Is gazi - xonadonlarimizda foydalaniladigantabiiy gazning to’liq yonmasligi, ko’mir va organik moddalarning chala yonishidan xosil bo’ladigan gazdir. Is gazi inson organizmining nafas yo’llari va nafas a’zolariga kuchli ta’sir qiladi. Is gazi nafas yo’llari orqali organizmni, xususan markaziy asab sistemasini zararlaydi. Is gazidan qator organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, garajlarda ventilyasiya yomon bo’lganda, yangi bo’yalgan shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz yonib turganda va pechka bilan isitiladigan uylarda va pechka qopqog’i o’z vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin. Is gazidan zaharlanish uning havodagi konsentratsiyasi va ta’sir muddatiga bog’liq bo’ladi. Zaharlanish engil, o’rta va og’ir darajalarda bo’ladi, bunday xollarda bosh qattiq og’riydi, aylanadi, kusish, hushdan ketish hamda nafas olish sekinlashadi ba’zan o’limga ham olib keladi. Is gazining havodagi o’limga olib keladigan konsentratsiyasi 0,08 foizni tashkil etadi. Birinchi yordam ko’rsatish uchun avvalo, zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Yuzaki nafas olishda yoki nafas olish to’xtab qolganda sun’iy nafas oldira boshlash lozim. Agar bemor hushida bo’lsa, tananing yuqori qismi qisib turuvchi kiyimlardan bo’shatiladi, issiq choy va qahva ichiriladi. Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish xolatlari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: - tabiiy gazning to’liq yonmasligi oqibatida xosil bo’ladigan is gazining salbiy ta’siri; - xonadonlar isitish tizimlariga tabiiy gazning ulanishida me’yoriy talablarga rioya etilmasligi; - tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi; - isitish uchun mo’ljallangan pechkalar hamda mo’rilarning soz xolatda emasligi, yaxshi tozalanmaganligi va boshqalar. Xonaga tabiiy gaz yig’ilib qolgan xolatda, zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur: