I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


– rasm. ПГ – 100 ko’pik generatorining shemasi



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə289/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

12.1 – rasm. ПГ – 100 ko’pik generatorining shemasi.
Shu ish bosimi ostida ko’pik 15 m yuqoriga yetkazib beriladi. O’t o’chiruvchi shlangning diametri 75 mm bo’lganda ko’pik paydo bo’lish jarayoni yaxshi bolishi uchun shlangning uzunligi 60 m. dan kam bo’lmasligi kerak. ПГ – 100 ning ish unumdorligi sekundiga 100 litrni, og’irligi 24 kg. ni tashkil qiladi. Bu generator yonuvchi suyuqlik saqlanuvchi bir necha idishlarni ko’pik bilan ta’minlay olishi mumkin.
Xozirgi paytda ko’pik xosil qilish unumdorligi katta bo’lgan ko’pik generatorlari (ГПС – 200, ГПС – 600 va ГПС – 2000) qo’llanilmoqda. 12.2 – rasmda ГПС – 200 ko’pik generatorining shemasi ko’rsatilgan.

12.2 – rasm. ГПС – 200 ko’pik generatorining shemasi: 1 – metall to’r; 2 – qobiq;
3 – konfuzor; 4 – markazdan qochma purkagich.


Ko’pik xosil qiluvchi qorishma markazdan qochma purkagichga uza-tiladi. Qorishmaning tomchilari qobiqda konfuzor orqali tashqaridan kelayotgan havo bilan aralashadi. Bu aralashma metall to’r kataklaridan o’tib karraligi 80 ga teng bo’lgan ko’pik xosil qiladi va uni yonayotgan yuzalarga yo’naltiriladi.


O’t o’chiruvchi asboblar.
O’t o’chiruvchi asboblar dastlabki o’t o’chirish vositasi bo’lib, yong’inning boshlang’ich davrida, uning kuchayib, tarqalib ketmasligi uchun ishlatiladi. GOST 12.2.047 – 80 «O’t o’chirish texnikasi. Atama va qoidalar» da o’t o’chiruvchi moddaning turiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi:
1. Suyuqlik vositasidagi (faol yuzali moddalar qo’shilgan suv yoki turli kimyoviy birikmalarning suvdagi eritmalari); karbonat kislotali (suyultirilgan karbonat dioksidi); kimyoviy – ko’pikli (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi); havo – ko’pikli (ko’pik xosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan karbonat angidrid gazi yoki havoning aralashmasi); xladonli, (galloidlangan uglevodorod asosidagi kukunli moddalar — bromli etil, xladon va boshq.); kukunli (karbonat ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar); aralashma xolidagi (kukunlar va ko’pik xosil qiluvchilar).
2. O’t o’chiruvchi moddaning miqdori va o’lchamlari bo’yicha — kam hajmli (hajmi 5 litr, 10 litrli), ko’chma va hajmi 25 litrdan kam bo’lmagan statsionar uskunalar.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin