I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Ushbu hujjatga muvofiq yong’in xavfsizligini barcha darajada ta’minlashga doir faoliyatni takomillashtirish maqsadida



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə133/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ushbu hujjatga muvofiq yong’in xavfsizligini barcha darajada ta’minlashga doir faoliyatni takomillashtirish maqsadida:

  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yektlar va hududlarda yong’in xavfsizligi talablariga rioya etish bo’yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi;

  • yuqorida qayd etilgan mansabdor shaxslar har chorakda o’zlariga qarashli ob’yekt va hududlardagi yong’inga qarshi holatni tanqidiy tahlil qilishi zarurligi belgilandi.

Qarorda haftaning har chorshanba kuni «Yong’inlar profilaktikasi kuni» deb belgilandi va Davlat yong’in xavfsizligi xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar yuklandi:

  • barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda yuz bergan katta yong’inlar sabablari va ularning paydo bo’lishiga olib kelgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy tahlil qilish va ushbu tahlil yakunlari bo’yicha yong’inlarning oldini olishga qaratilgan “Yo’l xaritalari” tasdiqlandi;

  • davlat ahamiyatiga ega alohida ob’yektlarda yong’in xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, yong’in-taktik o’quv mashg’ulotlar va ushbu ob’yektlar rahbarlari o’rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir kompleks tadbirlar o’tkazish;

  • markaziy va viloyat telekanallarida yong’inlar bilan bog’liq hodisalarni yoritish bo’yicha maxsus axborot ko’rsatuvlarini, shuningdek, yong’in sodir bo’lgan joylardan va ularni bartaraf etish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida tezkor reportajlar tayyorlab efirga uzatish.

Mazkur qarorga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari huzurida yong’in xavfsizligi bo’yicha komissiyalar tashkil etilishini alohida ta’kidlash zarur.
Yong’in xavfsizligini ta’minlash, yong’in sodir bo’lishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, yong’inlarning oldini olish sohasida davlat organlari, tadbirkorlik subektlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq joylarda va olis aholi punktlarida ko’ngilli yong’in bo’linmalarini tashkil qilishga ko’maklashish va ularni moddiy va ijtimoiy rag’batlantirish komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Yong’in xavfsizligini ta’minlash tizimi. Yong’in xavfsizligini ta’minlash tizimi deganda yong’inlarning oldini olish hamda ularni o’chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iborat tizim tushuniladi. Yong’in xavfsizligini ta’minlash tizimi subektlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolardir.
2.Muxandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarni yong’in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo’llashga o’rgatish.
Barcha muhandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilar yong’in-texnik bilimlarini chuqurlashtirish hamda mavjud yong’indan himoyalash vositalaridan foydalanish, yong’in ro’y berganda xavfsiz va to’g’ri harakat qilishni bilish hamda jabrlanganlarga birinchi yordamni ko’rsatish malakalarini egallash maqsadida yong’in xavfsizligi bo’yicha tayyorgarlikdan o’tishlari kerak.
Muhandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarni yong’in xavfsizligi bo’yicha tayyorlash (har bir korxona tomonidan, mazkur korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan) o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin