Yopiq shikastlanish haqida umumiy tushuncha.Odam organizmiga tashqi faktorlar ta’sir etishi natijasida to’qimalar va organlar faoliyati buzilishi shikastlanish deyiladi. Ta’sir qiluvchi kuchlar bir necha xil bo’ladi: mexanik, termik, kimyoviy, elektrik, ruhiy ta’sirlar farqlanadi. Lekin, shikastlanishlarning aksariyati mexanik kuchning bevosita tasiri natijasida kelib chiqadi. Odatda, shikastlanishlar ochiq va vopiq bo’lishi mumkin. Teri va shilliq pardalar shikastlanmagan bo’lsa, yopiq shikast-lanish deyiladi. Bularga urilish, bo’g’imlarning cho’zilishi va suyaklarning shikastlanishi, to’qimalarning ezilishi kiradi. Suyaklarning shikastlanishida chiqiqlar eng ko’p uchraydi. Chiqiqiar deb - bo’g’im ichidagi suyuq yuzalarining o’midan ko’chib qolishiga aytiladi. Bunda bo’g’im xaltasi yirtiladi. ba’zida paylar uzilib ketadi. Qo’l-oyoq bo’g’imlaridagi chiqiqlarning asosiy belgilari: bo’g’imning og’rib turishi, harakatlarning izdan chiqishi, bo’g’im shaklining o’zgarib qolishi, qo’l yoki oyoqning kalta tortib, majburiy bir xolatda turib qolishi kabi alomatlardir. Bo’g’inlardagi suyaklar chiqqan paytda qo’l yoki oyoq uni immobilizatsiya qilish yo’li bilan tinchlantiriladi. Yirik bo’g’imlardan-chanoq-son, tizza, yelka bo’g’imlari, shuningdek, umurtqalararo bo’g’imlardagi suyaklar chiqqan mahalda immobilizatsiya qilish bilan bir qatorda shikastlangan odamga birinchi tibbiy yordam sifatida og’riqni qoldiradigan dori yuborish ham tavsiya etiladi. Pastki jag’ bo’g’imi chiqig’ida pastki jag’ni mahkam ushlab turadigan qilib bog’lab qo’yiladi (q. 6-rasm). Shikastlanishlar ichida lat yeyish ham ko’p uchraydi. Bu xolat ko’pincha musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish, favqulodda xolatlar vaqtida tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Lat yegan odamga birinchi tibbiy yordam berish uchununi tinch qo’yish va og’riqni qoldirish uchun shikastlangan sohani yuqori qo’yish kerak hamda sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga botirilgan sochiq qo’yilib so’ngra bintli bog’lam bilan bog’lab qo’yiladi).