I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə387/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Arterial qon bosimi: Arterial qon bosimining yuqorigi va pastki bosimlari yurak sistolasi xajmining kattaligiga va qon tomirlarning periferik qarshiligi, ya’ni arteriola-lar bilan kapillyar devorining tonusiga bog’liq. Sog’lom odamda arterial qon bosimi turg’un bo’lib, yurak faoliyati-ning fazalariga va nafasga bog’liq xolda o’zgarib turadi. Yurak qorinchalarining qisqarishi oxirida sistolik ya’ni maksimal bosim, diastolik vaqtda esa minimal ya’ni diasrolik bosim yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosim o’rtasidagi farq puls bosimi deb yurililadi. Mushak ishi va xayajonlanish qon bosimining ortishiga sabab bo’ladi, biroq u sog’lom odamlarda ishdan keyin va xayajonlanish o’tib ketgach o’z xolatiga qaytadi. Arterial qon bosimi tanometr yordamida o’lchanadi. Bu asbob kavak rezina monjeta simobli va membranali manometr va manjetkaga xavo xaydash uchun qo’llaniladigan rezina nokchadan iborat. Arterial qon bosimini o’Ichash uchun talabaning yalang’och qulini elka qismidan tirsak bo’g’imidan yuqoriga manjetka o’rab bog’lanadi. Rezina nok yordamida manjetkaga havo haydaladi, so’ng fonendoskopni tirsak bo’g’im chuqurchasiga qo’yib naydagi ventilni bir oz ochish bilan manjetkadan sekin havo chiqariladi. Bunda birinchi puls tovushi eshitilish vaqtida manometr ko’rsatgan bosim darajasi maksimal ya’ni sistolik bosim bo’ladi. Manjetkadagi bosim pasayganda puls tovush yo’qoladi. Shu puls tovush yo’qolgan paytda manomctr ko’rsatgan bosim minimal ya’ni diastolik bosim bo’ladi. "finch turganda me’yorda maqsima! bosim 110-120 mm.s.u. minimal ya’ni diastolik bosim 70-80 mm.s.u. ga teng.





Puls (tomir urishi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomirlarga haydaganda qon tomirlarining tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi, bilakda, ikkiga shoxlangan joyda, chakkada va boshqa joylarda sezish va sinash mumkin.Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga to’g’ri keladi. Bir yoshli bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarning pulsiga tenglashadi.Odam hayajonlanganda, jismoniy ish bajarganda, yugurganda puls soni minutiga 180-200 martaga ko’payadi.
Pulsni sanash: Yurak qon tomir ishini baxolashda puls eng asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.Uning tezligi, qattiq yumshoqligi, kuchli, kuchsizligi, bir tekisda, bir maromda yuzaga kelisli. kelmasligi kabi xossalariga ahamiyat beriladi.Pulsni sanash. Pulsni sanash uchun odam tinch xolatda bo’lishi kerak. Chap qo’l bilak sohasida bosh barmoq tarafda bilak arteriyasi sekinlik bilan paypaslab topilib, shu sohadan sanaladi. Bilak arteriyasidan tashqari pulsni bo’yin sohasidagi uyqu arteriyasidan, son arteriyasidan kichik yoshli bolalarda qoltiq osti arteriyasidan sanaladi. Puls me’yorda 70-75 marta sanaladi.








Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin