Xabar berish matni 20-30 soniya oraliq bilan uzluksiz, osoyishta ovozda o’qilishi kerak. Yong’in haqida xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlari quyidagi jihozlardan iborat: radiouzelda joylashgan uzatish jihozi; tarqatuvchi radioeshittirish tarmog’i; radiokarnay (baland tovushda gapirish moslamasi) va oldindan magnit tasmasiga yozilgan matn bilan birga magnitafon. Binolardagi yong’in haqida xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlarining turlari ШНК; 2.04.09-2007 tomonidan xabar berish usuli binoni xabar berish hududlariga bo’lish va quyidagi jadvalda keltirilgan boshqa tavsiflarga bog’liq holda xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlarining beshta turi ko’zda tutilgan. 1-jadva
XBEBTning tavsifi
Ko ‘rsatilgan tavsiflarning XBEBTning har xil turlarida mavjudligi