I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min
Kallistov usuli bilan sun’iy nafas oldirishda shikastlangan odamning qo’llarini oldinga chozib, qorni bilan yotqiziladi, boshini yon tomonya burib, tagiga kiyimini (choyshabini) dumaloqlab qo’yiladi. Zambilning tasmalari yoki bir-biriga ulangan ikkita-uchta shimning kamari bilan shikastlangan odamni dambadam (nafas harakatlari maromida) 10 smgacha yuqori ko’tariladi va paslga tushiriladi. Shikastlangan odam yuqori ko’tarilganida ko’krak qafasi yozilishi natijasida unga nafas kiradi, pastga tushirilganida ko’krak qafasining siqilishi tufayli undan nafas chiqadi (30-rasm). Yurak faoliyati birdan to’xfab qolgan paytda (buning alomntlari puls yo’qolib qolishi, yurak urishining bilinmasligi, ko’z qorachiqlarining yorug’likka reaksiya ko’rsatmay, kengayib turishidir) darxol yurakni bilvosita uqalashga kirishiladi: shikastlangan odamni chalqancha yotqiziladi. u imkon qadar usti qattiq joyda yotishi kerak. Yordam beruvchi kishi uning chap tomoniga o’tib, ustma-ust qo’yilgan o’z kaftiarini to’sh suyagining pastki uchdan bir sohasiga qo’yadi. Birm aromdagi shaxdam zarblar bilan to’sh suyagiga daqiqasga 50-60 martadan bosib boriladi, bunda har bir zarbdan keyin ko’krak qafasining yozilib olishiga imkon berish uchun qo’llar olib turiladi. Ko’krak qafasining oldingi devori kamida 3-4 sm ichkari tushib turadigan bolishi kerak. Bilvosita yurak uqalanishi sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib boriladi . Bu xildagi shikastlangan odamga ikki yoki uch kishi yordami bersa, yana ham yaxshi. Ularning birinchisi yurakni bilvosita uqalab boradi. ikkinchisi «ogizdan og’izga» usuli bilan sun’iy nafas oldiradi, uchinchisi esa shikastlangan odamning o’ng tomoniga o’tib, uning boshini ushlab turadi va suniy nafas oldirish bilan yurakni bilvosita uqalashni kerakli vaqt davomida uzluksiz davom ettirib borish uchun yordam beruvchilardan birining o’rniga o’tishga tayyor bo’lib turadi. Havo puflab kiritilayotgan paytda ko’krak qafasiga bosish yaramaydi. Bu tadbirlar galma-gal amalga oshiriladi: ko’krak qafasiga 4-5 marta bosiladi (nafas chiqarib turilgan vaqtda), so’ngra o’pkaga bir marta havo puflab kiritiladi (nafas olish paytda). Sun’iy nafas oldirish bilan bir vaqtda yurakni bilvosita uqalab borish klinik o’lim xolatida yotgan odamni tiriltirish (reanimatsiya)ning eng oddiy usulidir. Yoshi qaytib qolgan odamga suniy nafas oldirib, yuragini bilvosita uqalash qilish paytida, bu yoshdagi kishilarning suyaklari ancha mo’rt bo’lishini esda tutish kerak, shu sababdan harakatlar ohista bolishi lozim. Yosh bolalarda bilvosta massaj to’sh suyagi sohasiga qo’l kaftlari bilan emas, balki barmoqlar bilan bosib amalga oshiriladi.