Evakuatsiya rejalari grafikaviy va matnli qismlardan tashkil topadi. Grafikaviy qism bino va inshoatlarning qavat (seksiya) bo’yicha tuzilishida quyidagilarni o’z ichiga oladi: evakuatsiya yo’llar;
evakuatsiya chiqish joylari va qutqaruv vositalarining joylashish o’rni;
v) avariya chiqish joylari, tutamaydigan zina kataklari, tashqi ochiq zinalar va b.; g) bino, inshoot, transport vositasi, ob’yektdagi evakuatsiya rejasini joylashuv o’rni; d) xavfsizlik belgilari bilan ko’rsatilgan qutqaruv vositalarini joylashuv o’rni; ye) yong’in xavfsizligi belgilari bilan ko’rsatilgan yong’inga qarshi himoya vositalarining joylashuv o’rni. Evakuatsiya rejalarida tarmoq yo’nalishidagi xavfsizlik belgilari va ularning rangli grafikaviy tasvirlari ГОСТ 12.4.026 talablariga javob berishi zarur. Xavfsizlik belgilari va simvollar raqamli, xarfli va xarf raqamli shaklda belgilanadi. Xavfsizlik belgilari va simvollarning evakuatsiya rejasidagi balandligi 8 dan 15 mm gacha bo’lib, bitta rejada ular yagona masshtabda bajarilgan bo’lishi zarur. Evakuatsiya rejasining matnli qismida qo’llanilgan xavfsizlik belgilari, simvollar va shartli grafikaviy belgilarga ularning mazmuni bo’yicha tushuntiruv beriladi. Qavat evakuatsiya rejasining grafikaviy qismida qavat nomeri ko’rsatilishi kerak. Rejaning matnli qismida quyidagilar o’z aksini topishi kerak:
favqulodda holat (yong’in, avariya) sodir bo’lganligi bo’yicha chaquruv usullari;
odamlarni evakuatsiya qilish tartibi va ketma ketligi;
odamlar harakati va majburiyatlari, shu bilan birga yong’in va avariya qutqaruv bo’linmalari, tez tibbiy yordamni chaqirish;
qurilma, mexanizmlarni avariyaviy to’xtatish, elektr ta’minotini o’chirish;