4) shikastlangan kishining burnini bo’shatib, og’zini ochadi (chunki havo og’izdan kam chiqadi). Bolalarga sun’iy nafas oldirish «og’izdan-og’izga» va «og’izdan-burunga» usulida amalga oshiriladi. Bolaning og’iz va burnini birgalikda lablar bilan ushlab, ko’krak qafasi kengayishini kuzatib, uning o’pkasiga xavo ehtiyotlik bilan puflanadi. Nafas olish soni bir daqiqada 15-18 martadan kam bo’lmasligi kerak. O’pka «un’iy ventilyasiyasining usullarida uning ta’sirchanligiga, ko’krak qafasining harakati bo’yicha baxo berish zarur. Yurakni tashqi yoki ko’krak ustidan massaj qilish. Yurak to’xtashining asosiy belgilari kuyidagilar: hushdan ketish, puls bo’lmasligi (shu jumladan, uyqu va son arteriyalarida ham), yurak tonlarining eshitilmasligi, nafasning to’xtashi, teri va shilliq pardalarning oqarganligi yoki ko’karganligi, ko’z qorachiqlarining nixoyatda kengayishi, muskullarning tortishishidir (bu belgi hushdan ketish vaqtida paydo bo’lishi va yurak to’xtashining dastlabki sezilarli belgisi bo’lishi ham mumkin). Xozirgi vaqtda yurak massajining ikki turi: ko’krak bo’shlig’i organlarida operasiyalar vaqtidagina qo’llaniladigan ochiq yoki bevosita massaj va ochilmagan ko’krak qafasi orqali o’tqaziladigan yopiq, tashqi massajdan (yurakni ko’krak ustidan massaaj qilish) foydalaniladi. Yurakni massaj qylish doimo sun’iy nafas oldirish bilan parallel xolda o’tkazilishi kerak, chunki bunday qilinganda qon kislorod bilan yaxshi ta’minlanadi. Zarurat taqozo etgan paytda darxol yurakni massaj qilish va sun’iy nafas oddirish kerak. Tez tibbiy yordam mashinasini chaqirishga ketib bemorni yolg’iz qoldirib bo’lmaydi, aks xolda vaqt qo’ldan ketishi mumkin. Yurak massaji samaradorligiga suyidagi belgilar bo’yicha baxo beriladi: uyqu, son yoyi bilak arteriyalarida puls paydo bo’lishi, arterial bosimning 60-80 mm simob ustuni atrofida oshishi, ko’z qorachiqlarining torayishi va ularda yorug’likka reaksiya paydo bo’lishi, teridan ko’kimtir tus va «murdanikidek» rangsizlikniag yo’qolishi, keyinchalik mustaqil nafas olyshning tiklanishi.