A, B va E guruhlariga kirgan ishlab chiqarish tarmoqlari portlashga xavfli, V - Yong’inga xavfli hamda Yong’inga xavfsiz ishlab chiqarish - G va D guruhlari kiradi
A, B va E guruhlariga kirgan ishlab chiqarish tarmoqlari portlashga xavfli, V - Yong’inga xavfli hamda Yong’inga xavfsiz ishlab chiqarish - G va D guruhlari kiradi. Respublikamizda ushbu guruh toifasiga kiruvchi ishlab chiqarish ob’yektlari ko’pligini va ularning ayrimlarini axoli yashash joylariga yaqin ekanliklarini e’tiborga olsak, favqulodda vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tadbiq etish nixoyatda muhimligini ko’rsatadi. O’tga chidamliligi jihatidan qurilish inshoatlari va binolari 5 turga bo’linadi. Barcha qurilish materiallari o’tga chidamliligi jihatidan 3 turga bo’linadi: 1) yonmaydigan - beton, pishiq g’isht, marmar, yuqori haroratda yonmaydigan, tutamaydigan va erimaydigan materiallar; 2) og’ir yonuvchan - yuqori harorat ta’sirida qiyinchilik bilan uchqunlanadigan, tutaydigan va ko’mirlanadigan, faqat olov manbai bo’lganidagina yonadigan materiallar kiradi. Bularga DVP, DSP va boshqalar kiradi; 3) yonuvchan - bularga yog’och materiallari, tsellyuloza, plastmassa, qog’oz va bitumlar kiradi. Respublikamizda shaharlar, qishloqlardagi axoli zich yashaydigan joylar va xalq xo’jaligi ob’yektlarining yong’in muхofazasini mustahkamlash uchun yong’inga qarshi kurash reja asosida olib boriladi va shu to’grisida doim g’amxo’rlik qilib kelinadi. Ana shu yong’in muхofazasi ishining ikki asosiy yo’nalishi bor: - birinchidan, yong’inning oldini olishga qaratilgan ilmiy-texnik va tashkiliy tadbirlarning rejali majmui; - ikkinchidan, ob’yektlar, shahar va qishloqlardagi axoli zich yashaydigan joylarda yong’inni o’chirishni tashkil qilish. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong’inga qarshi kurash boshqarmasining vazifasi davlat mulkini, fuqarolar shaxsiy mulkini yong’indan saqlashdan iborat, shu bilan birga yong’in nazorati tashkilotlari tashkiliy, nazorat va ma’muriy ishlarni amalga oshiradi. Ularning vazifalariga quyidagilar kiradi: