I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Mehnatni muxofaza qilishda nazorat o’tkazishning tashkil etilishi



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə29/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Mehnatni muxofaza qilishda nazorat o’tkazishning tashkil etilishi.
Mehnatni muxofaza qilishning davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat muxofazasiga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni amal qilinishining Davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7. 11. 1994-yildagi 538-sonli) Mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi hamda (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7.04. 2000-yildagi 130-sonli ) «Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish agentligi» tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida mehnat muxofazasi sohasidagi vazifalarni amalga oshirish (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16. 02. 1995 - yildagi 58 – sonli qaroriga muvofiq) Mehnat vazirligining mehnatni muxofaza qilish boshqarmasiga yuklatilgan. Mehnatni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig’i va uning o’rinbosari O’zbekiston Respublikasining Bosh davlat texnik inspektori hisoblanadi. Mehnatning texnik inspektorlari, mas’ul xodimlar hisoblanib, ular korxona, tashkilot va muassasalarda xavfsiz mehnatning tashkil etilishini, ishlab chiqarish sanitariyasini va mehnat qonunchiligining amal qilinishini, ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarining xolatini, ularning kelib chiqish sabablarini o’rganishi va tekshiruvda ishtirok etishi O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Bosh texnik mehnat inspeksiyasi yo’riqnomalari asosida amalga oshiradi. Bular xususida (Mehnat vazirligi Kollegiyasi qarorida 1995-yil 18-fevraldagi «mexnatning Davlat texnik inspeksiyasining huquqlari va burchlari» yo’riqnomasida ko’rsatib o’tilgan). Shuningdek, mehnat muxofazasi masalalarini tekshirishda qator davlat nazorat tashkilotlari: Davlat sanitariya nazorati; Davlat yong’in xavfizligi nazorati; Davlat energiya nazorati; Davlat avtomobil xavfsizligi nazorati o’zlarining vakolatlari doirasida ishtirok etadilar. Bu nazorat tizimlarining tekshirish huquqlari hukumat yoki tegishli vazirlik va yuqori tashkilotlarning tasdiqlagan qarorlarida ko’rsatib o’tiladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin