Zina balandligi 15 sm dan ortiq bo’lganda tutqichli to’siq ko’zda tutish lozim. Evakuatsiya yo’llarida aylanma zinalar va qo’shimcha zina oldi pillapoyalari, hamda zina va zina katagida turli endagi va balandlikdagi pog’onalar o’rnatishiga yo’l qo’yilmaydi. Zina va zina kataklari bo’yicha evakuatsiya.Evakuatsiya uchun mo’ljallangan zina shu jumladan zina kataklari joylashgan zinalar eni undan istalgan evakuatsiya chiqishi joyi (eshik) enidan kam bo’lmasligi lekin odatda: a)1,35m dan - Ф1.1 sinfga mansub bino uchun; b)1,2m dan - birini qavatdan tashqari, istalgan qavatda mavjud odmlar soni 200 kishidan ko’p bo’lgan binolar uchun; v) 0,7m dan - yakka ish joylarini olib beruvchi zinalar uchun; g) 0,9m dan - qolgan hamma xolar uchun kam bo’lmasligi kerak. c)Evakuatsiya yo’llarida zina qiyaligi, odatda 1:1dan ortiq; pog’ona eni, odatda 25 sm dan balandligi esa 22 sm dan ortiq bo’lmasligi lozim. Yakka ishchi o’rinlariga o’tish joylari uchun zinalar qiyaligi 2%gacha ko’paytirish mumkin. Egri chiziqli tantanavor zinalar tor qismida pog’onalar enini 22 sm gacha, faqat umumiy ish o’rinlari 15 kishidan kam bo’lgan xonalar (A va Б toifadagi Ф5 sinfga mansub xonalardan tashqari) olib boruvchi zinalar pog’onalari eni 12 sm gacha kamaytirishga yo’l qo’yiladi. Uchinchi turdagi zinalar odatda К1 sinfga mansub, yong’inbardoshlik chegarasi REI-30 dan kam bo’lmagan devorlarning tuynuksiz (yorug’lik tushish bo’shliqlarimiz) qismida yonmaydigan ashyolardan tayyorlashish lozim. Bu ztajlar evakuatsiya chiqish joylari satxida 1,2 m balandlikda to ‘ siqli maydonlarga ega bo’lishi va daraja bo’shlig’idan 1m dan kam bo’lmagan masofada joylashishi lozim. Zina maydonlari eni, zinapoya enidan kam bo’lmasligi, kengaytirilgan eshikli liftlarga chiqish oldida - zinapoya eni va lift eshigi enining yarimi yig’indisidan, ammo 1,6 m dan kam bo’lmasligi shart. To’g’ri zinapoyalarda ora maydonchalar eni 1m dan kam bo’lmasligi lozim.