I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə175/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Barcha davolash muassasalariga shikastlanganlar tibbiy saralash birkasi bilan olib kelinadi, unda jabrlangan fuqaroga qanday tibbiy yordam ko’rsatilishi yozilgan bo’ladi.
Tibbiy evakuatsiyada kasalxonalarga faqat statsionar davolanishga muhtoj bo’lganlar yotqiziladi. Yengil va o’rtacha jarohat olganlar hamda statsionar sharoitida davolanishi zarur bo’lmaganlar ambulatoriya sharoitida davolanishlari kerak.
Yer silkinishida turli tan jarohati olganlar bilan bir qatorda, ruhiy shikast olganlarga (endokrenologik kasaliiklari, zo’riqib bolasi tushib qolganlarga va boshqalarga) alohida tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur. Bunday kasallarga tibbiy yordam berishda tez tibbiy yordam xizmati va maxsus yordam xizmati xodimlari yetakchi o’rinda turishlari. har qanday tasodiflarda to’g"ri qarorga kelishga tayyorgarliklarini oshirishlari talab etiladi. Yurak, qon-tomir va boshqa xavfli kasalliklarga chalingan kasallarga tibbiy yordam berish uchun ixtisoslashgan tibbiy yordam brigadalari (maxsus yordam xizmati) xizmatidan foydalaniladi. Jumladan, akusher-genekologik, psixonevrologik, kardiologik va boshqalar.
O’tgan zilzilalar paytida olingan jarohatlar tahlili shuni ko’rsatdiki, 10 foiz jarohat - binolar devori va tomi qulashidan, 35 foizi - bino va inshootlar qurilmalari va boloklari sinib tushishidan, 55 foizi - fuqarolarning zilzila paytida qanday yiqilish kerakligini bilmaganliklaridan yuzaga kelgan. Tabiiy ofatlar tez-tez ro’y beradigan hududlarda sanitar va ma’rifiy tadbirlar doimiy ravishda olib borilishi kerak. Tabiiy ofat hududida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o’tkazishning muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta"kidlash lozim.
Ba’zida tabiiy ofat natijasida minglab oilalar boshpanasiz qoladilar va noqulay. juda qiyin sharoitga tushib qoladilar. Odamlarni chodirlarga ko’chirish. binolar buzilishi oqibatida oqova kanallari izdan chiqishi. kir yuvish va hammom xizmatlarining yomonlashuvi natijasida yuqumli kasalliklar paydo bolishi uchun qulay vaziyat tug’iladi. Bu sharoitda tibbiy xizmat oldida yuqumli kasalliklar tarqahshining oldini olish vazifasi paydo bo’ladi. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari izdan chiqqan sharoitda epidemiyaga qarshi ko’chma otradlar SES vazifasini o’z zimmmalariga olishlari kerak.
Axolini yaxshi, sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash. uy-joy axlatlarini markazlashtirilgan tarzda olib chiqib ketish, sifatli va to’laqonli oziq-ovqat bilan ta"minlash. hammomlarning doimiy ravishda ishlashi. yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Esda saqlash lozimki, bolalarga yuqumli kasalliklar juda tez yuqadi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin