Paxta tolasi yonganda suv bilan o’chirish samara bermaydi. Yonayotgan paxta toylarini suv to’la xovuzga tashlab, bir haftadan so’ng olingach ham tutay boshlagan xollari kuzatilgan. Buning sababi suvning sirt tarangligi kichik bo’lishiga qaramay juda kichik tirqishlarga, masalan, paxta tolasi, paxta changi yuzalaridagi tirqishlarga kira olmaydi. Ularning atrofi suv bilan qoplangan bo’lishiga qaramay, tolaning ichki qismi cho’g’lanishda davom etaveradi. Shuning uchun paxta yonganda uni o’chirish uchun sirt tarangligini kamaytirish maqsadida xo’llovchi moddalar qo’shiladi. Bu tadbir suv sarfini 2—2,5 marta va o’t o’chirish vaqtini 20—30 %ga kamaytiradi. Keng tarqalgan On-1 xo’llovchi moddasidan suvga og’irligiga ko’ra 3,5—4 miqdor yoki «nekal» HB xo’llovchisi 0,7—0,8 miqdor qo’shiladi. So’nggi yillarda suv neft mahsulotlarini ham o’chirishda ishlatilmoqda. Yong’in bo’layotgan yuzalarga u mayda zarrachalar xolida sepiladi. Bu mayda (0,1—0,5 mm kattalikdagi) tomchilar tezda bug’lanadi va bug’ yonayotgan suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni o’tkazmaydi. Shuningdek, suv oxirgi paytlarda o’t o’chirishda keng qo’llanilayotgan havo-mexanik ko’pik xosil qilishda ham ishlatiladi. O’t o’chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri uning elеktr tokini o’tkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida bo’lgan uskunalarni o’chirish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, natriy) bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqadigan vodorod portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi. Shuningdek, suv bilan kalsiy karbidini ham o’chirib boimaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz — atsetilen ajralib chiqadi. Karbonat angidrid gaziniyong’in chiqqan zonaga yo’naltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong’in o’chiriladi. Bu gaz yonmaydi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15 %gacha tushirishga erishilsa, yonish susayadi. Karbonat angidrid gazi yong’in o’chog’iga gaz xolatida yoki suyultirilgan karbonat angidridli o’t o’chirgich xolatida berilishi mumkin. Suyultirilgan karbonat angidridli o’t o’chirgichda u havo bilan reaksiyaga kirishib -70 °C haroratli qorsimon modda xosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar yuzasini yaxshi sovitadi. Inert gazlardanazot va argon yong’inni o’chirishda ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va bu yong’inni o’chirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid gazichalik samarali emas. Tutun gazlardakislorod miqdori havodagidan birmuncha kam bo’lib, taxminan 18 – 19 % ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdorini 5 – 6 % gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong’inni o’chirishda bemalol qo’llanilishi mumkin. O’t o’chirishda samolyotlarning o’z ish muddatini o’tagan reaktiv yuritkichlarini ishlatish ham yo’lga qo’yilgan. Bular o’t o’chirish mashinalariga o’rnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga yong’in yuzalariga yo’naltiriladi. Ingibitorlar.Galloidlangan uglevodlar yonish reaksiyasiga kimyoviy susaytirgich orqali ta’sir ko’rsatib yong’inni to’xtatadi. Bular inert gazlarga nisbatan ancha samaralidir. Bu maqsadda bromli etil, bromil etilen, dibromtetraftoretan, freon (114 B2)lar ishlatiladi. Freon suv bug’iga nisbatan 20 marta, uglerod oksidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Galloidlangan uglevodorodlar cho’g’langan paxta xomashyosi va tolasini o’chirishda, ayniqsa qo’l keladi. Elеktr tokini o’tkazmaydi va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Ularning qimmatliligi keng qoilashga imkon bermaydi. Bundan tashqari, qaynash haroratining pastligi (38—98°C) va uchuvchanligi ochiq joylardagi yong’inlami o’chirishda qo’llashga monelik qiladi.