I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min
Vinilit
667
26,6
5
No’xat uni
560
25
6
Yog’och uni
430
11,2
7
Kazein
520
45
8
Kakao
420
45
9
Kamfora
850
10,1
10
Kanifol
325
12,6
11
Kartoshka kraxmali
430
40,3
12
Makkajo’xori kraxmali
410
32,5
13
Magniy
480
20...30
14
Naftalin
575
2,5
15
Тegirmon changi (kulrang)
800
17,6
16
Quruq sut
875
7,6
17
Un changlari (bug’doy va boshqa donli o’simliklarniki)
410
20...63
18
Yantar
680
20,2
19
Polistirol
475
25
20
Polietilen
450
25
21
Rezina changi (sanoatdagi)
1000
10,1
22
Lavlagi shakari
360
8,9
23
Oltingugurt
235
2,3
24
Organik shisha
579
12,6
25
Тitan
330
45
26
Yog’ochko’mir
-
68,8
27
Тoshko’mir
-
100...250
28
Fenoplast
491
36,8
29
Choy
925
32,8
30
Ebonit
360
7,6
Ilova: Yonuvchi chang va tola alangalanishining pastki konsentratsiya chegarasi 65 g/m3 katta bo’lmasa, ular portlashga xavfli hisoblanadi. Mavzuni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch so’z va iboralar. Yonish, chaqnash, alangalanish, pоrtlash, o’z - o’zidan alangalanish, yonish sharti, yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan matеriallar, ishlab chiqarish korxonalari, texnologik jarayonlar, portlash, ko’pik, suv. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. Yong’in хavfsizligi asоslari haqida ma’lumot bering.
Yong’inning kеlib chiqish sabablari va хatarli оmillarini tushuntiring.
Yong’in хavfsizligiga dоir asоsiy talablar va qоidalar nimadan iborat?
Yong’in muxofazasi qanday tashkil qilinadi?
Yong’inni kеlib chiqish sabalari niamlardan ibоrat?
Yong’inni o’chirishda ishlatiladigan mоddalar turlari va ularni хususiyatlarini aytib bеring.
Ishlab chiqarishda yong’inga qarshi chоralar dеganda nimani tushunasiz?
Davlat yong’inni nazоrat qilish оrganlari vazifalari va vakоlatlariga nimalar kiradi?
IV BO’LIM 16-MA’RUZA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH ASOSLARI.
1-MAVZU:
RESPUBLIKADA HALOKATLAR TIBBIY XIZMATINING TASHKIL ETILISHI VA UNING ASOSIY VAZIFALARI. TIBBIYOT FANI TARIХI, SHIFОKОRDAN ОLDINGI YORDAMNING MAQSADI VA VAZIFALARI.
Reja: 1. Halokatlar tibbiyoti xizmatining asosiy vazifalari. 2. Birinchi tibbiy yordami. 3. Birinchi shifokor yordami. 4. Malakali tibbiy yordami. 5. Ixtisoslashgan tibbiy yordami. 6. Halokatlar tibbiyoti xizmatini tashkil etish tamoyillari. Halokatlar tibbiyoti xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam xizmatini ko’rsatish. bu xizmatning kuch va vositalarini shakllantirish.
Tez tibbiy yordam xizmati kuchlari va vositalari tayyorgarligini oshirish.
- Halokatlarning oldini oladigan tibbiy tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish. - Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam, birinchi tez shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko’rsatish usullarini qo’llash. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam ko’rsatishni tashkil etishda halokatning miqyosi va sanitariya talafotining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta. tabiiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talafoti katta miqvosida bo’lganda. buning oqibatlarini tugatishda maxsus yondashuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday xolatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talafot o’chog’ining o’zida yoki unga yaqin bo’lgan joyda tibbiy yordam ko’rsatilishi lozim bo’ladi. Katta miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashki etishda quyidagi ishlar bajariladi:
shikastlangan o’choqlarni tibbiy razvedka qilish:
jabrlanganlami qidirib topish va ularni qutqarish;
Shikastlangan o’choqlami razvedka qilishda - axoli soni. tibbiy xizmat kuchlari va vositalari soni. talafot darajasi, yo’llar va suv manbalarining mavjudligi hamda ulaming ahvoli haqidagi maiumotlar olinadi. Jabrlanganlami qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan - bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi hamda iloji boricha ularning hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillarni qutqaruvtizimlaridan tashqari, o’t o’chiruvchilar, jamoattartibinisaqlovchi harbiy qismlarning xodimlari hamda ko’ngilli fuqarolar bajaradilar. Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Saralash -tibbiy yordamning hajmini, turini hamda yordam ko’rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlarni transportiarda tashish imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi. Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish - talafot olganlarni shikastlangan o’choqlardan olib chiqish. ularga tibbiy yordam ko’rsatish hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi toidiriladi va yaradorlarni transport vositalari (temiryo’I, avtomobil, suv va havo yo’Ii) yordamida evakuatsiya qilinadi. Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar ko’rsatiladi. Shunday qilib, shikastlangan o’choqda qolgan jabrlangan axoliga tibbiy yordamning hamma turlari: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami. malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin-ketin ko’rsatiladi.