar ishonchli yerga ulash moslamasi bilan jihozlanishi lozim, chiqarish quvurlari esa uchqun o’chirgichlar bilan jihozlanib, radiator ostidan chiqarilishi lozim.
Rezervuarlarni tozalash, shuningdek ularga xizmat ko’rsatish ishlari yong’in xavfsizligi bilan kelishilgan maxsus naryad bo’yicha, rezervuar devorlarini urish va ishqalash vaqtida uchqun chiqarmaydigan maxsus asbob bilan amalga oshiriladi. Urish va kesish asbobini har bir qo’llanishdan so’ng maxsus konsistentsiyali moy bilan moylash lozim.
Nasos stansiyalari binolarida nasos va quvurlarning zichligi doimiy ravishda nazorat ostida bo’lishi lozim. Nasos salniklari va quvur birikmalaridagi sizib chiqishlar darhol bartaraf etilishi lozim. Nasos xonalaridagi pollar va lotoklar toza saqlanishi lozim.
Nasos stansiyalari devorlaridagi texnologik va boshqa tuynuklar yonmaydigan materiallar bilan bekitilishi lozim. Nasos stansiyalari ishga tushishdan oldin oqimli-tortuvchi ventilyatsiya yoqilishi lozim.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin