Shu maqsadda yo’riqnoma o’tkazilayotgan xonada yo’riqnoma uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali qo’llanmalar jamlamasidan iborat burchak tashkillashtirilishi kerak
Shu maqsadda yo’riqnoma o’tkazilayotgan xonada yo’riqnoma uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali qo’llanmalar jamlamasidan iborat burchak tashkillashtirilishi kerak. Sexlarning yong’in xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar ishga yangi qabul qilingan ishchini ishga qo’yishdan avval, uning birlamchi yo’riqnomadan o’tganligiga amin bo’lishlari, faqat shundan so’nggina unga ish joyidagi (u ishlaydigan sex yoki ishlab chiqarish qurilmasining portlash-yonish va yong’in xavfsizligi shartlari bo’yicha) yo’riqnomani o’tkazishni tashkil etishlari kerak. Sexda o’tkaziladigan yong’inga qarshi yo’riqnoma ishchi yoki xizmatchini bir sexdan boshqasiga o’tganda ham yoki bir texnologik operatsiyadan boshqasiga o’tganda ham majburiydir. Sexda o’tkaziladigan yong’inga qarshi yo’riqnoma ish joyida o’tkazilishida korxona rahbarining qaroriga asosan mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma bilan birlashtirilishi mumkin. Yo’riqnoma yakunida yo’riqnomada olingan bilim va ko’nikmalarni tekshirish o’tkaziladi. Yong’in-texnik minimumining maqsadi sexlarning ishchi va xizmatchilarining umumiy texnik bilimlarini oshirish, ular tomonidan ishlab chiqarishning o’ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqadigan maxsus yong’in xavfsizligi talablarining o’zlashtirilishi, shuningdek mavjud yong’in o’chirish vositalaridan foydalanishning usul va uslublarini batafsil o’rganish hisoblanadi. Ishga kirish vaqtida yong’inga qarshi yo’riqnomadan o’tgan shaxslar, yong’in-texnik minimumidan ozod etilmaydilar. Odatda yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar bevosita sexlarda o’tkazilishi kerak. Yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar dasturi yuqor turuvchi tashkilot tomonidan “Korxonalar, qurilishlar, korxonaning boshqa ob’yektlari ishchilari va xizmatchilari bilan yong’inga qarshi yo’riqnomalarni va yong’in- texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish dasturi” asosida ishlab chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi IIV YoXBB bilan kelishiladi. Dasturda ko’zda tutilgan mavzular o’rganib chiqilganidan so’ng ITX, ishchi va xizmatchilar sinov topshiradilar.