ХAVFLARNING ХUSUSIYATLARINI VA GURUHLANISHINI O’RGANISH. Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar 2. Хavflarning guruhlanishi 3. Хavflarni guruhlashga topshiriq
1. Umumiy ma’lumotlar
Faylasuflarning fikricha, insonga berilishi kerak bo’lgan eng to’g’ri ta’rif bu “Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi, yoki faoliyat ko’rsatuvchi odamdir. Ongli ravishda ma’lum bir maqsadga, natijaga erishish uchun qilingan har qanday hatti-harakatni faoliyat deb qarash mumkin. Bu tasdiqdan kelib chiqadiki, faoliyatni faqat insongina o’z ongi va tafakkuri mahsuli sifatida ko’rsatishi mumkin. Buning oqibati o’laroq faoliyat insonlar jamiyati mavjud bo’lishligining eng zarur shartlardan bittasi bo’lib yuzaga chiqadi. Mehnat esa faoliyatning oliy shaklidir, chunki faqat mehnat tufayligina insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chikarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Faoliyat jarayonining modelini umumiy xolda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir - biri bilan to’g’ri va qaytma (teskari) aloqada bo’ladigan inson va muhit elementlaridir (1.1 – rasm).
Inson
muhit
1.1 - rasm. Faoliyat jarayoni modeli (”inson – muhit” tizimi).
Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya’ni tashqi ta’sirga nisbatan qarshi ta’sir ko’rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan. «Inson - muxit» tizimiikkimaqsadlidir. Birinchimaqsadma’lumnatijaga, samaradorlikgaerishishdaniboratbo’lsa, ikkinchisi - yuzagakelishimumkinbo’lganko’ngilsizoqibatlarni (insontomonidanmuhitganisbatanvamuhittomonidaninsonganisbatan) bartarafqilishdaniboratdir.