Qavat ikkitadan kam bo’lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo’lishi kerak, agar qavatda 2-ta dan kam bo’lmagan evakuatsiya chiqish yo’liga ega bo’luvchi xona joylashgan bo’lsa. Binodan evakuatsiya chiqish joylari va yo’llarning soni, binoning istalgan qavatidagi evakuatsiya chiqish joylari sonidan kam bo’lmasligi kerak. Ikki va undan ortiq evakuatsiya chiqish yo’llari mavjud bo’lsa ular tarqatilgan holda joylanishi kerak. Ikki evakuatsiya chiqish joylari o’rnatilgan bo’lsa, u holda ularning har biri xonada, qavatda yoki binoda mavjud bo’lgan hamma odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini ta’minlash lozim. Barcha uzoq masofali evakuatsiya chiqish joyilaridan eng kichik «L» uzunligi pastda kursatilgan tenglamalar yordamida topiladi: L > iJP(n -1) binoning xona ichidan L > 0,33 D bino yo’lakdan (n-1) bu yerda: P-xonaning perimetrii (to’rtta devorning uzunglingning yig’indisi); n-evakuatsiya chiqish joylarning soni; D - yo’lak uzunlini, m. Ikkitadan ortiq evakuatsiya chiqish joylari mavjud bo’lsa, xonadagi, qavatdagi yoki binodagi hamma odamlarni bexatar evakuatsiya qilish ularning har biridan tashqari, hamma evakuatsiya chiqish joylari bilan ta’minlanishi kerak. Evakuatsiya chiqish joylari balandligi 1.9 m dan, eni esa kam bo’lmasligi kerak: ШНК 2.01.02-04ga asosan 1.2 m dan - Ф1.1 sinfga mansub xonadan evakuatsiya qilinadiganlar soni 15 kishidan ortiq bo’lganda, boshqa vazifaviy yong’inga xavfli xona va binolardan, Ф1.3 sinfga mansublari -50 kishidan ortiq bo’lganda bundan mustasno.