I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Kallistov usuli bilan sun’iy nafas oldirish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə332/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

2. Kallistov usuli bilan sun’iy nafas oldirish.
3. Yurakni sun’iy massaj qilish.


Yurak faoliyati to’satdan to’xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda klinik o’lim xolati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va sun’iy nafas oldirishga kirishiladigan bo’lsa, bir qancha xollarda odamni qutqarib qolish mumkin bo’ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida, suvga cho’kkanida va nafas yo’llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa bir qancha xollarda yurak faoliyati birdan to’xtab qolishi mumkin. Bunda sun’iy nafas oldirish uchun o’pkaga havo yuborishga imkon beradigan maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko’ra ko’proq naf beradi. Ana shunday apparatlar bo’lmagan taqdirda har xil usullar bilan sun’iy nafas oldiriladi, masalan, «og’izdan og’izga» nafas berish usuli. Sun’iy nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni chalqancha yotqizib, havo o’tkazuvchi yo’llari havo o’tishi uchun ochiq turganiga ishonch xosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni boricha ko’proq orqaga engashtirib qo’yiladi. Jag’lari qisilib qolgan bo’lsa. paslki jag’ini oldinga tortib engagiga bosish, og’zini ochish, so’ngra salfetka bilan og’iz bo’shlig’ini so’lak yoki quruq massalardan tozalab olish va sun’iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan odamning ochiq turgan og’ziga bir qavat salfetka (dastro’mol) qo’yib, burnini qisish, chuqur nafas olib, lablarni shikastlangan odam lablariga mahkam taqash va germetik qilib turib, kuch bilan uning og’ziga havo puflab kiritish kerak. Havoni puflab kiritilganida har safar u o’pkani imkoni boricha ko’proq rostlaydigan miqdcrda qilib puflash kerak bo’ladi. Ko’krak qafasining harakitiga qarab buni bilish mumkin. Kam havo puflab kiritiladigan bo’lsa, bunday sun’iy nafas naf bermaydi. Havoni tabiiy nafas tiklanguncha, bir daqiqada 16-18 martadan bir maromda puflab yuborib turiladi. Shikastlangan odamning pastki jag’i yaralangan bo’lsa, sun’iy nafasni boshqa usul bilan oldirish mumkin, bunda havo shikastlangan odamning burnidan puflab kiritiladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin