I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə19/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali:

- har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay xolda tugashi;
- o’tgan va bo’lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog’langan bo’lishi;
- harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo’lgan vaqt taxminan doimiy va yo’l uzunligiga bog’liq bo’lmasligi;
- qo’lning egri chiziqli uzluksiz harakati to’satdan yo’nalishini o’zgartirgan yakka harakatdan tez bo’lishi;
- aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo’lishi:
- qo’lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo’lishi;
- agar harakatda ikkala qo’l qatnashsa, ular vaqt bo’yicha simmetrik va sinxron (tekis) bo’lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
- aniq harakatlarni hardoim o’tirib amalga oshirish lozim.
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta’minlash uchun ergonomika sohasidagi mutaxassisllar uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar: ma’lumot, biofizik, energetik, fazoviy - antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar.
Ma’lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning bu maMumotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo’riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta’minlanadi. Biofizik jihatiida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik xolat va zarur ish qobiliyati ta’minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug’lik va havo muhitining ko’rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo’ladi.
Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko’riladi. Bunda operator tomonidan qo’yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin